Ayollar kuylagi asos chizmasini konsturuksiyalash va murakkab fasonda bluskani modellashtirish, makitlarini tayyorlash, texnologik xarita yaratish. Mundarija Kirish I bob. Ayollar kuylagi tikuvchilik sanoati va xozirgi kundagi xolati



Yüklə 195,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix22.12.2023
ölçüsü195,16 Kb.
#189505
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Ayollar kuylagi asos chizmasini konsturuksiyalash va murakka 1 1

 
2.2

Qiz bolalar
milliy ko’ylaklarini loyihalash, ishlab chiqarish, sotish va 
samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlili

 
Kiyim-kechaklar har bir xalq tarixi bilan uzbiy bog‘liq bo‘lib, moddiymadaniy 
yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o‘ziga xosligini aks ettirib, etnik belgilari 
bilan ajralib turadi.
Kiyimlarda el-elat tarixiga borib taqaladigan an’analar, urf-odatlar, ijtimoiy 
munosabatlar, ma’rifiy, din ba estetik shakllarning ayrim unsurlari ifodalanadi. 
Jamiyat turmushi, iqtisodiyoti ba siyosatida bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan barabar 
kiyim shakllari ham o‘zgarib boradi, unda xalqning moddiy ahboli, kishilarning 
didi, go‘zallik to‘g‘risidagi ideallari, xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos jihatlari hamda 
oilaviy turmushning ba’zi tomonlari ham ko‘zga yaqqol tashlanadi.
O‘zbek milliy kiyimining ko‘p asrli boy tarixi bor. Unda xalqimizning o‘tmishi, 
iqlim sharoitimiz, turmush tarzimiz ko‘zguda aks etgandek ifoda topgan. Mahalliy 
urf-odatlar, ayniqsa, ayollar kiyimida yaqqol seziladi. Kiyimning shakli, bichimi, 
ranglari ba bezaklariga ko‘ra ayolning qaysi viloyatdan ekanligi, ijtimoiy mavqei, 
yoshi, oilaviy ahvoli to‘g‘risida bilib olish mumkin bo‘lgan.
O‘zbek ayollari kiyimi ko‘ylak, lozim, mursak, to‘n, peshmat, kamzul ba 
nimchalardan ba ko‘chalik kiyim – paranji-chachbondan iborat bo‘lgan. Bosh 
kiyimlari – turli usulda o‘raladigan ro‘mollar, oyoq kiyimlari esa maxsi-kabush 
bo‘lgan.
Ko‘ylaklar 
- to‘g‘ri bichimli, keng ba uzun, deyarli yerga tegib turadigan, etagi 
biroz kengaygan, yenglari to‘g‘ri va uzun bo‘lgan. Ayollar ko‘ylaklarining 
turlaridan biri 
«oldi ochiq ko‘ylak»
bo‘lib, oldi qismida belgacha to‘g‘ri qirqimi 
bo‘lgan. Ko‘ylaklarning oldidagi tik kesimlar maxsus to‘qilgan yoki gazlamadan 
ishlangan bog‘ichlar bilan bog‘langan. Aytishlaricha bu odat Fotima onamizdan 
meros bo‘lib, ular o‘g‘illari Hasan ba Husaynlar halok bo‘lishganida, ularning 
kiyimlaridan tasma shaklida bo‘laklar yirtib olib, ko‘ylaklariga bog‘ich qilib olgan 
ekanlar.


Qizlar ba yosh bolalar yoqa o‘mizi ko‘ndalang– yelkadan yelkagacha qirqimli 
ko‘ylak kiyishgan. Bu ko‘ylaklar «
kipti
», «
kiptakli ko‘ylak
» deb atalgan (fors
. Kift –
yelka). Bunday ko‘ylak «
mullacha ko‘ylak
» deb ham atalgan, chunki uni ko‘pincha 
mullalar, eshonlar, madrasa talabalari ham kiyishgan.
Qadimgi to‘g‘ri bichimli ko‘ylaklar yengining tagiga boshqa rangdagi gazlamadan 
to‘rtburchak shaklida «
hishtak
»lar tikilgan. Ba’zan boshqa rangdagi hishtaklar 
bolalar ko‘ylaklariga ham tikilgan, bu uzoq kutilgan, «tilab olingan» farzand 
ma’nosini bildirgan. Qadimda yosh ayollar ba kichkina bolalar ko‘ylaklarining 
etaklari bostirilmaganligi kabi yuqoridagi irimga ham ilohiy ma’no berilgan. 
O‘zbeklarda qizlarning ko‘ylagi nikoh o‘qilgandan so‘ng, ota-onasi uyida ayollar 
ko‘ylagiga almashtirilgan. Kuyobning uyiga kelinni yoqa o‘mizi tik kesimli 
ko‘ylakda olib borishgan. XIX – asrning 80-chi yillarida tik yoqali (
no‘g‘ay yoqa

ko‘ylaklar paydo bo‘la boshlagan. Ba’zan bu yoqalarni «
it yoqa
» deb ham atashgan 
(itlarning bo‘yinbog‘iga o‘xshatilgan).
1900-chi yillarga kelib Toshkent ayollari orasida oldi koketkali, ko’krak qismi 
burmalangan, «
shapang yoqa
» deb atalgan qaytarma yoqali «
ko’krakburma 
ko‘ylak
»lar keng tarqalgan. Keksa ablod bu urfga yanada ko‘proq norozi bo‘lgan. 
SHunga qaramay «ko’krakburma ko‘ylak»lar asta-sekin ommabiy rabishda qabul 
qilina boshlagan ba an’anabiy to‘g‘ri bichimli, tik yoqali ko‘ylaklar qatorida o‘zbek 
milliy ko‘ylagi sifatida hozirgacha saqlanib qolgan.
Ustki kiyimning qadimiy turlaridan 
peshbon, mursak, to‘n,
keyinchalik 
peshmat, 
kamzul
ba 
nimcha
lar ma’lum. Ustki kiyimlarning XIX asrga kelib yo‘q bo‘lib 
ketgan qadimiy turlaridan biri 
peshbon
dir. Aytishlaricha peshbon ham mursakka 
o‘xshab ketadigan ustki kiyim turi bo‘lgan, faqat uning yoqasi ham bo‘lib, yenglari 
nisbatan uzunroq bo‘lgan ba mursakdan farqli o‘laroq, uning ziylariga jiyak 
tikilmagan. Tadqiqotlarga ko‘ra, peshbon kelinlar yopinchig‘i sifatida ishlatilgan 
(tojikcha 
peshband – 
yuzini to‘subchi yoki 
peshbon – 
yuzini asrobchi ma’nolarini 
anglatgan so‘zlardan kelib chiqqan bo‘lsa kerak.) XIX asrning boshlarida oddiy 
chopon yoki mursak ko‘rinishida bo‘lgan peshbon, asr o‘rtalariga kelib ro‘mol 
shaklini olgan.
XIX asrning 70-90 chi yillarida mursak qizlar ustki kiyimining asosiy turi 
hisoblangan. Har bir kelinning sepida 2-10 tadan, ba’zan 18 tagacha mursaklar 
bo‘lgan: kundalik, kishilik, uyichilik ba h.k.z. Mursak XIX asrda ba XX asrning 
boshlarida unashtirish marosimida kelinga yuborilishi lozim bo‘lgan kiyimlardan
biri edi. Ota-onalar qizlarini birinchi bor uylariga chaqirganlarida («
challar»
marosimida) mursak kiygizishgan. Nikoh marosimida kelinga kiygizilgan mursak 
to‘ydan keyin kelinning onasiga sobg‘a qilingan. XX asrning ikkinchi o‘n yilligiga 
kelib, mursaklar ramziy bir ma’noda qolgan, amalda uning o‘rniga 
kamzul
ishlatilgan. Faqat kelinni kuyobning uyiga olib kelingandagina, unga mursak 
kiydirilgan ba keyinchalik uni yangalarga berilgan. XX asrda mursak kiyim sifatida 


o‘z ma’nosini butunlay yo‘qotgan ba faqatgina dafn marosimlaridagina qo‘llanilgan. 
Ayollarning asosiy ustki kiyimi «
paranji»
hisoblangan ba XX asrning boshlarida 
ham kiyilgan. Paranjini ayollar ko‘chaga chiqqanlarida boshlariga yopib chiqishgan. 
Paranji bilan birgalikda ayollar yuzlariga «
chachbon
» tutishgan (fors. 
chashmband-
ko‘z uchun bog‘ich, ko‘zni to‘subchi (balki ko‘zdan to‘subchi), ba’zi biloyatlarda 
«chimbat» deb ham atalgan. Paranji so‘zi «faroji» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, 
kiyim ma’nosini bildiradi. Paranji to‘n ko‘rinishida bo‘lib, boshga yopilib, gavdani 
yashirib turish uchun xizmat qilgan, yenglari o‘z amaliy bazifasini yo‘qotgani 
sababli ort tomonda bir-biriga chatib qo‘yilgan. Bora-bora yenglar ingichka ba uzun 
shaklga kirib, soxta yeng – «
bandak
» deb atalgan. Paranji yopinish barcha yoshdagi 
ayollar uchun majburiy bo‘lib, qiz bolalar 9 yoshdan boshlab paranji yopinishni 
boshlaganlar. Chachvonlar qora otning yolidan to‘qilgan ba chetlariga qora rangli 
matodan mag‘iz tikib chiqilgan. YAxshi tutilsa, 1 ta chachbon umr oxirigacha etgan.
Ayollar bosh kiyimi – ro‘mol hisoblangan. XX asrga kelib qiz bolalar va 
kelinchaklar do‘ppi kiya boshlaganlar. Ungacha do‘ppini faqat erkaklar va yosh 
bolalar kiyishgan. XX asr boshlarida do‘ppi kiygan ayollarga salbiy munosabat 
bildirilib, aybga buyurishgan ba ularni «s
atang
» deb atashgan. Urf-odat bo‘yicha 
ayollar do‘ppini umrlarida bir marotaba – go‘shangaga kirganda kiyishgan, bunda 
kuyob o‘z do‘ppisini echib kelinning boshiga kiygazgan, kelin esa uning o‘rniga 
yangi do‘ppi sobg‘a qilgan. 20-chi yillarga kelib do‘ppilar keng urf bo‘lgan, ularga 
munosabat ham o‘zgargan.
Bugungi kunga kelib, albatta ayollar ko‘ylagi juda o‘zgarib ketgan bo‘lsa ham, 
shakli va bichimi saqlanib qolgan bo’lib turmushda ishlatilib kelmoqda. Ayollarning 
an’anaviy milliy ko‘ylagi milliy mansublik simvoli bo‘lgani uchungina emas, balki, 
asosan xalq kostyumida iqlim xususiyatlariga, tevarak atrofdagi tabiatga va turmush 
tarziga to‘g‘ri keladigan ratsional shakllar bir necha asrlardan beri saralanib kelgani 
uchun saqlanib qoldi. Ayollar ko‘ylagidagi yorqin ranglar mutanosibligi o‘lkamiz 
tabiatiga monand tushgan bo‘lib, shaklining kengligi jazirama quruq iqlim 
sharoitiga mos keladi.
Milliy liboslar tarixini o‘rganish jarayonida, ularni kiyish bilan bog‘liq bo‘lgan 
an’analar, urf-odatlar ba rasm-rusumlarni o‘rganish talabalarning qiziqishlarini 
oshiradi ba ularni xalqning madaniy merosini chuqurroq o‘rganishga undaydi. 
O‘zbek liboslarining turmushda qanchalik muhim ahamiyat kasb etganligini 
talabalarga singdirishdan maqsad – yoshlarga milliy o‘zligini anglatish, 
xalqimizning boy madaniy merosini aks ettirish ba davomiyligini anglatishdan 
iboratdir, bu esa ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi.



Yüklə 195,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin