Ayollar ko‘ylaklari assortimenti
Tuzilishiga, bichilishiga va umumiy badiiy bezalishiga ko'ra ayollar ko'ylaklari klassik, sport, romantik va fantaziya uslublariga bo'linadi (7.1-rasm).
Klassik uslubidagi ko'ylaklar tikilishida ayollar gavdasining tabiiy proporsiyasiga asoslanadi, ya’ni asosan ayollar gavdasiga mos qilib yoki to'g'ri shaklda bichiladi.
Sport uslubidagi ko'ylaklarda erkin shakl ustun bo'ladi va u insonni erkin harakatlanishiga yordam beradi. Ularda kesma koketkalar, qoplama cho'ntaklar, belbog', biriktirma manjetlar, buklamalar, vitachkalar va hokazolar bo'ladi. Bunday ko'ylaklar bezaklarida: trikotaj polotnosi, gazlama, charm va hokazolar qo'llaniladi. Shakl va kompozitsiyani hal qiluvchi konstruktiv chiziqlar oddiy va aniq bo'ladi. Sport uslubidagi ko'ylaklar yuqori qismi erkin shaklda bo'lib pastga qarab kengayadi va belbog' yordamida ular yana ham bo'rttiriladi.
Fantaziya uslubidagi ko'ylaklar o'zini turli shakl va bichilishida bo'rttirilgan bezaklar, ya’ni drapirovka, kashta, har xil rangdagi gazlamalarni o'zaro uyg'unlashuvi bilan ajralib turadi.
Romantik uslubidagi ko'ylaklar nozik va link shaklga ega bo'lib, ularda tarixiy kiyimlardagi namunalarni ko'rish mumkin, ular kiyimga yanada joziba beradi.
Vazifasiga ko'ra ayollar ko'ylaklan uy kiyimi, kundalik kiyimi va
tantanalarga kiyadigan bayram liboslariga bo'linadi. Uy kiyimlari uy ishlarini bajarishda va dam olishda qulay va zamonaviy bo'lishi zarur.
Bu ko'ylak ham qulay, oddiy ko'zga tez tashlanmaydigan va shu bilan birga zamon talabiga javob bcrishi kerak. Bayram liboslarini faqat tantana, to'yxonalarga kiyiladi. Bu libosni vazifasi - ayolni yanada ko'rkam qilish. Shuning uchun libosni tikilishida inson xarakteriga va tashqi ko'rinishiga ahamiyat beriladi va albatta zamon talablariga rioya qilinadi. Ayollar ko'ylaklarini bezashda turli bezaklardan tasma, tugma, kashta turlaridan foydalaniladi.
Asbob uskuna tanlash va asoslash.
Kurs ishi mavzusida bog’cha yoshidagi qizlar kòylagining yoqa o’miziga ishlov berish konstruksiyalash, modellashtirish, ishchi andozalarini tayyorlash va texnologik jarayonlarni loyihalashni bajarishbilan birga, tanlangan model bo’laklarini tikish uchun jihozini to’g’ri tanlash juda muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan modellarni andozalarini tayyorlash, kiyim bo’laklarini tikishda to’g’ri, samarali, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi mashina jihozlarini tanladim.
Hozirgi davrda dunyo bozorlarida tikuv mashinalari ishlab chiqarish uchun yetuk firmalar orasida izlanuvchanlik, raqobat kuchaya borishi bilan mashinada elektronikani qo’llash, mikrokomplektlar orqali dasturlangan holda tikuv ishlarini bajarish keng qo’llanilinmoqda.
Mashinaning tezligini sozlash, tepkini ko’tarish va tushirish, tepkini bosimini sozlash, avtomatik tarzda puxtalama qilish, ip o’rash, ipni qirqish, avtomatik tarzda ustki ipni taqish, ignaga ip o’tkazish, petlya yo’rmash uchun moslamadan foydalanish imkonoyatlari ortib bormoqda.
Germaniyayada “PFAFF”, Yaponiyada “Janome”, “Brother”, “Singer”, Shvetsariyada “Berina”, Shvetsiyada “Xuskvarna” rivojlangan firmalari ishlab chiqarayotgan maishiy tikuv mashinalari hozirgi zamonaviy mashinalar hisoblanadi.
Mehnat unumdоrligini оrtishi, buyum sifatining yaxshilanishi hamda mahsulot tannarxining pasayishi ko`p jihatdan jihоzlarning muttasil yaxshi ishlashiga bоg`liqdir.
Dostları ilə paylaş: |