1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə46/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   92
она тилидан қулланма

BO‘LIShSIZLIK OLMOShLARI. Bo‘lishsizlik olmoshlari so‘roq olmoshlariga yoki bir narsa so‘zlariga inkor ma'noli hech so‘zini qo‘shish bilan hosil bo‘ladi va olmosh so‘z ifodalagan umumiy ma'noni inkor etadi: Hech, hech kim, hech nima, hech qaysi, hech bir, hech kachon, hech narsa va boshqalar. Misollarda ko‘rinyaptiki, bo‘lishsizlik olmoshlari tuzilishiga ko‘ra sodda va qo‘shma bo‘lar ekan. Bo‘lishsizlik olmoshlari qatnashgan gaplarda kesim har doim bo‘lishsiz formada bo‘ladi: Hech kim bormadi, hech kim gapirmadi.
Hech so‘zi vaqt, maxal so‘zlari bilan birikkanda paytga nisbatan inkorni ifodalaydi. Bitta gapda bir necha inkor ma'noli qo‘shma so‘z qatnashishi mumkin.
Bo‘lishsizlik olmoshlari gapda turli vazifada kela oladi.
GUMON OLMOShLARI. Noaniq predmetlar, belgilar va so‘zlovchisi noma'lum shaxslarga ishora qiluvchi olmoshlar gumon olmoshlari deb yuritiladi. Gumon olmoshlari, asosan, ot va sifat harakterida qo‘llanadi: Muxiddin allakimdan xursand bo‘lib chikib ketdi. (A. K.)
Gumon olmoshlari quyidagicha tuziladi:
So‘roq olmoshlariga alla- elementini qo‘shish bilan: allakim.
So‘roq olmoshlariga -dir morfemasini qo‘shishi bilan.
So‘roq olmoshlari oldidan bir so‘zini keltirish bilan: Bir nima dedingmi?
Jumlada ba'zan biror, biron, bir kun, ba'zi bir, birov, ba'zi so‘zlariga gumon olmoshi ma'nosini ifodalab keladi: Birov eshikni kokdi.
Gumon olmoshlaridan allaqanday, qandaydir so‘zlari shaxs ma'noli otlar oldidan kelganda nopisandlik, e'tiborsizlik, ahamiyat bermaslik kabi ma'nolarni ifodalashi mumkin: qandaydir bir Karimov degan vakil kelibdi.


Nazorat topshiriqlari:
1. Kishilik olmoshlarini tushuntiring.
2. O‘zlik olmoshlarini tushuntirib bering.
3. Ko‘rsatish olmoshlarining ma'nosini tushuntiring.
4. So‘roq olmoshlarining ma'nosini tushuntiring
5. Matndagi belgilash-jamlash olmoshlari va ularning ma'nosini tushuntiring.
Biz istaymiz: barcha ellar, elatlar, Bir-biriga bo‘lsin yana yaqinroq.
Sizning taklifingiz go‘yo hammaning nomidan bo‘ladi. (O.)
Har bir qishloq shiringina shaharcha bo‘lishi lozim. (O.)
Bog‘chamizdagi gullarning bari ochildi.
Xadicha xola qishloqning hamma qariyalaridek tetik kampir edi.

ADABIYOTLAR.
  1. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1980, 290-325.


  2. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1966, Toshkent, 252-264.


  3. U. Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1965, 46-56.


  4. O‘zbek tili grammatikasi. 1 tom, Toshkent, 1975, 332-364.


  5. M. Mirzaev va boshqalar. O‘zbek tili. Tokent, 1978, 113-118.


  6. M. Askarova. Olmoshlar haqida ba'zi mulohazalar.. UTA., 1969, 4- son.


  7. S. Ibrohimov. Ayrim olmoshlarning evolyutsiyasiga doir. -UTA, 1960, 5-son.






Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin