• Основные стратегические варианты


Bozorning raqobatchilik haritasi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

Bozorning raqobatchilik haritasi
- 1) raqobatchilarini bozorda egallab 
turgan o‘rniga ko‘ra tasniflash; 2) bozorda raqobatchining o‘rnini nazorat 
qilish imkonini beruvchi raqobatchilar ulushini taqsimlash. Aniq tovar 
bozorlarida raqobatchilarning o‘rnini talil qilish natijasida aniqlanadi. 
Brending
- marketing kommunikatsiyalari tizimining firma stili va 
uning elementlarini ishlab chiqish, firmani raqobatchilardan ajratib turuvchi 
o‘ziga xos imidjini yaratish sohasi 
Gorizontal
diversifikatsiya
- firma assortimentini ayni paytda ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, biroq mijozlarning 
qiziqishini uyg‘otishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar bilan to‘ldirish. 
Demping
- tovarni o‘rtacha bozor narxidan arzon, ba’zida hatto o‘z 
tannarxidan arzon narxda sotish. Ko‘pchilik garb mamlakatlarida milliy ishlab 
chiqaruvchilar foydasini himoya qiluvchi va aksari hollarda boshqa 


164 
mamlakatlardan raqobatning kuchli emasligi sababli arzon narxda tovar olib 
kirishni ta’kiklovchi antidemping qonunlar amal qiladi. 
Diversifikatsiya
- 1) tovar strategiyasi turi, unga asosan korxona ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar sonini kengaytiradi; 2) yangi bozorlarni egallab 
olish va qo‘shimcha foyda olish maqsadida ishlab chiqarishning bir-biri bilan 
bog‘liq bo‘lmagan ikki yoki undan ortiq turini bir vaqtning o‘zida 
kengaytirish va rivojlantirish. 
Imij
- tovar obrazi, uning biron narsani eslatishi, o‘xshashi va aks 
ettirishi, tovar bozori iqtisodiyotiga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-
psihologik holat. Tovar imiji tovarning obro‘yi, tovar markasi, tovar ishlab 
chiqarilgan korxona va mamlakat bilan assotsiatsiyalashadi. 
Informaцiya (axborotlar, ma’lumotlar)
- 1) ishlarning ahvoli haqida 
xabardor qilish; 2) tadbirkorlik, marketing va boshqa faoliyat turlari oldida 
to‘rgan vazifalarni bajarishda yordam berishi mumkin bo‘lgan turli xil bilim 
va ma’lumotlar; 3) marketing tizimi subyektlarining o‘zaro munosabatlar 
jarayonidagi bevosita va teskari aloqa natijalari tavsifnomasi; 4) turli xil 
energiyalarning o‘zaro aloqalari natijasi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin