109-mashq. Berilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gaplardagi muallif va ko‘chirma gaplarni turli o‘rinlarda qo‘llab ko‘ring, yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarni tushuntiring.
Namuna: 1. Rais bobo Jo‘rani ko‘rib: – E, nimaga o‘ylanib o‘tiribsan? Kelib, Sodiqboy bilan tanishmaysanmi? Senga aytar edim-ku? – dedi. (Sh. Xolmirzayev). 2. – E, nimaga o‘ylanib o‘tiribsan? – dedi Rais bobo Jo‘rani ko‘rib. – Kelib, Sodiqboy bilan tanishmaysanmi? Senga aytar edim-ku? – rais bobo Jo‘rani ko‘rib. 3. – E, nimaga o‘ylanib o‘tiribsan? Kelib, Sodiqboy bilan tanishmaysanmi? Senga aytar edim-ku? – dedi.
1. Onam menga tushuntirdi: – Biz Rais boboning uyiga qo‘ndik. Birikki yil turamiz. Keyin yana rayonga qaytib keta miz. (Sh. Xolmirzayev) 2. Onam qayrilib qarab: – Gapim esingdan chiqmasin, Sodiq! Haligi kitobingni o‘qi! – dedi. (Sh. Xolmirzayev) 3. Zohid uning fikrini uqib: – Oq it, qora it – baribir itmi? – dedi piching bilan. (Tohir Malik) 4. Kechki ovqatdan so‘ng mezbonlar ketishgach, Manzura Abdulhamiddan
so‘radi: – Nishon to‘yi deyishdi, u nima degani? (Tohir Malik) 110-mashq. Berilgan ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantiring va bu gaplarning ma’nodoshligi yuzasidan fikr yuri ting.
1. Lekin Qosimtoy bunga ishonmadi: – Bizning odamlar Ibrohimning qochganini ko‘rgan. So‘ra, rostini aytsin, bo‘lmasa, boshi kesilgay! (P. Qodirov) 2. Tepalik ustidan buning hamma sini ko‘rib turgan Bobur: – Yog‘iy Dehlini bekit moq chi! – dedi (P. Qodirov) 3. Men uchun biror kuningni ajrata olasanmi? – deb so‘radi Niyoz chodirga
yaqinlashganlarida. (Tohir Malik) 4. Maqsud Soliyev kirgach, podpolkovnik o‘rnidan turib unga peshvoz chiqdi: – Tabrik layman. Rahmat, sizga, – dedi u mayorni ikki yelkasidan quchib. (Tohir Malik) 5. – Biz ham uchun ishonmayapmiz-da, – dedi birinchi geolog. – Metall-a, metall. Hazil gapmi bu? (O‘. Umar bekov) Menga qara, Nazir, – dedi Saksonboy ota unga diqqat bilan tikilib. – Kon-pon chiqib, toza boyib
Ketsang-a! (O‘. Umarbekov) A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»danolingan kasal so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagima’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.