1. G’azal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir A. Navoiy tavalludi munosabati bilan o’tkazilgan “ Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi ” nomli kecha dasturi


Navoiy:          Quloq soldingmi? Guli



Yüklə 50,63 Kb.
səhifə32/45
tarix02.01.2022
ölçüsü50,63 Kb.
#38188
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
Alisher Navoiy Tadbir ssenariyasi

Navoiy:          Quloq soldingmi?

Guli:               Yolg‘iz men emas, gul,

Samo, er, koinot, aftoda bulbul —

Butun jonlik va jonsiz tingladi jam.

G‘azaldin bu kabi zavq olmagan kim?

G‘azalkim, so`zlagay mehru vafodin.

G‘azalkim, so`zlagay ishqdin, safodin,

G‘azaldin, bu kabi zavq olmagan kim?

Navoiy:          Ko`ngil ilhomchisi sensan, azizim.

Bularning barchasi senga atalg‘on.



Guli:               Xudo bilsin, so`zingiz, balki yolg‘on.

Navoiy:          Nechuk? Xo`sh!

Guli:               So`nggi chog‘da kamnamosiz.

G‘arib, bechora men - er, siz — samosiz.



Navoiy:          Yoningda bo`lmoq orzum ertayu-kech,

Faqat, naylay, ilojin topmadim hech.

Ariq qazmoqdamiz, cho`llarda ish ko`p,

Rabotu, madrasa, yo`llarda ish ko`p.

Yumush der, erdagi har zarra tuproq,

Yumush der, bog‘dagi har toza yaproq.



Guli:               Kimiki bo`lsa inson, bo`lsa odam

Xaloyiqning g‘amin eydur damodam.



Navoiy:          Vafodorim, shuning-chun kamnamoman,

Olur vaqtimni bu ishlar tamoman.



Guli:               Alisher! Chindanam shersiz, Buyuk sher!

Ulur ishlarni qilmoq istagan er

Bo`lur sherday jasur qaytmas izidin,

Qilich kelganda ham qaytmas so`zidin,

Faqat ko`pdur, esiz ko`p dushmaningiz.

Navoiy:          Engur zulmatni nur, albatta, shaksiz.

Guli:               Biroq, hozircha zulmatning kuchi ko`p,

Xaqiqat nurini so`ndirguchi ko`p.

Kecha ko`rgan edim, men bir yomon tush

tushni eslasam boshdin uchar hush…


Yüklə 50,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin