Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


s)milliy o‘zlikni anglash, tarixiy-madaniy an’analarni



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə32/62
tarix29.04.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#104855
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62
Мадан.наз.ва.тар.ўқув.қўл. янги вариант. 11.12.22. (восстановлен) (восстановлен)

s)milliy o‘zlikni anglash, tarixiy-madaniy an’analarni
tiklashga qaratilgan vazifalari;
d)ma’rifatni yoyish, ta’lim berish jarayoniga qaratilgan
vazifalari;
ye)ilm-fan va madaniy taraqqiyotga qaratilgan vazifalari;
f)umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan
vazifalari.
1.Ziyolilik tushunchasi. Ziyolilar ijtimoiy-qatlam sifatida.
Madaniyatlilik ziyolilik tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq tushunchadir. Madaniyatli bo‘lmasdan ziyoli, ziyoli bo‘lmasdan madaniyatli bo‘lish aslo mumkin emas. Albatta, barcha ziyoli kishini tom ma’nodagi madaniyatli deb bo‘lmaydi.
Ziyoli so‘zi “ziyo” so‘zidan olingan. Ziyo so‘zi esa, nur, yorug‘lik, ravshanlik degan ma’nolarni anglatadi.
Ziyoli atamasi aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi, ilmli, o‘qimishli ma’rifatli kishilarga nisbatan ishlatiladi. Kundalik hayotda ziyoliga nisbatan intelligent so‘zi ham qo‘llaniladi. (Intelligent – lotincha, intelligens so‘zidan olingan bo‘lib, tushunuvchi, aqlli ma’nolarini ifodalaydi.) Bunda ko‘proq o‘sha shaxsning bilim doirasi, tafakkuri, shuningdek, uning madaniy darajasi nazarda tutiladi. Chunki, ziyoli atamasi aqliy mehnat bilan chambarchas bog‘liqdir.
Aslida ziyoli so‘zi o‘zbeklarning “oqil”, “aql egasi” degan so‘zlari ma’nodosh atama hisoblanadi.
O‘zbekistonda ziyoli atamasi “intellegensiya” atamasining tarjimasi sifatida XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida jadidchilar tomonidan qo‘llanila boshlangan.
Ziyolilar qatlami ijtimoiy tizimda muayyan o‘ringa ega bo‘lgan, asosan aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy tabaqa hisoblanadi.
Agar ziyolilar qatlamining vujudga kelish tarixiga e’tibor berilsa, ular mehnatning tarixiy taqsimoti natijasida alohida ijtimoiy tabaqa sifatida shakllanishgan hamda aqliy mehnat, ya’ni ijodiy mehnat sohasini asosiy kasb sifatida tanlaganlar.
Ziyolilikka mansub odamlar dastlab erkin bilim olish orqali aqliy mehnat bilan shug‘ullana borganlar. Keyinchalik esa, mazkur tabaqa vakillari o‘quv yurtlarida tahsil olish barobarida o‘zlari tanlagan kasb-korlarni muayyan tizimga tushirishga erisha borganlar.
Ziyolilar hech qachon tug‘ma qobiliyatga ega bo‘lmaganlar. Ular voyaga yetish jarayonida o‘zlarini qurshab turgan tashqi tabiat va jamiyatdagi hodisalar, voqealar hamda jarayonlar to‘g‘risida o‘zgalarga nisbatan boshqacha tasavvur hamda tushunchlarni chuqurroq ilg‘ay borganlar.
Ziyolilar qatlami barcha ijtimoiy guruhlardan kelib chiqishi mumkin.
Chinakam ziyoli shaxs faqat aql va bilim sohibi emas, balki qalb va yuksak ma’naviyat egasi hamdir.
Umuman ziyoli deganda boshqalarga, ayniqsa yoshlarga har tomonlama ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan shaxslar nazarda tutiladi. Ziyolilar turli sohalarga mansub bo‘lishlari mumkin, Ko‘pincha, ziyoli atamasi ta’lim-tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, davlatning boshqaruv va ijro etuvchi tizimlarida faoliyat yuritayotgan, shuningdek, madaniy boyliklarni yaratuvchi, ya’ni, ijodiy mehnat bilan shug‘ullanuvchi turli toifalarda mehnat qilayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Albatta, ijtimoiy hayot har bir kasb egalari oldiga muayyan vazifalar yuklash bilan birga, ana shu vazifalarni sidqidildan bajara olgan, ya’ni insoniyat va jamiyat taraqiyotiga o‘zining aqliy mehnati bilan o‘z hissasini qo‘sha oladigan oqil, dono, yuksak ma’naviyat va ma’rifatga ega bo‘lgan kishilarnigina ziyoli deb ataganlar.
Insoniyat tarixi har qanday davrda boshqalardan ajralib turadigan ilmu ma’rifat, haqiqat va adolatni izlaydigan, kishilar va jamiyatga sadoqat bilan xizmat qiladigan, kishilar qalbidagi noinsoniy illatlarga qarshi kurashadigan, ularga nisbatan nafrat uyg‘ota oladigan, insonning aql.- tafakkuri, qudratini ulug‘lovchi, ya’ni tom ma’nodagi ziyoli kishilar yashaganligi ko‘rsatadi. Aynan, ular nafaqat kishilarni, shuningdek, turli etnik birliklarni yashashga, mehnat qilishga, boshqalar bilan bahamjihat yashashga ilhomlantira olganlar. Nemis faylasufi Iogann Fixte ta’kidla-ganidek, “Olim asosan jamiyat xizmatkoridir: uning olimligi ham, boshqa tabaqa vakiliga qaraganda ustunligi ham jamiyat tufaylidir va u jamiyat uchun yashashi kerak”.
Ziyoli yetuk ma’naviy qiyofaga, ya’ni mukammal axloq, yuksak insonparvarlik va elparvarlik, adolatga ximatda bo‘lish, ezgulik ruhi bilan yashash, ilm-fan taraqiyotini qo‘llab-quvvatlash, millatlararo va madaniyatlararo munosabatlarning mustahkamlanishiga yordamlashish kabi fazilatlarga ega bo‘lishi bugungi kunning talabidir.
Unutmaslik kerakki, kishining ziyoliligi uning egallagan mansabi, ma’lumoti yoki ilmiy darajasi bilan belgilanmaydi. Xalq orasida shunday kishilar borki, ular bilimi, dunyoqarashining kengligi, biror bir narsani yaratish ishtiyoqi bilan bandligi, san’at va adabiyotni sevishi, eng asosiysi esa yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlari bilan boshqalardan ajralib turadilar. (Qarang.H.Boboev va boshqalar. Madaniyatshunoslik. Toshkent., Yangi asr avldi. 2001 yil 163-bet.)
2.Madaniyat, ma’naviylik va ziyoli tushunchalarining o‘zaro
bog‘liqligi. Madaniyat, ma’naviyat va ziyoli tushunchalari bir-birlari bilan chambarchas bog‘liq tushunchalardir. Madaniyatni shakllantirish va uni ommalashtirish, xalqning madaniy boyliklardan bahramand qilish ziyolilarning zimasidagi yukdir.
Ziyolilar taraqqiyotning ko‘zga tashlanib turadigan va yashirin qonun hamda qonuniyatlaridan xabardor kishilardir. Shuning uchun ham insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan, kuch-qudratga ega bo‘lgan davlatlar, bugungi kunda esa dunyoda ilg‘orlikni qo‘ldan bermay kelayotgan davlatlar ilm ahlini, donishmandlarni ulug‘lab kelganlar. Qaysiki davrda ziyolilar qatlami, ya’ni madaniy taraqqiyotga o‘zini baxshida etgan kishilar qolib, maddohlikni o‘zari uchun kasb qilib olgan shaxslar ulug‘langan bo‘lsa, albatta jamiyat tanazzulga uchragan, boshqa kuchliroq davlatlarning qaramog‘ida qolgan. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bejizga, “Bir qabilaning o‘limi bir olimning vafotidan yengilroqdir”, deb bejiz ta’kidlamagan edilar.
Ziyoli odam onadan ziyoli bo‘lib tug‘ilmaydi. Kishi ziyolilik maqomiga bilim va tarbiya orqali erishadi. Ziyolilik maqomi - buyuk maqomdir. Ziyolilik tushunchasiga umumiy madaniyatlilikdan tashqari, nozik tabiatga, o‘ta nozik didga ega bo‘lmoqlik ham kiradi.
Ziyolidan inson hayotga yuksak ong va ijtimoiy faollik bilan munosabatda bo‘lish talab qilinadi. Ziyoli – bu degani faqat aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi har qanday kishi degan ma’noni anglatmaydi. Ziyoli odamdan yuksak ongga ega bo‘lish bilan birga, hayotga ijtimoiy faollik bilan munosabatda bo‘lish g‘am talab qilinadi. Demak, “ziyolilik” faqat aqliy mehnat kishisiga taalluqli emas, balki iste’dodi keng qamrovli, oliyjanob fazilatlarga ega, ma’naviyati yuksak har bir odamga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Albatta, ziyoli, ya’ni aqliy tafakkurga ega shaxs jamiyat va millat taqdiriga ma’naviy jihatdan javobgarlikni sezishi bilan madaniyali odamdan farq qiladi.
Madaniyatlilik atamasi, asosan kamtarlik, halollik, rostgo‘ylik, saxovatpeshalik, insonparvarlik, yaxshilik, saxiylik kabi ko‘plab insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan, axloqiy qoida va talablarga to‘la amal qiladigan, o‘zi mansub bo‘lgan etnik birlikkagina emas, shuningdek, boshqa millatlarga nisbatan hurmat bilan qarovchi kishilarga nisbatan ishlatiladi.
Hayotda shunday kishilar borki, ular yetarli bilimga ega bo‘lmagan bo‘lsa-da, barcha bilimlar va narsalar, hodisalar hamda jarayonlar to‘g‘risida o‘z nuqtai nazari to‘g‘risida fikr bildira oladilar, ya’ni yuzaki ishqiboz bo‘ladilar. Bunday kishilarni yuzaki ishqiboz, ya’ni “diletant” deb ataydilar. Diletantlik yuqori madaniyatga ega bo‘lmaslikni anglatadi. Ular havaskor, yuzaki ishqiboz, qiziquvchi kishilardir.
Dunyo ilmni, ma’rifatni, hayot – ezgulikni, adolat va insonparvarlik-ni talab qilgan paytda ma’naviy boyliklarga intilmaslik, nafaqat uni yuksaltirish, shuningdek, davr ruhi bilan yo‘g‘rilgan, davr ruhini ifoda etuvchi yangidan yangi ko‘rinishlarini yaratmaslik, ularda yangi zamon kishisi hamda millatning milliy qiyofasini aks ettirmaslik kechirish mumkin bo‘lmagan gunohdir. Umumbashariyat, el-yurt, o‘zgarlar g‘ami bilan yashash va qayg‘urish, bu-burchdir.
Ijtimoiy jarayonlar doimo va muntazam o‘zgarib turadigan tartibotlarga to‘la. Ular davrlar o‘tishi bilan yangilanib boradi, davr ruhiga mos kelmaydiganlari inkor qilinadi, Aynan ana shu jarayonlarni sergaklik bilan kuzatib borish, davr ruhiga mos keladigan ma’naviy tartibotlar va madaniy boyliklarni muntazam ravishda boyitib borish, ularning kishilarning insoniylik qiyofasini saqlab qolishi uchun zarur bo‘lgan elementlarini asrab-avaylash, keyingi avlodlar ruhiyati, ong- tafakkuriga singdirish – bularning barchasi haqiqiy ziyolilarning muqaddas burchidir.
Bugungi kunda ziyolilik ma’lumot va diplom bilan o‘lchanmaydi. Ziyolilik kishilar ma’naviy olamini boyitadigan fazilatlar bilan, ya’ni haqiqatgo‘ylik, adolatparvarlik, insof, diyonat, iymon-e’tiqodning mustahkamligi va ko‘lamining kengligi bilan o‘lchanadigan bo‘lib qoldi.
3.Ziyolilarning ijtimoiy-madaniy vazifalari. jamiyat, o‘zi mansub bo‘lgan etnik birlik, o‘zi bilan bilan birga mehnat qiladigan, umrguzaronlik qiluvchi boshqa kishilarning maqsad va manfaatlaridan kelib chiqadi.
Bizningcha, bugungi kun ziyolilari oldida turgan asosiy vazifalar quyidagilardan iboratdir:
a)xalq hayotini farovonlashtirishga qaratilgan vazifalari; b)demokratik jamiyat qurishga qaratilgan vazifalari; s)milliy o‘zlikni anglash, tarixiy-madaniy an’analarni tiklashga qaratilgan vazifalari; d)ma’rifatni yoyish, ta’lim berish jarayoniga qaratilgan vazifalari; ye)ilm-fan va madaniy taraqqiyotga qaratilgan vazifalari; j)umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shishga qaratilgan vazifalari.
Xalq farovonligini oshirish respublikamiz hukumatining bosh vazifasi sanaladi. Respublikamizda istiqomat qilib, faolyait yuritayotgan
Ziyolilar ana shu vazifani bajarishni o‘zlarining muqaddas vazifasi sifatida qabul qilishlari o‘ta muhim ahamiyatga ega.
Bugungi kunning asosiy talablari hisoblangan yuksak iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy taraqqiyotga erishish masalasi, nafaqat milliy davlatchiligimiz, balki dunyoning eng rivojlangan davlatlari bilan raqobatga kirishish, dunyo hamjamiyati qatoridan joy olishga o‘z hissaslarini qo‘shish, mazkur vazifalarni bajarishda jonbozlik ko‘rsatish, tariximizda sodir bo‘lgan ikkita renessans jarayoni singari, uchinchi renessansni vujudga keltirishda jonbozlik ko‘rsatish, o‘z davri ruhini o‘zidan mujassamlashtirgan buyuk mutafakkirlarlarni yetishtirish, mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-madaniy jihatdan yuqori taraqqiyotga erishishlariga o‘z hissalarini qo‘shish va bu vazifalarni bajarishga o‘zlarining bor kuch-qudratini ayamaslik ziyolila-rimizning muqaddas burchidir.
Ma’lumki, demokratiya umuminsoniy voqelikka aylanib bo‘ldi. Demokratiya bugungi ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning asosiy yutug‘idir.
Demokratiya so‘zi tor va keng ma’nolarni ifodalovchi tushunchadir. Tor ma’nodagi demokratiya – xalq hokimiyati, ya’ni kishilarning jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishidir. Kenga ma’nodagi demokratiya esa, kishining erki, o‘zining konstitutsion huquqaridan keng foydala-nishidir.
Ziyolilar jamiyatning ongli va ijtimoiy qonuniyatlaridan xabardor qatlam sifatida davlat va jamiyat hayotini boshqarishga intilib yashaydilar. Ana shu maqsadlarni amalga oshirish uchun siyosiy partiyalar, turli xil tashkilotlar, uyushmalarga birlashadilar, ularning faoliyatida faol qatnashadilar. Albatta, jamiyat, davlat va millatimizning kuch-qudratga egaligi yoki tanazzulga uchrashi aynan, ana shu ziyolilarning zimmasidagi ma’suliyatli burch va ulkan vazifadir.
Shaxsning o‘zligini anglashi, nafaqat yakka shaxs sifatida, shuningdek o‘zi mansub xalq, millat taqdiri, jamiyat taraqqiyoti uchun o‘ta muhim va ulkan ahamiyatga egadir.
O‘zlikni anglash – insonning o‘zini alohida vujud sifatida butun borliqdan ajrata bilish, baholashi va qadriyat sifatida anglashini ifodalaydigan tushunchadir. Erkin fikrlovchi kishigina o‘zligini anglay oladi, nafaqat tabiatda, shuningdek o‘zi yashayotgan jamiyatda sodir bo‘layotgan voqea hamda hodisalar, o‘zi mansub bo‘lgan etnik birlikning hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni, evrilishlarni anglay oladi. O‘zlikni anglash eng avvalo shaxs sifatida shakllangan kishida bo‘y ko‘rsata boshlaydi.
O‘zlikni anglash shaxsning o‘zini haqiqiy inson, muayyan moddiy va ma’anviy boyliklarning egasi va ular uchun mas’ul ekanini, yagona til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar va davlatga mansubligini, manfaatlar hamda ehtiyojlar umumiyligini tushunib yetishi jarayonida shakllanadi.
O‘zlikni anglash milliy ruh, milliy ong, milliy tafakkur, milliy turmush tarzi, tarixiy xotira kabi etnik birlikka xos tushunchalar bilan bog‘liq. Aynan ana shu tushunchalarni umumxalq, umuminsoniy xislatlar darajasida idrok etish va talqin etishga, eng avvalo, ziyolilar qodir. Aynan, ziyolilargina milliy o‘zlikni anglash jarayonining jamiyat ongiga aylani-shida, kishilar tafakkuridan joy olishida, har bir millat vakilining, fuqaroning milliy g‘ururiga aylanishida hal qiluvchi rol o‘ynay oladilar.
Ziyolilar oldiga qo‘yiladigan vazifalardan yana biri – ma’rifat, ta’lim berish jarayonidagi sabot bilan mehnat qilish vazifasini bajarishidir. Faqatgina asl ziyoli kishigina yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, kishilar o‘rtasida zamonaviy bilimlarni tarqatish, kelajak avlodni shakllanatirish, jamiyat oldida turgan o‘ta muhim vazifalarni yoyishda jonbozlik ko‘rsata oladilar.
Haqiqiy, jonkuyar ziyolililar tabaqasi – tarbiyachi-muallimlargina endigina shakllanib kelayotgan yosh avlodning ongiga, tafakkuriga zamonaning eng dolzarb muammolari to‘g‘risidagi qarashlar va g‘oyalarni singdira oladilar. Haqiqiy ziyoli nomiga sazovor bo‘lgan o‘qituvchilar saboqlarini olganlar orasidan yaxshi mutaxassis, iqtidorli olim, elparvar davlat arbobi, ibratli oila boshlig‘i yetishib chiqadi.
Ilm, fan va madaniyatning qanchalik darajada yuksaklikka ega bo‘lishi, har qanday jamiyatning kelajagini belgilab beradi. Yuksak madaniyatsiz, yoki ilm-fansiz bugungi kun talablariga javob beradigan, eng kuchli davlatlar orasidan o‘z o‘rnini topa oladigan davlatni tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki asl ziyolilargina, bugungi globallashuv jarayonida o‘z mustaqilligi mustahkamlaydigan, mafkuraviy kurashlarga dosh bera oladigan chinakam davlatni, mamlakatni saqlab qola oladilar.
Ziyolilargina o‘zlarining beorom izlanishlari, kashfiyotlarga, yangiliklarga tashnaligi orqaligina jamiyatni mustahkamlay oladilar, uning olg‘a siljishiga zamin hozirlaydilar.
Hozirgi kunda xalqaro va madaniyatlararo integratsiya yuksalish va taraqqiyotning zaruriy shartiga aylangan. Bu jarayon esa bevosita umuminsoniy qadriyatlarni egallash va o‘zlashtirish bilan bevosita bog‘liqdir. Ana shu vaziyatdan kelib chiqqan holda, chinakam ziyoli bugungi kunda jahon hamjamiyatida sodir bo‘layotgan tub o‘zgarishlarni, umumbashariy taraqqiyotning ham ijobiy, ham salbiy xususiyatlarini sergaklik bilan kuzatib boradi, ulardan xulosa chiqarib, ana shu o‘zgarishlarning eng kerakli, eng zaruriy elementlarini kishilar ong-tafakkuriga singdira oladi, ijtimoiy taraqqiyotning jadallashuvida ulardan foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib bera oladi.
Ziyolilar oldila turgan asosiy vazifalardan yana biri – umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishga o‘z hissalarini qo‘shishda jonbozlik ko‘rsatishdir.
Haqiqiy ziyoli kishi o‘z ijodlari orqali o‘zi mansub bo‘lgan xalqning madaniyat sohasida erishgan yutuqlarini boshqa xalqlar orasida yoya oladi. Bugungi kunda ma’naviy tanazzularning asosiy sabalaridan biri – umuminsoniyo qadriyatlarning oyoq osti bo‘layotganligi, tanazzulga uchrash sabablarini umumbashariyat diqqat e’tiboriga havola etaolishlari bilan, o‘zi mansub bo‘lgan xalqning milliy qadriyatlarini, albatta, umuminsoniyat-ni tanazzuldan saqlab qolish yo‘llari to‘g‘risidagi ijod namunalarining ahamiyati, umumbashariy qadriyatlarga mansubligini ko‘rsata oladigan yuksak g‘oyalarni targ‘ib qila oladilar.
Haqiqiy ziyoli kishilar, nafaqat, umuminsoniy qadriyatga aylangan fazilatlarni shakllantirishning turli-tuman yo‘llari va vositalarini izlaydi, ularni saqlab qolishning yo‘llarini ham ko‘rsata oladilar ham.
Xulosa qilib aytganda, bugungi globallashuv jarayonida sodir bo‘layotgan voqelar, tub o‘zgarishlar ziyolilarning oldiga o‘ta muhim va o‘ta murakkab vazifalarni ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda, Ulardan haqiqiy ziyoli nomiga sazovor bo‘lib qolishni talab etmoqda, tinmay ijod qilish, o‘rganish, sergaklik bilan dunyoda sodir bo‘layotgan jarayonlarni nafaqat kuzatish, shuningdek, tahlil qila borish, kishilar ong-tafakkurini egallashga qaratilgan mafkuralarning asl mazmun-mohiyatini tushuntirib bera olish, o‘zi mansub bo‘lgan mamlakat, jamiyat va etnik birlikning taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan jihatlaridan foydalanish yo‘llari hamda zararli tomonlarini ko‘rsatib bera olishdan iboratdir.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin