Agar Angliya mehnat birligini vino sanoatidan to‘qimachilik sanoatiga o'tkazsa, Portugaliya esa mehnat birligini to‘qimachilik sanoatidan vino sanoatiga o'tkazsa, vino va mato ishlab chiqarishning umumiy hajmi ko‘payadi, vaholanki bir vaqtning o‘zida har ikki iqtisodiyotda ham bir xil mehnat sarfi asosida mahsulot ishlab chiqarish yuz beradi. Biroq Angliyada mehnat birligini vino sanoatidan ko‘chirilishi ishlab chiqarish hajmini 4 litrga qisqartiradi, Portugaliyada boshqa mehnat birligini vino sanoatida qo‘llanilishi ishlab chiqarish hajmini 8 litrga ko‘paytiradi, shunday qilib umumiy holda jahon vino ishlab chiqarishi endi 4 litrga ko‘pdir. Xuddi shunday, Portugaliya mehnat birligining to'qimachilik sanoatidan ko‘chirilishi, mato ishlab chiqarishni 1 metrga kamaytiradi, Angliya sanoatiga qo‘shilgan mehnat birligi esa mato ishlab chiqarishni 2 metrga ko'paytiradi va shu asosda matoning umumiy ishlab chiqarilishi 1 metrga oshadi. Shunday qilib, ikki mamlakat modeli uchun sanoat tarmoqlari o‘rtasida mehnatning ko‘chirilishi natijasida ishlab chiqarishning umumiy hajmi ko‘payadi.
Bizdagi keyingi muammo xalqaro savdo vositasida har ikkala mamlakatga foyda keltiradigan narxlami o‘mati!ishini aniqlash hisoblanadi. Biz narxlami barter sharoitida ko‘rib chiqamiz. Angliyada 1 metr mato 2 litr vinoga teng keladi, mato narxi vinoning narxidan ikki barobar yuqori. Inglizlar 1 metr mato uchun 2 litrdan ortiq vino olsalargina, matoni vinoga almashtirishga rozi bo‘lishadi. Portugaliyada vino va matoga mamlakat ichidagi narxlarini 8 litr vinoga 1 metr mato tashkil qiladi. Agar portugaliyaliklar 8 litr vinodan kamrog‘iga 1 metr mato oladigan bo‘lsalar, bu savdoni amalga oshirar edilar. Shu sababli biz vino va mato xalqaro narxlar ketma-ketligi mavjudligini hamda bu narxlar har ikkala mamlakatga ham naf keltirishi kerakligini hisobga olib, ushbu savdoda 7,9 litr vino 1 metr matoga va 2,1 litr vino 1 metr matoga teng narxlar oralig‘ida bo‘lganida foyda olish mumkin bo‘lganligi uchun mazkur narxlami o‘matdik.