Darsning borishi (reja): I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish III.Yangi mavzu bayoni: 1-topshiriq. Matnni o‘qing va uni qayta hikoya qilib bering. O‘rtadagifarqlarni aniqlab, tushuntiring.
Go‘dakning tili chiqqanda, ilk aytgan so‘zi «ona» bo‘ladi. Xalqimiz bu mo‘tabar kalomga uyqash tarzda «Vatan» so‘zini bog‘lab aytadi: «Ona Vatan». Millatmiz tili ham bizda shunday yuksak mehr va e’zoz bilan ifodalanadi: «Ona tilim». Istiqlol bizga ona tilimizni o‘zining butun boyliklari bilan qaytarib berdi, ezilgan mavqe va martabasini tikladi. Millat birligi va birdamligi timsoli bo‘lmish tilimizning ravnaqi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi. (A. Abduazizov) 2-topshiriq.Berilgan matndagi ilmiy uslubga xoslangan birliklarni aniqlang va ularni izohlashga harakat qiling.
Mamlakatimizdagi joy nomlari – toponimlarni to‘plash, ularning rivojlanish va o‘zgarish tamoyillarini aniqlash, nomlarning muhim leksik-semantik, grammatik xususiyatlarini yori tish, ularning kelib chiqishini o‘rganish va har bir hudud bo‘yicha toponimik lug‘atlar tuzish ma’naviyatimiz va azaliy qadriyatlarimiz tiklanayotgan hozirgi paytda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki toponimlar ko‘p ming yillik tariximizning «tilsiz» guvohlaridir. (S. G‘aybullayev) Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, demakki, nutqiy uslublarning hammasida erkin qo‘llanadigan til birliklari mavjud. Ular uslub nuqtayi nazaridan betaraf, ya’ni biron-bir uslubga xoslanmagan vositalar hisoblanadi va ular tilda juda katta qismni tashkil etadi. Masalan, ishlamoq, o‘qimoq, yurmoq, kitob, uy, suv, katta, kichik, kun kabi leksik birliklar va boshqalar. Ular barcha uslublarning umumiy unsurlari sanaladi.
Ayni paytda tilda bir qancha vositalar borki, ular ko‘proq muayyan bir uslubga xoslangan bo‘ladi, asosan, shu uslubda qo‘llanadi, hatto tegishli uslubning o‘ziga xos belgisi sifatida xizmat qiladi. Masalan, ilmiy matnda terminlar va boshqa vositalar. So‘zlovchi (yozuvchi) matn tuzar ekan, ana shu uslubiy vositalarni, ularning qaysi uslubga daxldor ekanligini yaxshi bilishi lozim.
Nutqning og‘zaki va yozma shakllari ham ana shunday xoslangan til vositalariga ega. Masalan, muayyan tasvirda yuqorida, quyida kabi so‘z shakllari ko‘proq yozma nutqqa xos, shuning uchun og‘zaki nutqda, aytaylik, majlisda yuqorida aytilgan fikrlarga qo‘shilaman tarzidagi ifoda juda g‘aliz.