Kiyimning shakli. Shakl buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydi.
Zamonaviy kiyim yumshoq va egiluvchan bodgani sababli o‘z shakliga ega emas.
Shu bois kiyimning shakli deganda, uning odam tanasida hosil qilgan
konstruksiyasi tushuniladi. Shakllar tuzilish bo‘yicha oddiy va murakkab bo‘ladi.
Oddiy shakl bir bodakdan iborat. Masalan: yubka yoki ko‘ylak. Murakkab shakl
yagona yaxlitlikni tashkil etgan bir necha bodaklar tizimidan iboratdir.
Vazifasiga ko‘ra, shakl, asosiy qo‘shimcha va dekorativ qismlarga bodinadi.
Shaklning asosiy qismi kiyimning xilini aniqlaydigan bodaklardir. Masalan: yengil
kiyimda asosiy qismlar lif va yubka hisoblanadi. Ust kiyimlarda esa, ularga yeng
va yoqa qo‘shiladi.
Shaklning qo‘shimcha bodaklari muayyan kiyim xilining tarkibiga kirishi shart
bodmagan qismlar (ko‘ylakning yengi va yoqasi) dir.
Dekorativ qismlar shaklning asosiy va qo‘shimcha qismlarini o‘zgartirib
xillarini ko‘paytiradi.
Dostları ilə paylaş: