3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja



Yüklə 185,82 Kb.
səhifə19/35
tarix19.10.2023
ölçüsü185,82 Kb.
#157345
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja-hozir

Xususiylik
tushunchasi zikr etilgan kategoriyalar mazmunini ochib beruvchi
asosiy tushunchadir. Xususiylik – «narsa» tushunchasining sinonimi, ya’ni
borliqning nisbatan mustaqil, sifat jihatidan muayyan parchasi. U xossalar
to‘plamiga ega. «Xususiylik» yakkalik va umumiylik o‘rtasidagi oraliq kategoriya
hisoblanadi.
Xususiylik – yakkaga nisbatan umumiy bo‘lgan va umumiyga nisbatan 
yakka bo‘lgan narsa yoki hodisa
. Masalan: modda (qonun moddasi) – yakka;
qonun – xususiy; huquq - umumiy. «Qonun» tushunchasi «modda» tushunchasiga
nisbatan umumiydir. O‘z navbatida «qonun» tushunchasi «huquq» tushunchasiga
nisbatan yakkalikni aks ettiradi.
Yakkalik, umumiylik va xususiylik kategoriyalari bilish jarayonida uning tayanch
nuqtalari, bilimsizlikdan bilim sari bosqich rolini o‘ynaydi.
Mohiyat va hodisa.
Bu kategoriyalar bilishning turli bosqichlarini belgilaydi va
ularning har biri ob’ektni anglab etishning o‘ziga xos darajasini aks ettiradi.
Mohiyat
ob’ektiv borliqning ichki, nisbatan yashirin va barqaror tomonini 
ifodalash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u narsaning, jarayonning tabiatini va 
ularga xos bo‘lgan qonuniyatlarini belgilaydi. 
Hodisa –
bu narsada, jarayonda 
qarshimizda bevosita namoyon bo‘luvchi xossalar, tomonlar yig‘indisini ifodalash 
uchun mo‘ljallangan kategoriya. 
Hozirgi falsafiy adabiyotlarda mohiyat predmet borlig‘i barcha rang-barang va
qarama-qarshi shakllarining barqaror birligidan iborat bo‘lgan predmetning ichki
mazmuni sifatida tavsiflanadi. Mohiyat har qanday sistemaning asosiy jihatlari va
tendensiyalarini belgilovchi teran aloqalar, munosabatlar, xossalar va ichki



qonunlar majmuidir. Muayyan mohiyatsiz jism, jarayon bo‘lmaganidek, muayyan


hodisada o‘z ifodasini topmagan mohiyat ham bo‘lishi mumkin emas.
Falsafada hodisaning ikki ma’nosi shakllangan. Birinchidan, hodisa
voqea, tabiat 
va jamiyatdagi jarayonladir. U mazkur jarayonlar bizning ongimiz, idrokimizda 
aks etishini anglatadi
. Masalan, momaqaldiroq, kamalak, qor yog‘ishi, suv
toshishi, er qimirlashi, vulqon otilishi – bularning barchasi tabiat hodisalaridir.
Inson tabiat hodisalarini tushunish, tushuntirishga harakat qilgan va ularning o‘z
ongidagi in’ikosi bilan amaldagi ifodasi o‘rtasida muayyan farq mavjudligini
aniqlagan. Tabiat hodisalarini ularning inson birinchi navbatda idrok etadigan va
pirovard natijada uni aldaydigan yuzaki, o‘zgaruvchan jihatlari tavsiflaydi. Shu
tariqa hodisa kategoriyasining mohiyatning ziddi sifatidagi falsafiy ma’nosiga ega
bo‘ladi.
Ikkinchidan hodisa
– mohiyatni aniqlash usuli.
U, odatda, narsalar o‘zaro ta’sirga
kirishganida, mohiyat o‘zini namoyon etishi natijasida yuz beradi. Narsa qanday
bo‘lsa, ko‘rsatilgan aloqalar va o‘zaro ta’sirlar xususiyati ham shunday bo‘ladi.
Masalan, yirtqich hayvon uni o‘txo‘r hayvonga aylantirishga qancha urinmasinlar,
baribir yirtqich bo‘lib qoladi. Ammo u qanday muhitda va o‘z ishtahasining qaysi
potensial qurboni bilan to‘qnash kelishiga qarab, uning xulq-atvori o‘zgaradi. Ayni
shu sababli hodisa narsaning mohiyatini, uning muayyan ichki va muhim xossasini
u yoki bu tarzda namoyon etadi.
Haqiqiylik mezoniga javob beruvchi bilimni olish bilishning muhim vazifasidir.
Bunday bilim o‘rganilayotgan narsaning mohiyatiga kirish demakdir. Mohiyatni
bilish rivojlanishning asosiy jihatlari va tendensiyalarini belgilaydigan teran
aloqalar, munosabatlar va qonunlarni aniqlashni nazarda tutadi. Tabiatning
mohiyati cheksiz-chegarasiz bo‘lgani bois, uni bilish jarayoni ham cheksizdir.
Mohiyat tushunchasi bilishni to‘liq, mukammal bilimga erishishga yo‘naltiruvchi
tartibga solish tamoyili ahamiyatiga egadir. Hodisa tushunchasi mohiyatni bilish
usulini ko‘rsatadi va shu boisdan metodologik ahamiyat kasb etadi.
O‘rganilayotgan ob’ekt o‘zi uchun g‘ayritabiiy shart-sharoitlarga solinadigan ilmiy
eksperiment butunlay yangi hodisalarni qayd etish va shu tariqa o‘z shakllanishi va
faoliyatining ilgari noma’lum bo‘lgan qonunlarini kashf etishi tasodifiy bir hol
emas.

Yüklə 185,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin