9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə32/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Chuqurligi, sm

Gumus foiz

Suvli so‘rimning rN

Umumiy tarkibi, quruq tuproqqa nisbatan, foiz

SiO2

R2O3

CaO

MgO

0-8
13-26
35-45
53-64
140-160

5,99
5,20
4,77
1,45
0,51

4,2
4,7
4,5
4,4
4,4

35,92
35,34
35,62
35,06
32,62

48,79
45,57
45,57
49,12
49,52

0,65
0,53
0,43
0,51
0,46

0,95
1,22
1,24
1,39
2,41



Sariq tuproqlar-sariq tuproqlar ham qizil tuproqlar singari iliq iqlimli nam subtropiklar sharoitida hosil bo‘ladi. Qizil tuproqlarga nisbatan sariq tuproqlarda kremnezyomning ko‘pligi (55-65 foiz) va oksidlarning keskin kamayishi (25-30 foiz) bilan xarakterli. Shu sababli sariq tuproqlar qizil tuproqlar kabi yorqin tusga ega emas. Sariq tuproqlarda podzollanish belgilari bo‘lganligidan, uning profili aniq ajralib turadigan gorizontlarga bo‘lingan. Tuproq gorizontlarining umumiy qalinligi 30-40 sm dan 60-70 sm gacha.. Unda quyidagi gorizontlar ajratiladi:A0-o‘rmon to‘shamasi(3-4 sm), A1 gumusli gorizont, och bo‘zg‘ish, uvoqli yoki uvoqli yong‘oqsimon, og‘ir qumoqli va zichlangan; A2-noaniq podzollashgan gorizont, qo‘ng‘ir bo‘zg‘ish, sariq-malla tusli, strukturasi uncha yaxshi ifodalanmagan, qumoq zichlangan , V – illyuvial gorizont och sariq, temir-marganes dog‘lari bor, uvoqli-prizmatik strukturali, zich qumoq, S- tuproq paydo qiluvchi ona jinsi, rangi bir xil emas, ko‘pincha sarg‘ish-to‘q sariq, temir-marganes konkresiyalari aralashgan.
Sariq tuproqlarning umumiy kimyoviy tarkibida qizil tuproqlarga nisbatan SiO2 ko‘p (64-66 foiz)bo‘lishi xarakterli. Sariq tuproqda gumus 4-5, ba’zan 10 foizga qadar, azot 0,2-0,4 foiz bo‘ladi. Tuproqning pastki qatlamlarida gumus va azot miqdori keskin kamayadi. Singdirilgan asoslar tarkibida kalsiy ko‘p (singdirish sig‘imiga nisbatan 60-80 foiz), magniy va vodorod ham ishtirok etadi . Tuproq eritmasining reaksiyasi kuchsiz kislotali (pH 5-6). Sariq tuproqning fizik xossalari qizil tuproqlarga nisbatan ancha yomon. Ayniqsa, podzollashgan sariq va podzollashgan sariq gleyli tuproqlarning unumdorligi juda past.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin