hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida u ham yakkalik, ham umumiylikdir. Har qanday
umumiylik ayrim narsa, hodisaning tarkibiy qismi, elementi hisoblanadi, chunki u
ayrim narsa yoki hodisani to‘liq emas, balki bir yoqlama – narsalarda mavjud
ayniy jihatlarni aks ettiradi. Yakkalik o‘z mohiyatiga ko‘ra mavhum hisoblangan
umumiylikdan boyroqdir. Ammo
umumiylik narsaning mazmuni, mohiyatini
chuqurroq yoritadi
O‘rta asrlar falsafasida umumiy tushunchalar tabiati haqidagi masala atrofidagi
bahs uning ishtirokchilari realistlar va nominalistlarga bo‘linishiga olib keldi.
Realistlar umumiylikni
yakkalikdan ajratib, umumiylikni mustaqil holda mavjud
hodisa sifatida, narsalar paydo bo‘lgunga qadar – narsalarning (Xudo aqlidagi) ilk
timsoli sifatida, narsalarda – Xudoning ro‘yobga chiqarilgan g‘oyasi sifatida talqin
qilganlar. Shunday qilib, realistlar fikricha umumiylik narsalarga qadar, narsalarda
va narsalardan keyin narsaning muayyan g‘oyasi sifatida mavjud bo‘ladi.
Nominalistlar esa, aksincha, faqat
yakka narsalar amalda mavjud, umumiy
tushunchalar esa, ayrim narsalarning nomlari, xolos, deb hisoblaganlar.
Mazkur
tasavvurlar aks sadosiga bugungi kunda ham, masalan, umumiylik ob’ektlar
to‘plami bilan, yakkalik esa – bitta predmet bilan tenglashtirilgan holda duch
kelish mumkin. Amalda umumiylik va yakkalik kategoriyalari ob’ektlarni emas,
balki ularning xususiylik tomonlari sifatida birgalikda mavjud bo‘lgan xossalarini
aks ettiradi. Umumiylik va yakkalikning birligi o‘ziga xosdir, chunki ularning har
bir ob’ektdagi ko‘rinishi, uyg‘unligi, birining ikkinchisidan ustunligi betakrordir.
Shu sababli har bir ayrim hodisa, narsa – xususiydir.
Dostları ilə paylaş: