Milliy ko’ylaklarga turli applikasiyalar bilan ishlov beish.
Hozirda
bozorlarimizda kashta choklarga moslab ishlab chiqarilgan
yopishtiriladigan, tikiladigan, yelim bilan yopishtiriladigan applikasiyalarni ko’plab
uchratish mumkin. Bu applikasiyalardan ham to’gri foydalanilmasa kiyim sifatiga
salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bilamizki kashta tikish murakkab jarayon bo’lib,
hamma tikuvchilar ham uni uddalay olmaydir. Shuning uchun ko’pincha tayyor
kashtali applikasiyalardan foydalanadilar. Applikasiyalar kiyimga chiroyli ko’rinish
berish bilan birga ayrim kamchiliklarni yopshi, ayrim choklarni ko’rsatmasligi.
Kiyimga bezak berishda ishlatiladi. Applikasiyalarni tanlashda nimalarga e’tibor
berish lozim.
-birinchidan. gazlama rangi va gullarini e’tiborga olish lozim
Ikkinchidan, gazlama xususiyatiga mos tushishi kerak;
Uchinchidan gazlama narxiga, tashqi bezaklariga mos bo’lishi kerak;
To’rtinchidan kiyim egasini tashqi ko’rinishi, yoshi va kiyimni kiyish joyiga qarab
tanlash kerak.
Ayrim hollarda oq rangli gazlamalarga yosh xotin-qizlar uchun qora, qizil, ko’k,
yashil rangli applikasiyalarni tanlash mumkin ayrim xollarda esa gazlamadagi
ranglardan eng ko’p uchraydigan rangiga qarab tanlanadi.
Applikasiyalarni kiyimga o’rnatishda gazlama va applikasiyani xusiyatiga e’tibor
berish lozim. Agar kundalik kiyim uchun applikasiya tanlansa tikib o’rnatiladiganini
tanlagan ma’qul chunki kiyim ko’p yuvilsa yelim o’z xuxusiyatini yo’qotishi
mumkin. Kechalik kiyimlarga applikasiyalar tanlasganda yelimlisidan tanlasa
bo’ladi.
Milliy ko’ylaklarni tikishda zamonaviy tikish texnologiyalaridan optimal
foydalanish.
Yuqorida aytganimizdek xozirda bozorlarimizda xotin-qizlar kiyimlarini tikish
uchun tirli-tuman gazlamalar bilan bir qatorda kiyim tikishda ishlatiladigan, kiyim
tikish samaradorligini, sifatini oshirishda qo’llaniladigan kiyim elementlarini
uchratish mumkin. Lekin bu elementlardan to’gri foydalanishni barcha tikuvchilar
ham uddalay olishayapdi deb ayta olmaymiz. Demak shundan foydalansam kiyim
sifatli chiqadi, kiyim egasi sifatli elementlardan foydalanib tikibdi degan
ko’rko’rona qarashlar uchrab turadi. Shuning uchun quyida zamonaviy kiyim
elementlaridan foydalanish texnologiyalari, ulardan foydalanishni optimal yo’llari
haqida to’xtalib o’tmoqchimiz.
|