Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanidan kurs ishi mavzu “-fayllar.org (1)
Ekspluatatsion talablar. Exspluatatsion talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishonchliligi, formasining barqarorligi tushuniladi. Exspluatasion talablar kiyimning iste’mol davrida shaklini saqlovchanligi, chidamliligi, choklarining pishiqligi orqali namoyon bo'ladi. Kiyilish davrida kiyim turli mexanikaviy va biologik ta`sirlarga duch keladi, nam vaqtida buraladi. Kiyim ana shu ta`sirlarga chidamli bo`lishi kerak. Bunday ta`sirlardan kiyim sitiladigan, cho`ziladigan, rangini o`zgartiradigan yoki g’ijimlanadigan bo`lsa, u uzoqqa chidamaydi. Shuning uchun gazlamaning xususiyatlarini e`tiborga olgan holda kiyim modelini to’g’ri tanlash kerak ya`ni cho’ziluvchan, sitiluvchan gazlamalardan kengroq burmalangan kiyimlar tikilgani ma`qul. Undan tashqari kiyimning yoqalari, yenglari, bortlari, cho’ntak og'izlari, ko’p ishqalanadi. Bu yerlarga puxta texnik ishlov berish kerak. Aks holda kiyim o’z ko’rinishini yo’qotadi. Ikkinshi guruhga texnologik, standartlashtirish va uning metodlari, tejamkorlikdan iborat talablar kiradi. Ishlab chiqarish talabi deganda buyumni korxonada ishlab chiqarish jarayonidagi yuzaga keladigan talabi tushuniladi. Tejamkorlik loyihalash xarajatlari, ishlab chiqarishni texnologik, konstruktorlik va texnik jihatdan tayyorlash bilan bog’liq xarajatlar, shuningdek, iste’molchilarning undan foydalanish xarajatlari bilan xarakterlanadi. Ko’p modelli potoklarda tayyorlanadigan modellarga texnologik bir xillik jihatdan qo’shimcha talablar qo’yiladi: bu talablar korxonalarning unifikasiyalashtirilgan barqaror
6
potoklarda ishlashini ta’minlaydi. Tikuvchilik buyumini loyihalashda quyidagilarga ahamiyat beriladi:
1. Bir asos bo’yicha bir necha modellarni tayyorlash mumkin bo’lsin.
2. Kiyimga ketadigan matodan yuqori tejamkorlikda foydalaniladigan bo’lsin.
3. Kiyimni tikishda ishlab chiqarish korxonasi o’zida bor mexanizatsiyadan va shart-sharoitlardan to’liq foydalana olsin.
4. Ishlab chiqarish korxonasi tayyorlanayotgan buyum yuqori unumli bqlishini e`tiborga olish kerak natijada mahsulot tannarxi arzon samaradorligi yuqori bo’ladi.