3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja



Yüklə 185,82 Kb.
səhifə17/35
tarix19.10.2023
ölçüsü185,82 Kb.
#157345
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja-hozir

Umumiylik, 
yakkalik, 
xususiylik

kategoriyalari 
borliq 
narsalari 
va 
hodisalarining nisbatan mustaqilligi, ularning rang-barangligi va birligi in’ikosi
hisoblanadi.
Kundalik hayotda biz «yakka», «xususiy», «umumiy» tushunchalarini ko‘p
ishlatamiz va ularning mazmuni bizga ba’zan oydek ravshan bo‘lib tuyuladi.
Ammo mazkur tushunchalar bilan ifodalanadigan predmet yoki predmetlar



turkumini topishga harakat qilganimiz zahoti katta qiyinchiliklarga duch kelamiz.


Masalan unga ikkita bolaning suhbatini asos bo‘lishi mumkin:
- Umringda hech qushni ko‘rganmisan?
- Ha, ko‘rganman. Mana u (kanareykaga ishora qiladi).
- E, bu qush emas, kanareyka-ku. Kanareykani ham sen hech qachon
ko‘rmagansan. Sen faqat bitta kanareykani, bizning kanareykamizni ko‘rgansan.
Sog‘lom fikr kanareykada qushni ko‘rgan bola u hech qachon qushni ko‘rmaganini
aytayotgan boladan ko‘proq haq ekanligidan dalolat beradi. Ammo umuman qush,
meva, daraxtini ko‘rganini kim uzil-kesil qayd eta oladi? Biz bu qush, bu daraxt,
bu mevani o‘z tajribamizda ko‘rganimiz hech qanday shubha uyg‘otmaydi.
Umumiy tushunchalar amalda ob’ektiv mazmunga ega yoki ega emasligi falsafa
tarixida qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lgan. Umumiy tushunchalar tabiati
masalasi atrofida bahs o‘rta asrlardan beri davom etib keladi. Umumiy
tushunchalar amalda mavjudmi? Nima haqiqiy borliq hisoblanadi – yakkalikmi
yoki umumiylikmi? Umumiylik va yakkalik munosabati hodisalar xossalarining
emas, balki hodisalarning munosabati sifatida qaraladigan darsliklarga hozir ham
duch kelish mumkin. Xo‘sh, bugungi kunda falsafada mazkur masala qanday
echilmoqda?
Yakkalik
– faqat mazkur ob’ektga xos bo‘lgan xossalarni ifodalovchi kategoriya. 
Yakkalik ayrim narsalar nisbatan mustaqil mavjudligini ham, mazkur narsaning bu
nisbatan mustaqilligi, diskretligi, alohidaligi natijasida yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan individual betakror belgilarni ham qayd etadi.

Yüklə 185,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin