Ayollar ko'ylaklarini tikishda qo'llaniladigan gazlamalarni ishlab chiqarishda sifatli tolalardan, ya’ni tabiiy, sintetik tolalar va ularni aralashmalaridan foydalaniladi.
Gazlamalarni sifatini quyidagi ko'rsatkichlarga qarab ajratiladi: matoni uzilish ko'rsatkichi, yuvganda kirishishi, rangini o'zgarishi, havo o'tkazishi va h.k. Ularga bezak va rang berish jarayonida zamon talablariga javob berishi maqsadga muvofiq. Ko'ylak bop ip gazlamalar. Bu gazlamalarning gigiyenik xususiyatlari (nam va havo o'tkazuvchanligi va boshqalar) yaxshi, tashqi ko'rinishi chiroyli: mustahkamligi, turli deformatsiyalar ta’siriga chidamliligi yuqori, oson yuviladi. tez quriydi, yaxshi dazmollanadi. Biroq ular ko'p g'ijimlanadi, ishqalanishga chidamliligi kam, yuvilganda kirishadi. Bu xususiyatlarni yaxshilash uchun ip gazlamalar paxta va sintetik tolalari aralashmasidan ishlab chiqarilyapti.
Ko'ylaklar uchun ip gazlamalar quyidagilarga bo'linadi: yozgi, kuzpi-bahorgi va qishki.
Yozgi kiyimlarga mo'ljallangan gazlamalar yupqa, yengil. havo o'tkazuvchanligi yuqori bo'lib, quyidagilar kiradi: chit, satin, markezit. volta, maya. vual, xom surp va hokazo. Chit va xom surplar ohorlash, bosib gul tushirish usulida bezakli qilib, o'chmaydigan bezakli, bosma gulli, sidirg'a qilib ishlab chiqariladi. Yozgi faslga mo'ljallangan ip gazlamalar yuza zichligi 60-130 g/ m2 bo'ladi.
Kuzgi-bahorgi (mavsumiy) fasllarga mo'ljallangan ip gazlamalar rang-barang gulli va sidirg'a to'qilgan murakkab to'qima gulli (jakkard va hokazo) qilib ishlab chiqariladi. Bu guruhdagilar yozgi gazlamalarga nisbatan bir oz qalin bo'lib. yuza zichligi 100-220 g/ m‘ bo'ladi. Mavsumiy ko'ylaklarga mos keladigan gazlama turlari quyidagilar: shotlandka, sherstyanka, kashemir, poplin, tafta va hokazolar.
Ko'ylakbop gazlamalarning qishki turlaridan issiq yaxshi saqlashlik xususiyati talab qilinadi. Shuning uchun bu guruhdagi gazlamalar apparat yigirish usulida olingan iplardan sirti taralgan tukli qilib ishlab chiqariladi. Bu guruhga flanel. bumazeya, bayka nomli paxmoq tuzilishdagi gazlamalar kiradi. Qishki kiyimlar uchun bir tomonida va ikki tomonida tuki bor, tekis bo'yalgan bosma gulli va rang- barang gulli gazlamalar ishlatilaldi. Qish fasliga mo'ljallangan ip gazlamalarning yuza zichligi 140-360 g/m2 bo'ladi.
Sun’iy ipakni qo'shib ishlab chiqarilgan ip gazlamalarning tandasida paxta tolasidan olingan ip, arqog'ida esa viskoza yoki atsetat yaltiroq kompleks iplari ishlatiladi. Bu gazlamalar yirik va mayda gulli o'rilishda ishlab chiqariladi. Shu
sababli bu gazlamalarning sirtida ajoyib tovlanuvchi naqsh hosil bo'ladi. Yuza zichligi 95-110 g/ n