Trikotaj matolar.Trikotaj matolarning afzalligi ularning mayinligi ishqalanishga chidamliligi va yuqori qayishqoqligidadir. Ularning burmabopligi. g'ijimlanmasligi, issiqni saqlash qobiliyati va gigiyenik xususiyatlari juda yaxshi. Shuning bilan birga trikotaj matolarning cho'ziluvchanligi va chetlari buralgani sababli ularni bichish va tikish jarayonlari qiyinlashadi. Ayollar ko'ylak, kostyum va bluzkalari uchun momiqday mayin junsimon jakkard o'rilishdagi chipor to'qilgan matolar, sirtida tuk bo'lgan va tukli o'rilishdagi baxmalsimon matolar. hajmdor kapron ipidan olingan shoyisimon matolar, to'rsimon matolar va hokazolar qo'llaniladi. Trikotaj matolaming yuza zichligi 237-326 g/ m bo'ladi.
Ayollar ko‘ylagini tikish texnologik jarayonlari
Ayollar ko'ylagi modelining turli xil assortimenti va tez-tez almashinuvchanligi xilma-xil tikish texnologik operatsiyalarini belgilaydi. Ayollar ko'ylagining tikish tcxnologiyasida modelni o'ziga xos xususiyatiga ko'ra alohida detallarga va uzellarga ishlov berish texnologiyasi o'zgaradi. Yoqa, cho'ntak, yeng, etak va boshqa detallarga ishlov berishning juda ko'p usullari mavjud.
Taxlama, burma, bo'rtma chok va kashta bilan bezash ayollar ko'ylagini tikish texnologiyasining o'ziga xos xususiyati hisoblanib, juda ko'p operatsiyalarni o'z ichiga oladi.
Ayollar ko'ylagini tikishda asosan bir chiziqli mokisimon bahyaqator qo'llaniladi. Biriktirma chok hosil qilishda bir vaqtda bajaradigan ikki chiziqli baxyaqatordan, ya’ni bir chiziqli mokisimon va uch ipli zanjirsimon yo'rmalovchi yoki bir chiziqli ikki ipli zanjirsimon va uch ipli yo'rmalovchi zanjirsimon tikish usullardan foydalanish mumkin.
Iplari oson titiluvchan gazlamalarda ochiq qirqimlariga ikki ipli yoki uch ipli zanjirsimon bahyaqator hosil qiluvchi yo'rmalash mashinalarida ishlov beriladi.
Ko'ylak etagini bukib tikish uchun bir ipli zanjirsimon yashirin bahyali chok tun qo'llaniladi. Paxta tolali gazlamadan tikilgan ko'ylak etagiga ishlov berishda asosan bir chiziqli mokisimon bahyaqator ishlatiladi.
Ayollar ko'ylagida izmalar bir ipli zanjirsimon yoki mokisimon siniq baxyaqator bilan tikiladi. Ikki yoki to'rt teshikli silliq tugmalar va quloqli (sferik) tugmalar maxsus mashinalarda bir ipli zanjirsimon chokda tikiladi.
Ko'ylakni tayyorlashda quyidagi choklar qo'llaniladi: biriktirma chok - yon, yelka va yeng qirqimlarini biriktirish uchun; ag'darma chok - yoqa, manjet, bort, qopqoq va boshqa detallarni ag'darma chok bilan biriktirish uchun;
qo'yma chok - koketka, tasma, beyka, bezak qopqoq va boshqa detallarni bostirib tikish uchun;
bukma chok- adip ichki qirqimini, yeng uchini, ko'ylak etagini, bezak detallar ochiq qirqimlarini bukib tikish uchun;
mag'iz chok- detal qirqimlarini mag'izlash uchun;
bezak chok- taxlamada va boshqa detallarda bezak chok yuritishda qo'llaniladi.
Ayollar ko'ylagini tayyorlashda asosiy va muhim talablar OST 17-167-86 "Одежда верхняя женская платьевого-блузочного ассортимента. Общие гехнические условия” da ifoda etilgan. Standart modelga texnik tavsif tuzilayotganda va ko'p miqdorda mahsulot ishlab chiqarilayotganda qo'llaniladi.
Baxya puxtaligi, chok turi va parametrlari, fumiturani qadash usullari OST 17- 835v80dagi ko'rsatmalarda belgilangan.
Ayollar ko'ylagining detallari va bo'laklariga ishlov berish texnologik jarayoni bir qancha operatsiyalardan iborat, ularning ko'p qismi tikuv mashinalarida bajariladi. Bir ignali tikuv mashinadan tashqari yana maxsus mashinalar mavjud, masalan, yengni o'mizga o'tkazish, ko'ylak etagini bukib tikish, taxlamalarni tikish, detal qirqimlarini mag'izlash. Biriktirih, yorib, bostirib tikish va boshqa operatsiyalarni bajarish uchun bir chiziqli mokisimon yoki ikki ipli zanjirsimon mashinalaridan foydalaniladi. Ushbu mashinalarning ba’zilari avtomatik ravishda belgilangan joyda ignani to'xtatish mexanizmi va ipni qirqish mexanizmi, chok oxirini puxtalash, tepkini ko'tarish moslamalari bilan jihozlangan.
Choklarni bajarishda gazlamalarda solqi yuzaga kelmasligini kuzatib borish lozim. Solqisiz chokni hosil qilishda tishli reykadan tashqari, qo'shimcha gazlamani surish mexanizmidan foydalaniladi. Burmalarni tikish, bezak baxyaqatorlarni yuritish, bezak tasmalami, molniya tasmasini bostirib tikish, yumshoq va dag'al belbog'larga ishlov berishda maxsus ikki ignali va to'rt ignali mashinalardan, bir vaqtning o'zida ikki yoki to'rt qatorli mokisimon yoki ikki ipli zanjirsimon tikuv mashinalaridan foydaniladi. Bir vaqtning o'zida detallarni biriktirish va gazlama qirqimlarini yo'rmalash uchun ikki ignali mashinalardan foydalaniladi. Bunda biriktirma chok - zanjirsimon to'qilishdagi bir chiziqli ikki ipli mashina, yo'rmalash choki esa - zanjirsimon to'qilishdagi uch ipli mashinada bajariladi.
Ayollar ko'ylagini tayyorlashda tugma qadash va izma ochish uchur yarimavtomat mashinalari qo'llaniladi. Tugma qadash uchun qo'llaniladigar yarimavtomatlar ikki turga bo'linadi: ikki yoki to'rt teshikli silliq tugmalarni qadash uchun va quloqchali sferik tugmalarni qadash uchun mo'ljallangan mashinalar tugmalarning barcha turlari bir ipli zanjirsimon chokda qadaladi. Izmalarni ochishd; siniq mokisimon baxyaqator qo'llaniladi.
Ayollar ko'ylagiga namlab-isitib ishlov berishda juda ko'p ichki jarayoni operatsiyalar bajariladi: choklarni yorib va bukib dazmollash; ag'darma va bostirma choklarni dazmollash; vitachkalarni, ko'ylak etagini, mag'izlarni va boshqa detallarni dazmollash. Ushbu operatsiyalar va ko'ylaklarga so'nggi namlab isitib ishlov berish usuli termoregulyatorli elektr va bug' dazmollari yordamida maxsus dazmol stollarida bajariladi. Ko'ylak assortimentidagi turli xil materiallarga namlab isitib ishlov berishda yuqori sifatga erishish uchun rejim (harorat, bosim, vaqt, namlik) larga qattiq rioya qilish kerak. Ayollar ko'ylagini tikishda turli xil ko'rinishdag moslamalar qo'llaniladi. Moslamalar detallarni bukish, chokning paralliligini ta’minlash vazifasini bajaradi. Bitta detalda burma hosil qilib ikkinchisiga biriktirib tikish moslamasi, detal qirqimlarini mag'izlash moslamasi, taxlamalarga ishlov berish moslamasi ayollar ko'ylagini tikishda keng qo'llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |