-
Kiyimga to’r yoki tasmali bezaklarni tikishda kiyim bezagi tikuv mashinasi
tishli reykasi tomonda ya’ni kiyimni ostki tomonida bo’lishligini ta’minlash lozim.
Chunki tishli reyka albatta kiyimga ma’lum chim tashlab tikadi. Kiyim detaliga to’r
ulashda kiyim detaliga chim also tushmsligi kerak aks holda kiyim detalini osha joyi
birishib chiroyli chiqmasligi mumkin.
-
Kiyimga tayyor tasmalar – kantlar bilan ishlov berishda ham tasmani kiyimga
o’rnatish qoidalariga rioya qilish lozim. Tasmani kiyimga tikishdan oldi unga
namlab-issiqlik bilan ishlov berish lozim. Agar tasma yoqa o’miziga tikilsa, ya’ni
botiq yuzaga tikilsa tasma ikkiga biqilib ochiq qirqim tomoni cho’zilib, yopiq
qirqim tomoni kirishtirib dazmollanadi. Agar tasma qabariq yuzaga, koketka ostki
qirqimiga, yeng uchiga, cho’ntaklarga va h.k. tasma ikkiga buqilib yopiq qirqim
tomoni chozilib, ochiq qirqim tomoni kirishtirib namlab dazmollangandan so’ng
o’rnatilsa kiyim chiroyli chiqadi.
Kiyimga burmalar bilan ishlov berishda nimalarga e’tibor berish lozim?
Birinchi navbatda kiyim egasini yoshiga, chukki katta yoshli kishilarga aksariyat
xollarda burmali kiyimlarni xavola etmaymiz. Chunki katta yoshli kishilarga
burmali kiyimlar ularni bachkana qilib ko’rsatadi. Ularni yoshida burmasiz, burmali
bo’lgan xolda xam sezilarsiz bo’lishi lozim.
Burmalarni bichish jarayonida xam gazlamagan qiya burchak ostida qirqib olish
lozim. Chunki burmalar ko’pincha to’g’ri qirqimli detallarga, ovalsimon detallarga,
to’g’ri-qabariq-botiq yuzalarga tiqiladi. Shunday hollarda burmalarni xoxlagan
yuzaga tikishni qulaylashtirish maqsadida shunday bichiladi.
8-rasm. Burma va tasma bilan bezatilgan milliy ko’ylak namunalari.
Dostları ilə paylaş: