1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja


-mavzu: FE'L SO‘Z TURKUMI SIFATIDA



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə47/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92
она тилидан қулланма

12-mavzu: FE'L SO‘Z TURKUMI SIFATIDA

FE`LNING LEKSIK-SEMATIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Mavzu rejasi

1.Fe’lningta’rifivaleksik-grammatikxususiyatlari



2.Bulishlivabulishsiz, utimlivautimsizfe’llar.

Mavzuga oid tayanch atama va iboralar: fe'lning umum kategorial ma'nosi, mustaqil fe'llar, yordamchi fe'llar, ko‘makchi fe'llar, to‘liqsiz fe'l, boqlama, tuslanishli fe'llar, tuslanishsiz fe'llar, fe'lning kategorial formalari, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, fe'l nisbatlari, fe'l mayllari, bo‘lishli – bo‘lishsizlik, fe'l zamonlari, shaxs – son kategoriyasi, o‘tgan zamon fe'llari, hozirgi zamon fe'llari, kelsi zamon fe'llari.

1-savolning bayoni:
Harakat ma'nosini ifodalovchi mustaqil so‘zlar fe'l so‘zlardir. Harakat ma'nosi juda keng bo‘lib, tilimizdagi fe'l so‘zlar shaxs va predmetlarning harakatini ifodalashdan tashqari, ular shaxs va predmetning turli holatini, ulardagi ruxiy o‘zgarishlarni, turli biologik jarayonlarni, xatto belgining o‘zgarishini ham harakat tarzida anglatadi.
Shunga ko‘ra tilimizdagi fe'l so‘zlarni (shartli ravishda) quyidagi semantik guruhlarga ajratish mumkin:
1.Sof harakat fe'llari: yur, yugur, kel, ket, bor, chop kabilar.
2.Holat fe'llari: kiyshay, uxla, o‘tir kabi.
3.Nutq fe'llari: ayt, gapir, so‘zla, g‘udran kabilar.
4.Ruxiy holat va o‘zgarishlarni ifodalovchi fe'llar: zavqlan, shodlan, kurk kabilar.
5.Biologik o‘zgarishlarni ifodalovchi fe'llar: o‘s, gulla, yashna kabilar.
6.Ish fe'llari: chop, kes, arrala, so‘y, qirq kabilar.
Fe'l turkumiga oid so‘zlarning barchasi uchun xos ma'no zamon bilan bog‘liq xolda yuz beradigan hodisani ifodalashdir. Shuning uchun ham barcha fe'l so‘zlar umumiy bir so‘roqqa – nima qilmoq? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Fe'l turkumi boshqa turkum so‘zlariga nisbatan leksik, semantik va grammatik sistemalashish jihatidan nixoyatda murakkab.
O‘zbek tilidagi fe'llarni leksik-grammatik xususiyatlariga ko‘ra dastlab ikki asosiy guruhga bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
Mustaqil fe'llar. Yordamchi fe'llar.
Mustaqil fe'llar quyidagi xususiyatlarga ega:
Mustaqil lug‘aviy ma'no anglatib, harakatni ifodalaydi va gapning biror bo‘lagi vazifasida keladi: O‘qishni a'lo baholar bilan bitirdi.(kesim).
Boshqarish xususiyatiga ega bo‘lib, ergash so‘z fe'lning talabiga ko‘ra biror kelishikda yoki shu kelishik vazifasini bajara oladigan so‘zni talab qiladi: Uy topshirigini bajarmok, sayoxatga junamok kabi.
Ob'ektga munosabatda bo‘ladi va shunga ko‘ra ikkiga: ob'ektli, ob'ektsiz fe'llarga bo‘linadi.
Ob'ektli fe'llar ob'ekt tushunchasi bilan (harakat yoki harakat ta'sirini o‘ziga olganlik tushunchasi bilan) boglangan bo‘ladi va ular tushum kelishigidagi so‘zni boshqaradi, chinni ayt, arikni kaz, xatni yoz kabi. Ob'ektsiz fe'llar bunday xususiyatga ega emas: seskan, kul, yugur kabilar bunga misol bo‘ladi.
4. Mustaqil fe'llar fe'lga xos grammatik kategoriyalarga, shuningdek, funktsional formalarga ega va shu formalarga xos vazifada qo‘llanadi: keldim-aniq nisbat, bo‘lishli forma, aniqlik mayli, o‘tgan zamon, birinchi shaxs, birlik (demak, mustaqil fe'l, fe'lga xos barcha kategoriyalar va shu kategoriyalar ifodalaydigan ma'nolarni ifodalovchi shakllarga ega); kelgan-sifatdosh, kelgach-ravishdosh, kelish-harakat nomi(fe'lning funktsional formalari).
Yordamchi fe'llar mustaqil leksik ma'noga ega bo‘lmaydi va harakatni ifodalamaydi. Ular turli grammatik ma'nolar ifodalash uchun yoki boshqa vazifalarni bajarishga xizmat qiladi.
Yordamchi fe'llar asosiy xususiyatlariga ko‘ra uch turga bo‘linadi:
So‘z yasashga va boglama vazifasini bajarishga moslashgan yordamchi fe'llar. Masalan: bo‘l, qil kabilar: xabar qil, xursand bo‘l kabilar.
Ko‘makchi fe'llar. Bu fe'llar fe'l so‘zlarga birikib, turli qo‘shimcha modal yoki grammatik ma'nolarni ifodalovchi yordamchi fe'llardir: chik, kol kabi: o‘qib chikdi, uxlab koldi kabi. Bu xil yordamchi fe'llar fe'lning analitik formalarini hosil qiladi.
To‘liqsiz fe'l. Bu yordamchi fe'lning edi, ekan, emish kabi va boshqa shakllari fe'l va fe'l bo‘lmagan so‘zlar bilan birikib, turli ma'nolar ifodalovchi, yordamchi vazifalarda qo‘llanuvchi shakllar hisoblanadi. ularning birikishidan ko‘pincha fe'lning perifrastik formalari hosil bo‘ladi.
Fe'lning tuslanishli va tuslanishsiz shakllari. Fe'l so‘zning shaxs-son, zamon va mayl formasida o‘zgarishi uning tuslanishi deb karaladi. Fe'l so‘zning ana shu tabiatidan kelib chikib, ularni ikki guruhga:
tuslanishli fe'llar.
tuslanishsiz fe'llarga bo‘lamiz.Tuslanishli fe'l tuslanish sistemasi doirasida bo‘lib, mayl yoki zamon kategoriyasiga mansub forma hisoblanadi.
Ma'lum bir fe'l formasi birorta mayl yoki zamon ma'nosini ifodalasa, u tuslanishli fe'l sanaladi: o‘qi, ishlasin(buyruk istak mayli), bormoqchiman(maqsad mayli), so‘zlayapti(aniqlik mayli, hozirgi zamon) kabi.
Fe'lning mayl yoki zamon shakllarini hosil kilmaydigan turlari ham mavjud bo‘lib, ular tuslanish sistemasida bo‘lmaganligi sababli tuslanishsiz fe'l(forma) deb hisoblanadi. Va bo‘lar sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi formalari bo‘lib, sifatdosh fe'lning sifatga xos vazifasiga moslashgan shakli(o‘qigan bola), ravishdosh ravishga xos vazifaga moslashgan shakli(kulib gapirdik), harakat nomi otga xos vazifaga moslashgan shakli(o‘qishni sevadi)dir.
Fe'lning kategorial va funktsional formalari. Fe'l so‘zlar biror grammatik kategoriyaga xos formalar sistemasini hosil qilish xususiyatiga ega yoki ega emasligiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1. Kategorial formalar; 2. Funktsional(nokategorial) formalar.
Kateorial formalar fe'lning ma'lum bir grammatik kategoriyaga xos grammatik ma'nolarni ifodalaydi. Masalan: daraja, mayl, zamon va shaxs-son kategoriyasiga xos formalar kategorial formalardir: ishlayapman, ishlayapsan, ishlayapti; ishlay, ishla, ishlasin; ishlasam, ishlasang, ishlasak kabi.
Harakatning bajaruvchi shaxsga va bu shaxsning son miqdoriga munosabati shaxs-son kategoriyasi deyiladi. Bu ma'nolarni ifodalovchi formalar shaxs-son formalari deyiladi. Haraktning bajaruvchisi, so‘zlovchi, tinglovchi yoki o‘zga bo‘lishi mumkin. Fe'lning shaxs-sonda o‘zgarishi tuslanish deyiladi. Shunga ko‘ra shaxs-son affikslari tuslovchilar deb yuritiladi. Bajaruvchi shaxs bilan harakat orasidagi munosabat predikativlik munosabati deyiladi. Ega va kesimning munosabati predikativ munosabatdir.
Demak, shaxs ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslik jihatidan fe'llar ikkiga bo‘linadi. Shaxsli fe'llar va shaxssiz fe'llar. Birinchi turdagi fe'llarda ishning bajaruvchisi bilinib turadi. Bo‘larda xuddi kishilik olmoshlaridagi kabi shaxs bor: boraman, borasan, boradi. Ikkinchi turdagi fe'llarda harakatni bajaruvchi shaxs bilinmaydi. Harakat o‘z bajaruvchisiga ega emas. Bunday fe'llar ham ma'lum shaxs(111 shaxs) formasida bo‘ladi, lekin bu forma bajaruvchi shaxs ma'nosiga ega bo‘lmaydi. Bunda grammatik shaxs bo‘lsa ham, bajaruvchi shaxs yo‘q. Masalan: Xorazmga Amudaryo orqali boriladi.
Fe'llarda shaxs uch xil yo‘l bilan ifodalanadi: 1. Sintetik yo‘l: bordim, bording. 2. Analitik yo‘l: u borgan. 3. Analitik sintetik yo‘l; men bordim, sen borgansan. Hozirgi o‘zbek tilida shaxs-son ko‘rsatkichlarining quyidagi ko‘rinishlari mavjud: 1. Aniqlik maylining hozirgi zamon formalari va sifatdosh hamda ravishdoshning o‘tgan zamon formalaridan keyin qo‘shiladigan shaxs-son formalari.
Birlik Ko‘plik
1. shaxs – man -miz
2. shaxs – san -siz
3. shaxs – di yoki nol -dilar yoki nol (-lar)
2. Aniqlik maylining -di edi bilan yasalgan o‘tgan zamon formalari va shart mayli formasidan so‘ng qo‘shiladigan shaxs-son formalari:
Birlik Ko‘plik
1. shaxs – m -k
2. shaxs – ng -ngiz
3. shaxs – nol - (-lar)
3. Buyruk – istak maylidan so‘ng qo‘shiladigan shaxs-son ko‘rsatkichlari:
Birlik Ko‘plik
1. shaxs – ay -aylik
2. shaxs – nol yoki gin -ing, ingiz
3. shaxs – sin - sin(-lar), ishsin
Ikkinchi tuslanish affikslari shaklan egalik affiksilariga o‘xshaydi: oldim, olding; bolam, bolang kabi. Lekin bularning biri fe'lga qo‘shilib, bajaruvchi shaxsga munosabatini bildirsa, ikkinchisi otga qo‘shilib predmetning tegishli, qarashli ekanligini ko‘rsatadi.



Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin