1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə41/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92
она тилидан қулланма

Sonlarning otlashuvi
Son so‘zning ot turkumi vazifasini bajarishga xoslangani uning otlashuvi ( substantivatsiya) deyiladi. Son so‘z mavhum tushuncha ifodalasa , u ko‘pincha otga yakinlashadi, uning vazifasini bajaradi. Aniq predmet tushunchasini ifodalagan so‘z bilan biriksa, belgini ko‘rsatadi- aniqlovchi bo‘lib keladi. Son so‘z otlashib, ot turkumi uchun xos bo‘lgan egalik , ko‘plik,kelishik qo‘shimchalarini olib, gapda ega, to‘ldiruvchi va qaratqichli aniqlovchi bo‘lib keladi. M ; Besh unning yarmi. Olti ikkiga koldiksiz bo‘linadi kabi.son so‘zlar otlashib aniqlanmish olganda ot sondan oldin kelishi mumkin: olmadan to‘rttasini oldim deb qo‘llash mumkin (to‘rtta olma oldim urnida). Son gapda aniqlovchi, otlashganda ot kabi sintaktik vazifalarni bajarib keladi. Son so‘z hech kachon o‘ziga aniqlovchi olmaydi.


Son turkumining tahlil namunasi.
Turkumiga ko‘ra (son)
Tuzulishiga ko‘ra (sodda, qo‘shma, juft tarkibli)
Ma'nosiga ko‘ra (miqdor yoki tartib son)
Miqdor sonning turiga ko‘ra (sanoq, chama, jamlovchi, dona, taqsim, kasr son)
Numerativning ma'nosi
Son so‘zning gapdagi vazifasi.

Nazorat savollari
1. O‘lchov so‘zlarni tushuntiring.
2 Berilgan rakamlarni so‘zlar bilan yozib ularning sanoq sonlarning qaysi turiga mansubligini tushuntiring.1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,20,30,40,50,60,70,80,90.
3. Gaplardagi son so‘zlarni ajratib, ularning sonning qaysi ma'no guruhiga oidligini aniqlang.
Bolalarning uchalasi ham sportchi edi.
Salima va Raximalarning ikkalasi ham a'lochi.
Uchala komanda ham faxrli o‘rin olishdi.
O‘quvchilarning to‘rtalasi masalani o‘z vaqtida echib bo‘ldilar.
Beshala dastgoh birdan guvullab ishlab ketdi.

Adabiyotlar:
  1. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1980, 256-290.


  2. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1966, 241-252.


  3. U. Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1965, 39-46.


  4. O‘zbek tili grammatikasi. Toshkent, 1975, 307-331.


  5. M. Mirzaev va boshqalar. O‘zbek tili. Toshkent, 1978, 101-111.


  6. Nizomiddinova S. Hozirgi o‘zbek tilida son. Toshkent, 1970.


  7. Hamdamov P. O‘zbek tilida numerativ so‘zlar. «Sovet maktabi» jurnali, 1967, 2- son.


  8. «Hozirgi o‘zbek adabiy tili»dan metodik ko‘rsatmalar va konspektiv kurs (Morfemika, so‘z yasalishi, morfologiya), Toshkent, 1989, 54-62. Tuzuvchi: E. Qilichev.






Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin