Ayollar ko'ylaklari uchun qo'llaniladigan materiallar tavsifi


Tabiiy ipak iplariga boshqa iplarni qo‘shib



Yüklə 20,73 Kb.
səhifə3/5
tarix09.04.2023
ölçüsü20,73 Kb.
#95393
1   2   3   4   5
TJLDAN

Tabiiy ipak iplariga boshqa iplarni qo‘shib to'qilgan gazlamalarning soni uncha ko‘p emas. Bu gazlama arqog'ida tabiiy ipakli krep iplari, tandasida esa kapron yoki atsetat kompleks iplari ishlatiladi. Tukli baxmallarni to'qiganda asosi tabiiy ipakdan, tuki esa viskoza iplaridan ishlab chiqariladi (velyur-baxmal. naqshli velyur-haxmal).
Sun'iy iplardan to'qilgan gazlamalar assortimentning eng ko‘p sonli guruhini tashkil qiladi. Ularni ishlab chiqarishda atsetat kompleks, viskoza kompleks iplari, hajmdor, shakldor va zarsimon iplar qo'llaniladi. Tabiiy ipakdan to'qilgan gazlamalarga qaraganda bular ancha og'ir, qalin, g'ijimlanuvchan va kirishuvchan bo'ladi. Ularning yuza zichligi 126-208 g/m bo'ladi. Ularga namlab-isitib ishlov berganda tola tarkibini hisobga olish kerak. Silliq sun’iy gazlamalar bichish to'shamasida sirpanib, qiyshayib va cho'zilib ketadi, iplari to'kiladi. Ana shu xossalari bichish va tikish jarayonlarida hisobga olish kerak.
Zig'ir tolali gazlamalar. Zig'ir tolali gazlamalar yaxshi gigiyenik xususiyatlarga ega. Ular issiq, bug' va suvni tez o'tqazadi, namlikni tez shimadi va tez qaytaradi. Ularning ishqalanishga chidamliligi katta, ular yengil yuviladi va dazmollanadi. Zig'ir tolali gazlamalarning kamchiliklari quyidagicha: ular tez g'ijimlanadi, bichish va tikishda ma’lum qiyinchiliklar bor - bichish mashinalarning pichoqlari va tikuv ignalari tez-tez o'tmas bo'lib qoladi.
Ko'ylak va kostyumbop gazlamalar guruhiga ko'ylak, yozgi kostyumlar, xalat va boshqa kiyimlami tikish uchun mo'ljallangan gazlamalar kiritilgan. Ko'ylakbop zig'ir tolali gazlamaning yuza zichligi 100-220 g/ m2, kostyumbopniki 250-290 g/ nr bo'ladi. Sof zig'ir tolali gazlamalar guruhiga kiradigan kiyinbop gazlamalarning soni kam. Ularning chiziq zichligi 45-85 teksga teng bo'lgan iplardan atlas yoki mayda o'rilishda sirg'a rangli, ayrim oq va oqartirilgan holda ishlab chiqariladi.
Yarim zig'ir tolali kiyimbop gazlamalarning soni va turlari ko'p. Ularning tola tarkibida zig'ir tola bilan paxta, lavsan, kapron, viskoza tolalari kiradi. Ko'ylakbop gazlamalar mayda gulli o'rilishlarda ishlab chiqariladi.

Yüklə 20,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin