3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja


Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi



Yüklə 185,82 Kb.
səhifə15/35
tarix19.10.2023
ölçüsü185,82 Kb.
#157345
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja-hozir

Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi. 
Kategoriya nima? Bu savolga javob
berish uchun biz qanday fikrlashimiz va o‘z fikrlarimizni boshqa odamlarga
qanday etkazishimizni ko‘rib chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar va
mushohadalar ko‘rinishida fikrlaymiz. Fikrlash jarayonining asosiy materiali
tushunchalar bo‘lib, predmetlar o‘z umumiy va muhim belgilarida ular orqali
fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqea va hodisalar ma’nosini anglaymiz,
ularning o‘zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish
o‘zakdosh so‘zlardir, shu sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli
munosabatimiz inson ixtiyorida mavjud bo‘lgan tushunchalar apparati bilan
belgilanadi. Biz o‘z fikrlarimizni so‘zlar yordamida ifodalaymiz.
So‘z – fikr va 
dunyo o‘rtasidagi vositachi
. U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga
etkazish vositasi hisoblanadi. So‘z boyligimiz qancha katta bo‘lsa, bizning dunyoni
anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo‘ladi. Ob’ektiv borliqni
aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining
muayyan majmuini, tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi.
Tushuncha – bu 
shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari va 
tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so‘z bilan ifodalanadi
. Masalan, «talaba»,
«universitet», «auditoriya» so‘zlari muayyan darajada umumiy va abstraktdir.
Ammo shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy emas, balki
o‘ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori
darajadagi mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) mahsuli hisoblanadi.
Mana bunday mavhumlashtirishning taxminiy yo‘li: «bu atirgul» («bu» so‘zi bilan
aniq belgilangan); «atirgul» (bu erda «bu» ishorasi mavhumlashtirilgan); «atirgul»
so‘zi «bu atirgul» iborasidagidan umumiyroq narsani qayd etadi. Shundan so‘ng bu



iboraga «gul» so‘zini qo‘shamiz va u amalda mavjud barcha gullarni qamrab oladi.


Shunday qilib biz gullarning muayyan rang-barangligidan fikran uzoqlashamiz,
chunki e’tibor barcha gullarda mavjud bo‘lgan umumiy jihatga qaratiladi.
«O‘simlik» so‘zi butun o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga oladi va yanada kengroq
abstraksiya hisoblanadi. Mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) yo‘lida
harakatni davom ettiramiz. Bu yo‘lda «tirik» tushunchasi yanada umumiyroq
bo‘ladi, chunki o‘simliklar dunyosinigina emas, balki hayvonot dunyosini ham o‘z
ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi mavhumlashtirishning yanada yuqoriroq
darajasida turadi. Bunday tushunchalar kategoriyalar (yunon. – asos, umumiy
baho) deb ataladi.
Fikr bizning dunyo bilan o‘zaro aloqa qilish tajribamizni u yoki bu darajada
umumlashtiradi. Dunyo o‘z xossalari, narsalari va munosabatlarining rang-
barangligi jihatidan cheksiz darajada boydir. Bizning so‘z boyligimiz o‘zimiz
yashayotgan dunyodan qashshoqroqdir. Fanda yangi kashf etilgan hodisalarni
ifodalash uchun mos keladigan atamani topish zaruriyati tez-tez yuzaga kelishi
tasodifiy hol emas. Bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimizni ifodalovchi
so‘zlarning ma’no boyligi qancha aniq bo‘lsa, tafakkurimiz shuncha teranroq
bo‘ladi, bizning tushunchalar apparatimiz qancha keng bo‘lsa, fikrlash
qobiliyatimiz shuncha teranroq bo‘ladi.
Har qanday tushuncha muayyan narsalar va hodisalarning jamuljam ifodasi
hisoblanadi. Ammo uning hajmi, ya’ni unda fikrlangan narsalar va hodisalar
miqdori har xil bo‘ladi. Masalan, har qanday xalqning tarixan vujudga kelgan tilida
odamlar kundalik hayoti va faoliyatining tajribasi qayd etiladigan va anglab
etiladigan tushunchalar mavjuddir. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi tabiiy til
so‘z boyligining kengayishi va boyishiga turtki beradi. Fan va falsafaning
rivojlanishi alohida maqomga ega bo‘lgan va bilish jarayonida maxsus
funksiyalarni bajaradigan tushunchalar shakllanishiga olib keldi. Bu tushunchalar
kategoriyalar deb nomlandi.

Yüklə 185,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin