Ayiqtovonkabilar kichik ajdodi referat


Ayiqtovonnamolar qabilasi – Ranunculales



Yüklə 272,43 Kb.
səhifə3/11
tarix02.06.2023
ölçüsü272,43 Kb.
#123941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
AYIQTOVONDOSHLAR

Ayiqtovonnamolar qabilasi – Ranunculales


Qabila turlari orasida o’simliklarning barcha hayotiy shakllari uchraydi, ko’pchiligi bir yillik o’tlar, qisman lianalar, butalar va past bo’yli daraxtlar. Barglari yonbargchasiz, navbatlashib, ba’zan qaramaqarshi joylashgan, oddiy yoki qisman murakkab. Yog’ochligining naylari oddiy perforatsiyali. To’pgullari poya uchida, barg qo’ltig’ida, ba’zi turlarida zigomorf. Gul qismlari spiral, spirotsiklik yoki siklik (halqa) joylashgan, gulqo’rg’oni murakkab, oddiy yoki ba’zan butunlay yo’q. Changchilari ko’p, ba’zan 6 yoki 3 (l) ta, changchi ipi va changdoni differensiallashgan. Ginetsey apokarp. Mevalari – bargak, yong’oqcha, rezavor yoki danakli. Morfologik tuzilishiga ko’ra qabila 8 oilaga bo’linadi. Ayiqtovonnamolar qabilasining markaziy, turlarga boy va muhim oilalaridan biri Ayiqtovondoshlardir.
Ayiqtovondoshlar oilasi – Ranunculaceae
Bu oilaning hozirgi vaqtda 66 turkum va 2000 dan ortiq turlari bor. Ular ikkala yarimshaming o’rta hamda sovuq iqlimli mintaqalarida keng tarqalgan. O’zbekistonda ayiqtovondoshlarning 20 turkum va 100 dan ko’proq turi mavjud. Ayiqtovondoshlarga asosan bir yoki ko’p yillik o’tlar, ba’zan buta va lianalar kiradi.
llonchirmovuq (Clematis) dagina poya yog’ochlangan va u ikkilamchi belgi hisoblanadi. Barglari asosan navbatlashib, ba’zan qarama-qarshi joylashgan, oddiy, panjasimon yoki qisman patsimon kesilgan, rudimentlar yonbargchali (Sanchiqo’t). Gullari ikki jinsli, asosan antinomorf, qisman zigomorf. Gulqo’rg’oni oddiy (tojbargsimon) yoki murakkab, gul qismlari ko’proq spiral, halqa hosil qilib o’rnashgan. Gulkosachalar odatda 5 (3-20) ta, tojbarglari 2-20 ta, ba’zan juda mayda bo’lib, shiradonlarga aylangan; changchilari ko’p, erkin. Ginetseyi ko’p, ba’zan bitta, apokarp, ba’zan sinkarp (Heleborus), mevachasi bir urug’bargli. Tugunchasi bir uyali, bir yoki bir ncchta urug’kurtakli. Gulo’rni konussimon cho’ziq. Entomofil, ba’zan anemofil o’simliklar.
Gulining umumlashgan formulasi Ca5(3 20) Co2-20 A G. Mevalari yarim yoyma meva, yong’oqcha, ko’sakcha, ba’zan rezavor.
Ayiqtovondoshlar gul tuzilishiga ko’ra magnoliyadoshlarga ancha o’xshash bo’lsada, kimyoviy tarkibi bilan ulardan keskin farq qiladi. To’qimalarida efir moy ishlab chiqaradigan bezlar yo’q, lekin tarkibida zaharli alkaloidlar, saponinlar bor. Shu sababdan ko’pchilik ayiqtovonlar xo’lligida zaharlidir (achchiq ayiqtovon, o’yuvchi ayiqtovon, uchma o’t), ammo quriganda zaharliligi kamayadi. Gullari va mevalarining tuzilishidagi hamda sitologik farqlariga binoan ayiqtovondoshlar oilasi 6 kichik oilaga bo’linadi. Isfarakdoshchalar (Delphinoideae) oilachasi gulining tuzilishiga ko’ra (tojbarglarining osti cho’zilib pixga aylangan) oilaning ancha progressiv tuzilishli turlarini o’z ichiga oladi. Ulardan akonit, isfarak turkumlarining turlari O’zbekistonda keng tarqalgan (27rasm).
Sanchiqo’tdoshlar kichik oilasi (Thalictroideae) 11 turkumni o’z ichiga oladi va xromosomalarining juda mayda va 7 ta bo’lishi bilan xarakterlanadi. Oilachaning xarakterli turkumlaridan biri Sanchiqo’tdir (Thalictrum). Barcha vakillarining barglari uch karra yoki patsimon qirqilgan, shamol yordamida changlanuvchi anemofil ko’p yillik o’tlardir. Gulqo’rg’oni oddiy, kosachasimon, changchi va urug’chilari ko’p. Mevalari qanotchasiz yong’oqsimon yoyma meva. Aksariyati tog’, ba’zan yaylov mintaqasida, soy bo’ylarida va sernam yonbag’irlarda o’sadi. Turkumning umuman 75 dan ortiq turlari bor, ulardan O’zbekistonda 5 turi tarqalgan.

Yüklə 272,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin