1. Iogan Gotlib Fixte. Faust Gyote. Karl Kniesning eski tarixiy maktabi


Sotsialistik iqtisodiyot to‘g‘risidagi fikrlar, Markaziy Evropa ta’limoti



Yüklə 195 Kb.
səhifə5/11
tarix29.03.2023
ölçüsü195 Kb.
#91151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4-Mavzu

5. Sotsialistik iqtisodiyot to‘g‘risidagi fikrlar, Markaziy Evropa ta’limoti


Iqtisodiyotda bir qancha ofatlar, xususan, ommaviy ishsizlik va inflyatsiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Aholoning mo‘tadil va to‘la bandligini, real daromadlar o‘sishini qanday qilib ta’minlash mumkin, degan savollar hammani, iqtisodiyot fani namoyondalarini ham qiziqtirib kelmoqda.
Bu masalalar bilan neoklassik sintez yo'nalishi shug‘ullanib, unda klassik iqtisodiy ta’limot tomonidan ilgari aniqlangan nazariyalar hozirgi davrdagi daromadlar shakllanishi nazariyalar bilan sintez qilinadi. Bu sohada barakali ijod etgan P.Samuelson fikricha «neoklassik sintez» - bu aslida hozirgi neokeyns va neoliberal nazariyalaming neoklassik g‘oyalar shuningdek, klassik maktabning ayrim qoidalari va hozirgi davrdagi daromadlar shakllanishi nazariyalari bilan birlashib ketadi.
Bu yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi bilan iqtisodiy tahlilda aralash shakldagi qarashlar ustunlik qiladi, iqtisodiyotni tartibga solishning turli shakllari taklif etiladi. Hozirgi davrda iqtisodiyotni makroiqtisodiy tarbibga solishda asosan uchta ta'limot qarashlari - ishtirok etadi. Bular 1) turli modifikatsiyadagi keynschilik ta’limotlari; 2) taklif iqtisodiyoti nazariyalari va 3) monetarizm. Keynschilik qarashlarida asosan davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki keng targ‘ib etiladi. Bunda konyunkturaning o‘zgarishi bilan ishlab chiqarishning yuqori darajasini ta’minlash, ish bilan bandlik, siklik rivojlanishni yumshatish asos qilib olinadi. Bunda asosiy e’tibor davlat bdjetiga qaratiladi, shu yo‘l bilan to‘lov imkoniyatlariga talab to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga solinadi. Monetaristlar fikricha esa iqtisodiy hayotga umuman aralashmaslik prinsipi qo‘llab-quvvatlanadi.
Ayrim fikrlar bo‘yicha neoklassik sintez faqat iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishnigina emas, balki umumiy iqtisodiy muvozanatni modellashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Ayrim olimlaming aytishicha (A.V. Anikin) Samuelsonning neklassik sintezi avvalo, klassik mikroiqtisodiyotni yangi makroiqtisodiyot bilan qo‘shilishi, deb qaraladi. Yuqorida keltirilgan qarashlami uch qismga bo‘lish mumkin: ulaming birinchisi iqtisodiyotda to‘la bandlikni ta’minlash va bu prinsipini erkin bozor iqtisodiyoti elementlari bilan birgalikda (iqtisodiy liberalizm), shuningdek, erkin bozor stixiyasini chegarolovchi keynschilik konsepsiyasi elementlari ham qo'llanilishi mumkin. Ayniqsa, davlat siyosatida Fiskal va pul-kredit tizimlari hamda «ishsizlikning tabiiy normasi» (M.Fridmen) konsepsiyasidagi antiinflyatsion imkoniyatlar hamda Erxard-Ryopkelaming «Ijtimoiy bozor xo‘jaligi» prinsiplari birgalikda harakat qiladi. Ikkinchi qarashlarda XIX asming oxirida neoklassiklar tomonidan ilgari surilgan qiymat (qimmat) nazariyasida eski va yangi qiymat nazariyalari yoki xarajat nazariyasi va eng yuqori foydalilik nazariyasi aks ettiriladi. Bu yerda marjinalistlaming ikkinchi vakili A. Marshall ilgari surgan yondashuv sistemasi to‘g‘risida gap bormoqda (V. Paretto va boshqalaming baho, talab va taklif hamda umumiy iqtisodiy muvozanat masalalari ko'zda tutiladi).
Uchinchi qarash bo‘yicha umumiy iqtisodiy muvozanatning hozirgi modeli bir vaqtning o‘zida makro va mikro iqtisodiy tadqiqotlarga asoslanadi. Bu tadqiqotlarda avvalgi sof iqtisodiy nazariya va mukammal raqobat to‘g‘isidagi qarashlardan voz kechiladi, ishlab chiqarish va iste’mol sohalari bir-biriga qarama- qarshi qo‘yilmaydi. Bu qarashlarda Keynsning «Psixologik qonuni», ya’ni daromadlarning iste’molga nisbatan tezroq o‘sishi, «Veblen Effekti» va boshqa noiqtisodiy omillaming ta’siri ham hisobga olinadi.
Shuni eslatib o‘tmoqchimizki, 1901-yildan boshlab fizika, kimyo, meditsina (biologiya), adabiyot va tinchlikni saqlash sohalarida Nobel mukofoti berilib kelinadi. 1968-yili Shvetsiyadagi Riksbankning 300 yilligi munosabati bilan iqtisodiyot fanining insoniyat hayotidagi yuksak rolini tan olish va rag‘batlantirish maqsadida iqtisodiyot bo'yicha (oltinchi) Nobel mukofoti joriy etildi va 1969-yildan buyon har yili berib kelinmoqda. Birinchi bo‘lib bu mukofot iqtisodchi - matematik olimlar gollandiyalik Yan.Tinbergen va norvegiyalik Ragnar Frishga («iqtisodiy jarayonlami matematik tahlil etishda dinamik modellami rivojlantirish va qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlari uchun») berildi.
1970-yilda (ikkinchi bo‘lib) Nobel mukofoti P.Samuelsonga «statik va dinamik iqtisodiy nazariyani rivojlantirigani va shu bilan iqtisodiyot fani tahlilini yanada yuqoriroq pog‘onaga ko‘tarishga hissa qo‘shgan ilmiy ishi uchun» berildi. Quyida shu iqtisodchining iqtisodiy g‘oyalari to‘g‘risida flkr yuritiladi.

Yüklə 195 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin