3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja



Yüklə 185,82 Kb.
səhifə12/35
tarix19.10.2023
ölçüsü185,82 Kb.
#157345
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja-hozir

Xulosalar. 
Dialektika
rivojlanish
falsafasining
puxta
ishlab
chiqilgan
konsepsiyasidir. Hodisalar rivojlanishining umumiy nazariyasi sifatida u
rivojlanishning mohiyatini anglab etishga yo‘l ochadi, tabiat, jamiyat va
tafakkurdagi real jarayonlarni ular amalda qanday bo‘lsa, shunday aks ettiradi.
Dialektika narsalar va hodisalarni o‘rganishga ularning vujudga kelishi, harakati va
rivojlanishi nuqtai nazaridan yondashadi, shu sababli u ob’ektiv jarayonlarni
konkret, har tomonlama o‘rganishga yo‘l ko‘rsatadi.
Dialektika bilan bir qatorda rivojlanishning metafizik konsepsiyasi, sofistika,
eklektika, ekzistensial dialektika, sinergetika va boshqa konsepsiyalar mavjud.
Ayrim falsafiy maktablar dialektikani sxolastika sifatida rad etadi. Bu dialektika
yanada chuqurroq o‘rganish va anglab etishni talab qilishini anglatadi.
Dialektika qonunlari ob’ektiv dunyoning eng muhim aloqalari va munosabatlarini
aks ettiradi. Ular birlikda va o‘zaro aloqada amal qilib, murakkab serqirra jarayon
– ob’ektiv borliqning rivojlanishini tavsiflaydi.
Dialektika qonunlarining amal qilish mexanizmini chuqur bilish va ulardan
mohirona foydalanish yanglishish va xatolardan qutqaradi, kishilarning amaliy
faoliyatiga yanada izchilroq va samaraliroq tus beradi.
3. Falsafa tarixida kategoriyalarga turli munosabatlar. 

Sharq an’anasida ham, qadimgi Yunonistonda ham dialektika kategoriyalarining


juftli xususiyati va ularning ziddiyatli munosabatlarini anglashga harakat qilingan.
Dialektika kategoriyalariga xos bo‘lgan qarama-qarshiliklar birligini tushuntirishga
urinishlar jarayonida fikrlash va borliqning qarama-qarshiliklarini birlashtiruvchi
yagona asosni topish yo‘lida izlanishlar olib borilgan. Mazkur yondashuv
natijasida dialektika kategoriyalari umumiy va fundamental xususiyat kasb etib
borgan.
Dialektika kategoriyalarini tizimga solish va formal-mantiqiy fikrlashning umumiy
qonunlarini ishlab chiqishga ilk urinish Aristotel ijodi bilan bog‘liq. Falsafa
tarixida Aristotel antik falsafani tizimga soluvchisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Uning «Organon» asari ishonchli, haqiqiy bilim olish vositasi sifatida qaralgan.
(«Organon» - lot. orqanum - qurol, asbob, Aristotel mantiqiy asarlarining umumiy
nomi.) Bu asarda Aristotel, xususan, formal-mantiqiy qonunni ta’riflagan bo‘lib,
unga muvofiq haqqoniy fikrlash ziddiyatsiz fikrlash demakdir. Ammo
«Metafizika» asarida (lot. metaphisica – butun borliqning ilk asoslari haqidagi
ta’limot) Aristotel olamning umumiy asoslariga tavsif berishga harakat qiladi va
falsafiy kategoriyalar materiya, shakl, sabab, zaruriyat kabilar haqida so‘z yuritadi
va bu kategoriyalarga ularning ichki qarama-qarshiliklarini tushunishni nazarda
tutuvchi ontologik ma’no yuklaydi. Bundan fikrdagi ziddiyat u yanglish
ekanligining bosh belgisi, borliqning ziddiyatliligi haqidagi ta’limot esa – u
haqqoniy ekanligining bosh belgisi, degan xulosa kelib chiqadi. Biroq borliq
ziddiyatlari haqidagi fikr qanday qilib ziddiyatlardan xoli bo‘lishi mumkin?
Hamonki u borliqning ziddiyatliligiga ishora qilmas ekan, u qanday qilib haqqoniy
bo‘lishi mumkin? Shu tariqa falsafiy kategoriyalar va formal mantiq kategoriyalari
o‘rtasida farq yuzaga keladi. Keyinchalik bu farq formal va dialektik mantiq



o‘rtasidagi ziddiyatga aylanadi. Formal mantiq biz qanday fikrlashimiz lozimligini


ko‘rsatib, normativ funksiyani bajarish uchun mo‘ljallangan fikrlash qonunlari
bilan cheklanadi. Dialektik mantiq ham fikrlash va bilish metodlariga qo‘yiladigan
talablari bajarilishi lozimligini ko‘rsatadi, biroq ayni vaqtda u dialektik mantiq
qonunlari nafaqat bizning tafakkurimizda, balki narsalarning o‘z tabiatida ham
amal qiladi, degan fikrga asoslanadi.

Yüklə 185,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin