1.1 Ayollar ko’ylagiga qo‘yiladigan talablar. Kiyimning sifati deganda, uning vazifasiga ko‘ra insondagi niuayyan talablarni qondirishga yaraydigan xususiyatlari tushuniladi. Demak, kiyim sifati talablar orqali 85 aniqlansa, iste’molchi talablari esa kiyimning sifatiga nisbatan qo‘yiladi, ya’ni sifat va talablar o‘zaro bog'langan. Ular inson talablarini qondiradigan quyidagi xususiyatlardan iborat: Kiyimni loyihalash talablar programmasini tuzishdan boshlanadi, talablar ikki guruhga ajratiladi: iste’molchi (matlubotchi)lar talablari va sanoat-ekonomika nuqtai nazaridan qo’yiladigan talablar. Birinchi guruhga exspluatasion, estetik, gigiyenik talablar kiradi.
Estetik talablar. Estetik talablar deganda, kiyimning modaga mosligi, yangi materiallardan tikilganligi, yangi otdelkalar ishlatilganligi, iste’molchilarning estetik didlarini qondirishi tushuniladi. Estetik xususiyatga ega bo'lmagan kiyim foydasiz buyumga aylanadi, chunki u o'z maqsadli funksiyasini — insonning estetik talabini qondiradigan o'ziga xos xususiyatini bajara olmaydi. Estetik ehtiyoj, go‘zallik qonunlariga ko'ra, insonning go'zaliikka va ijodga bo'lgan talablarini bildiradi.
Gigiyenik talablar tanadagi havo almashinuvi darajasini bildiradi. Ushbu talablar kiyimni tuzuvchi materiallarning havo o'tkazuvchanligi hamda kiyimning konstruksiyasi (tuzilishi)ga bogliq. Gigiyenik talablarga kiyimning issiqlik balansi, havo o’tkazuvchanligi, ichki (kiyim ostidagi) nam-terdan yoki tashqi nam (qoryomg’ir) ta’siridan himoyalash darajasi, yengilligi, konstruksiyasining qulayligi (kishining normal fiziologik funksiyalariga xalaqit bermasligi) kiradi. Kiyimdan foydalanganda kiyim odam sog’lig’iga zarar yetkazmasligi, erkin harakatlanish vaqtida xalaqit bermasligi kerak, ya`ni yozda kiyiladigan kiyimlar yengil, havo o`tkazuvchan bo`lishi, quyosh nurini qaytaruvchan bo`lishi, namni shimuvchan
5
bo`lishi kerak. Bunda gazlama asosiy rol' o`ynaydi. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi talab qilinadi. Masalan: paxta, ipak, jun, zig'ir tolali gazlamalar juda yaxshi, gigiyenik hisoblanadi. Qishki kiyimlar odam tanasidan chiqqan issiqlikni saqlovchi, yengil va qulay bo`lishi kerak. Shuning uchun qishki kiyimlar ko`pincha jun tolali gazlamalardan tikiladi. Kiyimga ishlov berishda iloji boricha yengil bo`lishiga, bichimi esa qulay bo`lishiga e`tibor berish kerak. Kuzgi va baqorgi kiyimlar esa haroratning pastligi va yog'ingarchilik ko`pligiga asoslanib ko`proq sintetik tolali gazlamalardan tikiladi.