A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

9.7. Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi
Tovar-moddiy zaxiralaming haqiqatda mavjudligini aniqlash
ulaming sotish sof qiymatini tasdiqlash va ulam ing but saqlanishini 
nazorat qilish maqsadida tashkilotlar tomonidan vaqti-vaqti bilan, lekin 
yilda kamida bir marotaba tovar-moddiy zaxiralami inventarlash 
o ‘tkaziladi.
Tovar-moddiy zaxiralami inventarlash 19-son buxgalteriya hisobi 
milliy standard “Inventarlashni tashkil etish va o ‘tkazish” bilan 
belgilangan tartibda o ‘tkaziladi.
280


Inventarizatsiya o ‘tkazilishi tartibiga ko‘ra, rejali va rejasiz bo ‘lishi 
mumkin.
Nazorat 
organining 
nazorat-tafitish 
ishlari 
rejasiga 
asosan 
o ‘tkaziladigan inventarizatsiya rejali inventarizatsiya deb ataladi. 
Inventarizatsiyaning bu turi korxonalar va xo‘jaliklararo tashkilotlar 
taftish komissiyalari ish faoliyatida keng tarqalgan boMib, ko‘p hollarda 
maxsus (shtatdagi) nazoratchilaming tekshirish o ‘tkazish rejalariga ham 
kiritiladi. Rejali inventarizatsiya buxgalteriya hisob tizimida muhim 
o ‘rin tutadi. Maxsus qarorga k o ‘ra, har bir xo‘jalik mablag‘lari va 
moddiy boyliklari turi bo‘yicha m a’lum bir vaqt ichida inventarizatsiya 
o ‘tkazib turilishi kerak.
Quyidagi holatlarda inventarizatsiya muddatidan oldin o ‘tkazilishi
shart:
> korxona mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, shuningdek 
davlat korxonasini aksiyadorlik jam iyatiga aylantirish chog‘ida;
> tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda;
> moddiy javobgar shaxs o ‘zgarganida;
> talon-taroj 
qilish 
yoki 
suiiste’mol 
qilish, 
shuningdek 
boyliklaming buzilishi bilan bog‘liq faktlar aniqlanganda;
> yong‘in yoki tabiiy ofatlar sodir boMganda;
> korxona tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va 
boshqa hollarda.
Tekshirish k o iam ig a ko‘ra inventarizatsiya yoppasiga yoki tanlab 
o ‘tkaziladigan, o'tkazish vaqti b o ‘yicha rejalashtirilgan yoki to‘satdan 
o ‘tkaziladigan inventarizatsiyalarga bo ‘linishi mumkin.
Inventarlash 
natijasida 
aniqlangan 
tovar-moddiy 
zaxiralar 
kamomadi summasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda tabiiy 
yo‘qolish m e’yorlari chegarasida, shuningdek kamomadning aniq 
aybdorlari aniqlanmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirish 
imkoniyati bo ‘lmagan hollarda, uni m oliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga
281


hisobdan chiqarish to ‘g ‘risidagi qaror qabul qilingan hisobot davridagi 
moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga kiritiladi.
Inventarizatsiya - TMZning haqiqatda mavjudligini aniqlash, 
ulaming sotish sof qiymatini tasdiqlash va ulaming but saqlanishini 
nazoratini ta ’minlab beruvchi jarayondir48.
Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizatsiya qilish bir yilda 
kamida bir marta moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin, lekin hisobot 
yilining 1 oktyabridan keyin amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralarining 
kamomadi haqiqiy (balans) qiymati bo ‘yicha hisobdan chiqariladi va 
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 5910 “Kamomadlar va qiymatliklaming buzilishidan 
y o ‘qotishlar” schyoti;
Kredit “Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar” 
(1000-2900).
Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan 
olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-moddiy 
zaxiralarining bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan tovar- 
moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan yuqori b o ‘lsa, 
daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 4730 “M oddiy zarami qoplash bo ‘yicha xodimlam ing qarzi” 
schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim 
bo‘lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymatiga;
Kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklaming buzilishidan 
yo'qotishlar” schyoti
- kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) 
qiymatiga; Kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” 
schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim 
bo‘lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati va kam
48 Financial and m anagerial accounting, 12e, Carl S.W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.D uchac, 312-page, 2014
282


chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy balans qiymati o ‘rtasidagi 
farqiga.
Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan 
olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-moddiy 
zaxiralarining bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan tovar- 
moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan past b o ‘lsa, k o‘rilgan 
zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 4730 “Moddiy zarami qoplash b o ‘yicha xodimlaming qarzi” 
schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim 
bo‘lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymatiga;
Debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti - aybdor shaxs 
yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim b o ‘lgan kam chiqqan 
tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati va kam chiqqan tovar- 
moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymati o ‘rtasidagi farqiga;
Kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklaming buzilishidan 
yo‘qotishlar” schyoti - kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy 
(balans) qiymatiga.
Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar 
shaxslardan undirib olish imkoni bo ‘lmagan hollarda, kam chiqqan 
tovar-moddiy zaxiralarining kamomadidan k o ‘rilgan zarar moliyaviy 
natijalarga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks 
ettiriladi:
Debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
Kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklaming buzilishidan 
y o ‘qotishlar” schyoti.
Inventarizatsiya 
jarayonida 
aniqlangan 
hisobga 
olinmagan 
(ortiqcha) tovar-moddiy zaxiralari aniqlangan sanadagi aynan shunga 
o ‘xshash 
tovar-moddiy 
zaxiralarining 
bozor 
qiymati 
bo‘yicha 
baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik 
aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
283


Debet “Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar”; 
Kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti.
Aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan kamomad 
summaning undirib olinishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks 
ettiriladi:
Debet “Pul m ablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar” (5000, 5200, 
5600,5700) yoki “M ehnat haqi bo ‘yicha xodim bilan hisoblashishlami 
hisobga oluvchi schyotlar” (6700), yoki boshqa aktivlami hisobga 
oluvchi schyotlar;
Kredit 4730 “Moddiy zarami qoplash bo‘yicha xodimlaming 
qarzi” schyoti.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin