A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Qimmatli qog‘oz!ar sotilishini hisobga olish



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

Qimmatli qog‘oz!ar sotilishini hisobga olish

X o‘jaIik operatsiyalarining mazmuni
Summa Debet Kredit
1 Qimmatli qog‘ozlami sotishdan 
olingan daromad aks ettirildi
540000
4010
9220
2 Sotilgan qimmatli qog‘ozlaming 
balans qiymati hisobdan chiqarildi
500000
9220
0610
3 Qimmatli qog‘ozlami sotishdan 
moliyaviy natija aks ettirildi
40000
9220
9320
Qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli 
qog‘ozlar) bilan operatsiyalar, shuningdek yuridik va jism oniy shaxslar, 
shu jum ladan depozitariy-korrespondentlar qimmatli qog‘ozlari depo 
schyotlarini ochish va yuritish QQSdan ozod qilingan.
10.4. Qisqa muddatli investitsiyalar hisobi
Korxonaning boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlariga qilingan 
qisqa muddatli (bir yil muddatdan ko ‘p bo ‘lmagan) investitsiyalari 
(qo‘yilmalar) 
davlat 
qarzlarining 
foizli 
obligatsiyalari, 
boshqa 
korxonalarga berilgan qarzlar va boshqalaming naqdligi va harakati 
to ‘g ‘risidagi axborotlami umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga 
oshiriladi:
5810 “Qimmatli qog‘ozlar”;
5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”;
298


5890 “Boshqa joriy investitsiyalar”.
5810“Qimmatli 
qog‘ozlar” 
schyotida 
aksiyalarga, 
davlat 
qarzlarining foizli obligatsiyalariga va boshqa qimmatli qog‘ozlariga 
qo‘yilgan qisqa muddatli investitsiyalaming mavjudligi va harakati 
hisobga olinadi.
Obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar 5810 “Qimmatli 
qog‘ozlar” schyotiga sotib olish qiymatida kirim qilinadi.
Korxonada aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlaming 
sotib olinishi 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotining debetida va pul 
m ablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar va agar qimmatli qog‘ozlar 
uchun to ‘lov moddiy yoki boshqa qiymatliklar (pul mablag‘laridan 
tashqari) orqali amalga oshirilsa, moddiy va boshqa qiymatliklaming 
sotilishini hisobga oluvchi schyotlaming kreditida hisobga olinadi.
Agar sotib olingan obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlaming 
sotib olish bahosi ulam ing nominal qiymatidan farq qilsa, u holda sotib 
olish va nominal qiymati o ‘rtasidagi farqni shunday hisobdan chiqarish 
yoki q o ‘shimcha hisoblanishi kerakki, 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” 
schyotida hisobga olingan qimmatli qog‘ozlaming bahosi ulami qoplash 
davrida nominal qiymatiga muvofiq b o ‘lishi lozim. Sotib olish va 
nominal qiymati o ‘rtasidagi farq qoplanadigan vaqtgacha b o ‘lgan davrda 
5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotining debeti (qo‘shimcha hisoblash)da 
yoki krediti (hisobdan chiqarish)da, 9590 “Moliyaviy faoliyatning 
boshqa daromadlari” yoki 9690 “M oliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa 
xarajatlar” schyotlari bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotida hisobga olingan obligatsiya 
va boshqa qimmatli qog‘ozlaming qoplanishi pul mablag‘larini hisobga 
oluvchi schyotlaming debeti va 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotining 
kreditida aks ettiriladi.
5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotida korxonaning 
boshqa korxonalarga qisqa muddatga bergan pulli va boshqa 
qarzlarining harakati hisobga olinadi.
2 9 9


Berilgan qarzlar 5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotining 
debetida pul mablagMarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogMangan 
holda aks ettiriladi. Qarzlaming qaytarilishi pul mablagMarini hisobga 
oluvchi schyotlaming debeti va 5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” 
schyotining kreditida aks ettiriladi.
5890 “Boshqa joriy investitsiyalar” schyotida korxonalaming bank 
va boshqa omonatlarga so ‘mda va chet el valyutasidagi qo‘yilmalarining 
harakati hisobga olinadi.
Omonatlarga pul mablagMarining o ‘tkazilishi korxonalarda 5890 
“Boshqa joriy investitsiyalar” schyotining debetida pul mablagMarini 
hisobga oluvchi schyotlar bilan bogMangan holda aks ettiriladi. Hisobda 
bank tomonidan omonatlar summasi qaytarilganda korxonada teskari 
yozuv amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli investitsiyalami hisobga oluvchi schyotlar (5800) 
bo‘yicha analitik hisob qisqa muddatli investitsiyalaming turlari va 
ushbu q o ‘yilmalar amalga oshirilgan obyektlar (qimmatli qog‘ozlami 
sotuvchi-korxonalar, omonatlar va hokazolar) b o ‘yicha yuritiladi.
10.6-jadval

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin