Buyrak bo’lagi (lobus renalis) buyrak ustunida yotgan bo’laklararo arteriya va vena bilan chegaralangan buyrak piramidasi va unga yondoshgan po’stloq moddasidan iborat. Har bir buyrak bo’lagi po’stloq qismida 600 yaqin po’stloq bo’lakchasini (lobulus corticalis) o’z ichiga oladi. Po’stloq bo’lakchasi ikkita bo’lakchalararo arteriya va vena bilan chegaralangan bitta nurli va o’ralgan qismlarni o’z ichiga oladi. Buyrakning tarkibiy-vazifaviy birligi nefrondir (nephron). Har bir buyrakda 1 mln. ga yaqin nefron bor. Nefron tarkibiga buyrak tanachasini kapillyar koptokchasini (glomerulus corpusculi renalis) o’ragan ikki qavat devorli, qadahsimon shakldagi koptokcha kapsulasi yoki Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi (capsula glomerulli) Buyrakning magaz qismida kalavasimon kanalcha to’g’rilanib, yuqoriga buriladi. Bu burilish joyi Gеnli halk,asi dеb ataladi. So’ngra u yana buyrakning po’st qavatiga o’tib, ikkinchi tartib egri-bugri kalavasimon kanalchani hosil qiladi. U chiqaruvchi kanalga tutashadi. Yuqorida bitta nеfronning tuzilishi bayon etildi, Har bir buyrakda shunday nеfronlardan 1mln dan ko’proq bo’ladi. Ularning egri—bugri kalavasimon kanalchalarining uzunligi 120 km, dеvorining sathi 40 m2 atrofida bo’ladi. Chiqaruvchi kanal buyraknnng po’st va mag’iz qavatlari orqali o’tib, buyrak jomiga quyiladi. Undan esa yuqorigi siydik yo’li boshlanadi, Shumlyanskiy kapsulasiga artеriya tomiri kirib, mayda tomirchalarga, ya'ni to’rsimon shakldegi kapillyarlarga bo’linib, Malpigi tugunchasini hosil qiladi. Bu tugunchaning kapillyarlari tomnrnnn hosil qiladi. Shu tomir kapsuladan chiqib, yanada mayda kapillyarlarga bo’linadi, ular esa egri-bugri kalavasimon kanalchalar va Gеnli halqasi atrofmni to’rsimon shakldagi tomirlaridan vеna kapillyar tomirlari boshlanadi. Ular bir-biri bilan qo’shilib, buyrak vеnasini hosil qiladi,
B u y r a k t o p o g r a f i ya s i. Buyrakning orqa yuzasi qorin devoriga (muskullarga) va diafragmaga tegib turadi. Har ikkala buyrakning yuqori uchi buyrak usti bezi bilan qoplangan. O‘ng buyrakning old qismi tepadan jigarga, pastki qismi chambar ichakning o‘ng bukilmasiga yaqin turadi. Ichki qirg‘og‘iga esa o‘n ikki barmoq ichakning pastga tushuvchi qismi tegib turadi.
Chap buyrak old yuzasining tepa qismi me’da osti beziga, pastki qismi esa och va chambar ichakning chap bukilmasiga yondashib, buyrakning tashqi qirg‘og‘i esa taloqqa tegib turadi.