1-XV – ASR OXIRI – XVI ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA SIYOSIY VAZIYAT
Xuroson hukmdori Shohruh 1447-yili vafot etgach, toj-u taxt uchun kurash avjiga chiqdi. Natijada, Xuroson davlati o’n bir qismga bo’linib ketdi. Ularning har biri o’zini mustaqil davlat deb hisoblar edi. 1469-yilda Amir Temurning ikkinchi o’g’li Umarshayxning nabirasi Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egalladi. Salkam 40 yil hukmronlik qilgan Sulton Husayn Boyqaro davrida ham mamlakatda to’la osoyishtalik o’rnatilmagan bo’lsa-da, Xuroson davlatining xo’jalik va madaniy hayoti ancha yuksak darajada rivojlandi. Mamlakat obodonchiligi yo’lida katta ishlar amalga oshirildi. Movarounnahrga nisbatan siyosiy barqarorlik ta’minlandi. Bunda Husayn Boyqaroning hukmdorlik salohiyati muhim o’rin tutdi. Vazir Alisher Navoiyning xizmatlari ham benihoya katta bo’ldi. 1506-yilda Sulton Husayn Boyqaro vafot etdi. Shundan keyin mamlakatda qo’shhokimiyatchilik vujudga keldi. Marhum sultonning ikki o’g’li (Badiuzzamon va Muzaffar Husayn) bir vaqtda hukmdor deb e’lon qilindi. Bu hol shuningsiz ham og’ir kunlami boshidan kechirayotgan Xuroson davlatini to’la parokaridalikka olib keldi. Natijada shayboniylar hujumi arafasida davlat inqirozga yuz tutdi. Mirzo Ulug’bek 1449-yilda o’ldirilgach, Movarounnahrda ham toj-u taxt uchun ayovsiz kurash boshlanib ketdi. Bu kurashda Mironshohning nabirasi Abu Said ibn Sulton Muhammad g’alaba qozonadi va Movarounnahr taxtini egallaydi (1451-1469). U 1469-yilda urushda halok bo’lgach, hokimiyatni uning ikki o’g’li: SultonAhmad (1469-1494), Sulton Mahmud (1494-1495) hamda nabiralari Boysung’ur Mirzo (1495-1497) va Sulton Ali Mirzo (1498-1500) lar boshqargan. Xullas, temuriylar hukmronligi davri oxirida o’zaro urush-talash oqibatida mamlakat to’la tanazzulga yuz tutgan. XVI asr bo’sag’asida Temuriylar davlati taxti uchun kurash maydoniga Zahiriddin Muharnmad Bobur chiqdi. Bobur Mirzo Amir Temurning uchinchi o’g’li Mironshohning chevarasi edi. U 1483-yilning 14-fevralida Andijon shahrida tug’ilgan. Bolalik va yoshlik yillari Andijon va Axsi shaharlarida o’tgan. U otasi Umarshayx Mirzo (1456-1494) saroyida o’z davriga yarasha barcha zarur bilimlarni egallagan. Umarshayx Mirzoni otasi Abu Said Mirzo hukmronligi davrida, dastlab, Kobul viloyatiga, so’ng Farg’ona viloyatiga hukmdor etib tayinlagan. Keyinchalik akasi Sulton Ahmad hukmronligi davrida Toshkent va Sayram ham Umarshayx Mirzoga berilgan. Biroq o’zaro ichki kurashlar natijasida Umarshayx Mirzo qo’l ostida faqat Farg’ona, Xo’jand va O’ratepagina qolgan. Umarshayx Mirzo 1494-yilda baxtsiz hodisa tufayli halok bo’lgach, Farg’ona taxtiga 12 yoshli Bobur Mirzo o’tqazildi.
Dostları ilə paylaş: |