SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 449
Dastlab, dinamik sistemalar texnik va tabiiy-ilmiy
masalalarni matematik
modellarini o‘rganishda qo‘llanilgan. Keyinchalik bu kabi qonuniyatlarni meteorologik,
iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy sistemalarni holatini aniqlashda ham foydalanilishi
mumkinligi aniqlangan. Murakkab xo‘jalik sistemalar ushbu aytib o‘tilgan
barcha
yo‘nalishlarni qamrab oladi. Masalan, energetika apparatlarini dinamik holati ularning
texnik jihatlarini,
energiya uzatish sistemasini, meteorologik vaziyatni o‘zaro
bog‘likligini o‘z ichiga oladi. Agarda vaziyatni o‘rganishda xatolikka yo‘l qo‘yilsa,
ijtimoiy muhitdagi turg‘unlikni yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
Dinamik sistemalar turli tasniflarga bo‘linadi. Turli dinamik sistemalar va ularga
mos keluvchi oddiy differensial tenglamalar sistemalari asosidagi matematik modellarni
ko‘rib chiqamiz. Dinamik sistemalar orqali ifodalanuvchi jarayonlarning turli xil
klassifikatsiyalari mavjud. Mavjud variantlarni ko‘rib chiqamiz.
Aniqlashtirilgan (determinirovanniy)
model deb, barcha o‘zgaruvchilari aniq
bo‘lgan modelga aytiladi; funksiyalar o‘zlarining argumentlari
orqali aniqlashtirilgan
bo‘ladi. Tabiiyki, bu kabi modellarda aniqlashtirilgan funksiyalar qatnashadi. Juda ko‘p