Lekin yelimsimon tasmadan xohlagan joylarda foydalanib bo’lmaydi. Masalan,
paxta tolali gazlamadan tikilgan milliy ko’ylak etak va yeng uchlari faqat qaytarma
chokli bahya bilan qayirib tikilishi lozim.
Yelimli flezilindan foydalanish.
Ayrim milliy ko’ylaklar juda yumshoq, elastik
xususiyatli gazlamalardan tiqiladi. Milliy ko’ylaklarni koketkalari tik tursa
gavdada ghiroyli chiqadi. Shuning uchun yumshoq gazlamadan kiyim tikishda
koketka astariga qo’shimcha material yopishtiriladi yoki qattiq astar tanlanadi.
Yumshoq gazlamalardan tikilganda yelimli flezilindan koketka astariga bir qavat
yopishtisish lozim. Flezilin gazlama xususiyati bilan uyg’unlashib ketadi. Yelimli
flezilindan foydalanishda ham ayrim texnologiyalarga e’tibor berish lozim.
Flezilinni gazlamaga yopishtirish jarayonida dazmol yuzasini dazmolmato ustida
haraqatlantirmasdan kerakli joylarda ko’tarib o’tqazish lozim. Chunki flezilish
issiqlik ta’sirida yumshaydi, yelimi eriydi, agar dazmol gazlama ustidan susrib
yangi yoyga o’tkazilsa yopishtirilgan yuza dazmol bilan birga suriladi. Shuning
uchun yelimlangandan so’ng dazmolni surib o’tqazish mumkin emas.
Yelimli flezilin yoki yelimli tasma ishlatilganda dazmol albatta dazmolmati yoki
maxsus qog’oz yordamida dazmollanishi shart. Aks holda dazmolni yuzasiga yelim
yopishib qolib dazmollah jarayoni qiyinlashadi.
Dostları ilə paylaş: