10
ko‘rsatish harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarning maqsadlari
ayirboshlash yordamida qondiriladi»
1
.
Marketingga olimlar turlicha ta’rif berganlar. I.K. Belyavskiy shunday
degan: «Marketing – bu bozorni o‘rganish
va tartibga solish, boshqarish
tizimidir»
2
. Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta’rif beradi:
«Marketing tashkilotlar va kishilarning xohish va ehtiyojini tovar va
xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlashni ta’minlash yo‘li orqali qondirishga
yo‘naltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing – bu bir vaqtning o‘zida
biznes falsafasi va faol jarayondir»
3
.
Ushbu ta’riflardan shuni aytish mumkinki, marketing –
bu bozorni
o‘rganish, u orqali iste’molchilarga ta’sir etishdan iborat.
Talab bilan taklifning o‘zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning
xohish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni bo‘lib hisoblanadi. Bu
jarayon o‘z navbatida muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish
(ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kabi
ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarning o‘zaro ta’siriga asoslanadi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi,
mohiyatini aniqlashga imkon
beradi. Quyidagi rasmda marketingning asosiy kategoriyalari berilgan(1.1-
rasm).
Dostları ilə paylaş: