Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanidan kurs ishi mavzu “-fayllar.org (1)
2.1. Zamonaviy milliy ko’ylak modellari Zamonaviy moda yo‘nalishi milliy ko‘ylaklarimizda ham o‘z aksini topgan desak adashmaymiz. Kundan kunga milliy ko’ylaklarimizning yangi bichimlari, yangi siluetlari ba yangi shakllari yaratilmoqda. Bilamizki milliy ko’ylak asosan koketka, qop ba yeng qismlaridan iborat. An’anaviy milliy ko’ylak to’g’ri siluetli, koketka chizigi buylab burmali buladi. Old bo‘lagida koketka bo‘laklari bir – birining ustiga chiqib turishi yoki yaxlit bichilgan bo‘lishi mumkin. Yoqali, yoqasiz bo‘ladi. Yoqali bo‘lsa yoqa o’mizi buylab utkazmali, qaytarma yoqali, tik yoqali, yoqa uchlari bog‘lanadigan (galstuksimon) bo’lishi mumkin. Yenglari o‘tqazma, yarim reglan bichimli, old ba ort bo’lak bilan yaxlit bichilgan bo’lishi mumkin. Yeng bichimlari keng, tor, kapalaksimon, fonarik, burmali ba xakozo bo’lishi mumkin.Xozirgi kunda milliy ko’ylak bichimlarida juda katta o’zgarishlar ruy bergan. Masalan: Etak kismi kengaytirilib, konussimon shaklda bichilgan ko’ylaklar. Bunday qopli ko’ylak yengi xam albatta konussimon shaklda bichiladi. Agar konussimon bichimli ko’ylakni elastik gazlamadan tikilsa uni etagi ba yeng uchlarini tortib zig-zag usulda qaytarib tikilsa juda chiroyli to’lqinsimon shaklga ega bo'ladi. Milliy ko’ylak bichimlari bir xil bo’lsa-da, uning yoqa o’mizlari turlicha uyilishi mumkin. Milliy ko’ylaklarimizni burmalar, kesmalar, tesmalar, kashta
16
choklar ba munchoq (biserlar)lar bilan bezab tikish mumkin. Burmalar modelga binoan asosiy gazlamadan, bezak gazlamadan, kontrast rangli gazlamadan yoki gazlama gullari ranglaridan biri aks etgan sidirg’a gazlamadan bichilgan bo’lishi mumkin. Qo’yida turli bichimdagi ba shakldagi zamonaviy milliy ko’ylak namunalarii tabsifini keltiramiz.
Ko’pincha yosh xotin qizlarimiz murakkab, bejirim bichimdagi koketka turlarini tanlashadi. Chunki yoshlar xar doim go’zallikka, qiziqarli yechimlarga ega bo’lgan kiyimlarni kiyimlarni tanlashadi. Bu ularni qiziqqonligidan, yoshligidan dalolat beradi. Agar gazlama elastik, cho’zilubchan bo’lsa koketka o‘tkir burchakli bo’lmasligi kerak. Chunki unga qanchalik qotirmalik gazlama yopishtirilmasin, burchaklari egilib chiroyli ko’rinish bermaydi. Qattiq, mustahkam o‘rilishdagi gazlamalarga esa qanchalik koketka murakkab bichimda bo’lmasin chiroyli turadi. Bunga misol qilib atlas, adras, beqasam, krep kabi gazlamalarni misol qilish mumkin.
Xozirgi kunda kashta choklar bilan bezatilgan milliy ko’ylaklarimiz yana urf bo’lmoqda. Ayniqsa kelinlarimiz seplarida kashta chok bilan bezatilgan ko’ylaklarni juda ko’p uchratish mumkin. Kashta chok oralarini biserlar bilan to’ldirib tikilsa kashta choklar yanada chiroyli, ko’rkam va jozibador ko’rinishga ega bo’ladi. 54-rasmlarda kashta choklar bilan bezatilgan milliy ko’ylak namunalari berilgan.
Quyma burmali ko’ylaklarni ko’pincha yosh qizlarimiz va kelinchaklarimizga tavsiya qilamiz. Yoshi katta, to’la gavdali ayollarimiz esa burmali ko’ylaklarni kiymaganlari ma’qul. Chunki burmalar kishi gavdasini bo’rttirib ko’rsatadi. Burma turlari ham gazlama turiga qarab turlicha bo’lishi mukin. Undan tashqari xozirgi kunda ko’ylaklar uchun turli tuman tayyor bezak elementlarini dukonlarimizda ko’plab uchratishimiz mumkin. Faqatgina ularni gazlamaga, kishi gavdasi va yoshiga, kiyim turiga qarab tanlashimiz lozim deb o‘ylaymiz.
Chiroyli kiyinishni har kim ham xohlaydi. Lekin chiroyli kiyinaman degan
17
xotin qizlarimiz me’yorni unutmasliklari, ko’ylak uchun bichim va bezak tanlashda modeler va dizaynerlar maslahatiga rioya qilishlari lozim deb o‘ylaymiz. Ana shundagina tanlagan kiyimi o‘ziga yarashib turishi aniq. Ayniqsa zamonaviy kiyim elementlarini joyida qo’yib ishlatishlari kerak.