Ayollar ko’ylagi konstruksiyasi Yeng chizmasini hisoblash va chizish. Yeng asosi chizmasini chizish uchun zarur o’lcham belgilarining qiymatlari: Dyeng=53,5 sm; Oyel=29,1 sm; Obil=16,1 sm; yeng o’mizining vertikal diametri OG4=17 sm (ko’ylak asosi chizmasidan olinadi) Pyel.ayl =6 sm. 94 To’r chizish.
1. Yeng kengligi: OO1= Oyel+ Pyel.ayl = 29,1+6=35,1 sm
2. OO1 nuqtalardan vertikal o’tkaziladi.
Quyidagi bo’laklar o’lchab qo’yiladi: OP=OO1 ort bo’lak chizmasidagi yeng o’mizining vertikal diametri – 2,5 = 17 sm – 2,5 sm = 14,5 sm (yeng boshining balandligi); OM = Dyeng = 53,5 sm (yeng uzunligi) OL = OM:2+5 = 53,5:2+2 = 31,8 sm (tirsak sathi) Gorizontal chiziq o’tkazib, kesishgan joylar P1, L1, M1 nuqtalar bilan belgilanadi.
3. Yeng qiyamasining eng yuqori nuqtasi: OO2 = OO1:2+0,5=18 sm; Tirsakning o’tish qismi: OO3 = OO2:2; old tomonning o’tish qismi: O1O4=O1O2:2 O2, O3, O4 nuqtalardan vertikal o’tkazib kesishgan joylarga P, L2, M2, P3, L3, M3, P4, L4, M4 nuqtalar qo’yib belgilanadi. Yeng boshini chizish.
4. O2O5 = O2O3:2; O2O6 = O2O4:2+1,5.
5. P3O7 = G2P2 (chizmadan olinadi); P4O8= G3P4 (chizmadan olinadi).
6. O7 nuqtadan chapga, O8 nuqtadan o’ngga 0,5 sm dan o’lchab qo’yiladi.
7. O5, 1, P; O6, 2, P1 nuqtalarni yordamchi to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. P – 1 va P1 – 2 qism ikkiga bo’linadi; 1 sm va 2-2,5 sm ga teng bo’lgan perpendikulyar
15
o’tkaziladi; O5 va O6 burchaklar bissektrisasi bo’ylab 1-1,2 sm 1,5-2 sm ga teng kesma o’lchab qo’yiladi.
8. Yordamchi va asosiy nuqtalar orqali yeng boshi ravon chiziqlar bilan shakli keltirib chiziladi. Yeng uchini chizish
9. Yeng tirsakning o’tish qismi bo’ylab M3 nuqtadan 1 sm uzaytiriladi. Yeng uchi old tomon o’tish qismi bo’ylab M4 nuqtadan yuqoriga 1 sm qisqartiriladi. Yeng uchi ravon chiziq bilan chizib olinadi. Kalta toraytirilgan, kengaytirilgan yenglarning chizilishi qo’shimcha chiziqlar bilan ko’rsatilgan.
II-BOB Xotin-qizlar milliy ko‘ylaklarini tikish texnologiyasini o’rganish