harakatining o‘zidan aniqlash mushkul. Shu bois, masalan, qabul qilingan
muayyan qonun, saylov natijalari va shu kabilar haqida xulosa chiqarishga
shoshilmaslik kerak.
Ikkinchidan, inkorni-inkor rivojlanish shaklining tavsifi bo‘lib xizmat qiladi
.
Ma’lumki, Gegelning dialektika tizimida rivojlanish mantiqiy ziddiyatning yuzaga
kelishi va uning bartaraf etilishi sifatida tavsiflanadi. Bu jarayon «tezis – antitezis –
sintez» formulasiga muvofiq yuz beradi. Dialektika kontekstida rivojlanishning
uch bosqichi ijtimoiy va tabiiy tizimlar rivojlanishining ko‘p sonli ssenariylaridan
biri sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo Gegel qayd etgan rivojlanishning siklliligi,
uning chiziqsizligi tabiat va jamiyatda jarayonlar kechishining ancha keng
tarqalgan shakli hisoblanadi.
Uchinchidan, tabiiy va ijtimoiy sikllarda rivojlanish ham, tanazzul ham
bo‘lmasligi mumkin: o‘zgarish aylanma harakat qiladi. Inkorni-inkorda
rivojlanish quyi bosqichining o‘ziga xos xususiyatlari yuqoriroq bosqichda
takrorlanishi yuz beradi.
Avvalgi holatlarga qaytish imkoniyati, ya’ni o‘tilgan
holatlarning ayrim xossalari rivojlanishning yuqoriroq bosqichida takrorlanishi
bilish va tarixning rivojlanishini tushunish uchun o‘z ahamiyatini saqlab qoladi.
Demak, inkor rivojlanishni yangi sifat paydo bo‘lishiga olib keladigan aniq
yo‘naltirilgan, qaytmas o‘zgarish sifatida tavsiflanadi.
Shaklan rivojlanish
bir chiziqli ham, aylanma ham emas, balki rang-barangroq va
murakkabroq, chunonchi: bir chiziqli va ko‘p chiziqli, to‘g‘ri chiziqli va
zigzagsimon, umumiy va xususiy, uyg‘un va nouyg‘undir
.
Yo‘nalish jihatidan rivojlanish
progressiv va regressiv bo‘lishi mumkin.
Rivojlanish tizim ayrim elementlarining tanazzuli bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Butun tizim tanazzulga uchrashi, uning ayrim elementlari esa taraqqiy etishi
mumkin emas. Ob’ektga nisbatan tashqi kuchlar ta’sirida yuz berishi mumkin
bo‘lgan harakatdan farqli o‘laroq, rivojlanish o‘z-o‘zidan harakat, ichki jarayon
bo‘lib, ziddiyat, bir-birini istisno etuvchi tomonlar, tendensiyalar uning manbai
hisoblanadi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Gegel falsafasida rivojlanish tushunchasi inkor va
inkorni-inkor kategoriyalarida yoritiladi. Mazkur terminologiya mutafakkirning
mantiq tizimi negiziga aylantirilgan ob’ektiv-idealistik falsafasi kontekstida
tasodifiy bir hol emas. Avval «inkor» kategoriyasining mazmunini aniqlaymiz.
Inkor nima? Unga ikki xil – metafizik va dialektik munosabat mavjud.
Metafizik «inkor» asosiy e’tiborni eskining yo‘q bo‘lishiga qaratadi, yangining
saqlanishi va uni yaratish jarayonlarini deyarli e’tiborga olmaydi.
Shunday qilib,
metafizik inkor - inkor qilish rad etish, yo‘q qilishni anglatadi.
Dialektik inkor eski sifatdan yangi sifatga o‘tish bo‘lib, bunda eski sifatning
muayyan tomonlari, mazmuni va funksiyasining elementlari o‘zgargan ko‘rinishda
yangi sifatga o‘tadi.
Dialektik inkor – bu narsani butunlay yo‘q qilish emas, balki
eski sifatning ba’zi bir jihatlarini saqlagan va o‘zgartirgan holda uni yangi narsaga
aylantirishdir. U yangi va eski sifat o‘rtasida aloqa mavjudligidan dalolat beradi.
Dialektik inkor uch muhim jihat bilan tavsiflanadi:
1) eskini vayron qilish, buzish;
2) eskining elementlarini saqlash (vorisiylik);