0 ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Uzoq muddatli qo‘yilmalar hisobini yuritishda qaysi m e’yoriy
hujjatlar asosida tartibga solinadi?
2. Uzoq muddatli qo ‘yilmalar deganda nimani tushunasiz?
3. Qimmatli qog‘ozlar ham uzoq muddatli qo‘yilmalar tarkibida
hisobga olinadimi?
4. Uzoq muddatli qo‘yilmalar qaysi schyotlarda hisobga olinadi?
5. Uzoq muddatli qo‘yilmalar bo ‘yicha olingan daromadlar qaysi
schyotlarda hisobga olinadi?
6. Uzoq muddatli qo‘yilmalar bo‘yicha ko‘rilgan zararlar qaysi
schyotlarda hisobga olinadi?
7. Qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha olinadigan daromad va
zararlar qanday hisobga olinadi?
8. Korxona tomonidan sotib olgan aksiyalari bo‘yicha dividend
to ‘lovlari buxgalteriya hisobida qanday hisobga olinadi?
9. Daromad sifatida olinayotgan dividend toiovlaridan soliq
undiriladimi?
10. Aksiyalaming nominal va sotish baholaridagi farqlar qaysi
schyotlarda hisobga olinadi?
314
11-BOB: ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY
AKTIVLAR HISOBI
11.1. Asosiy vositalar hisobining ahamiyati va vazifalari
Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik jarayoni nafaqat material,
mehnat va moliyaviy resurslaridan foydalanish hisobiga balki asosiy
vositalardan foydalanish hisobiga ham ta ’minlanadi. Har qanday ishlab
chiqarish jarayoni tadbirkorlik qobiliyati asosida mehnat, mehnat
vositalari
va
mehnat
buyumlarini
birlashtirilishidan
iborat.
Raqobatlashgan
bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
mamlakatimiz
iqtisodiyotining
rivojlanishida,
undagi
mehnat
vositalarining
takomillashishiga, rivojlanish va ulardan samarali foydalanish darajasiga
bevosita bog‘liqdir. Barcha ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishda
mehnat vositalari asosiy rolni o ‘ynaydi. Buxgalteriya hisobida mehnat
vositalarini asosiy vositalar deb yuritiladi.
Moliyaviy hisobotlaming xalqaro standartlari tizimida asosiy
vositalaming hisobi 16-son BHXS (IAS) “Asosiy vositalar” bilan
tartibga solinadi. Asosiy vositalami hisobi bo‘yicha moliyaviy
hisobotlaming xalqaro standartlari va 0 ‘zbekiston Respublikasining
buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risidagi m e’yoriy-huquqiy hujjatlarini tahlil
qilish va taqqoslash ularda nazarda tutilgan m e’yorlar moliyaviy
hisobotlaming xalqaro standartlari m e’yorlariga to ‘liq to ‘g ‘ri kelishini
ko‘rsatdi.
Asosiy vositalar
- quyidagilar uchun m o‘ljallangan moddiy
aktivlardir:59
a) mahsulotlami ishlab chiqarish yoki yetkazib berish, yoki
xizmatlami ko‘rsatish, yoki boshqa tomonlarga ijaraga berish, yoki
m a’muriy maqsadlarda foydalanish uchun m o‘ljallangan;
b) bir davrdan uzoqroq muddat davomida foydalanilishi kutilgan.
Asosiy vositalar ishlab chiqarishning moddiy qismining asosini
59 In te rn a tio n a l A c c o u n tin g S ta n d a rd 16 P ro p e rty , P la n t a n d E q u ip m e n t. IF R S 2 0 1 6 .
315
tashkil etadi. M ehnat qurollari sifatida foydalanishga qabul qilinib, ular
xomashyo va materiallar bilan ish kuchini birlashtirib yangi qiymat
yaratiladigan ishlab chiqarish jarayonini ishlashini ta ’minlaydi. Asosiy
vositalar ishlab chiqarish jarayonida o ‘zini moddiy shaklini saqlab
qolishi bilan tavsiflanadi.
Asosiy v o sita la r - x o ‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan uzoq (bir
yildan ortiq) m uddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot
ishlab chiqarish, ishlami bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida
yoxud m a’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalami amalga oshirish
maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan m oddiy aktivlardir60.
Asosiy vositalar - kompaniyaning uzoq muddatli mol-mulki
bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish, ishlami bajarish yoki xizmatlar
ko‘rsatish maqsadida foydalanadigan moddiy aktivlardir61.
Asosiy vositalar k o ‘p hollarda korxona aktivlarini asosiy qismini
tashkil qiladi va shuning uchun moliyaviy hisobotda uning moliyaviy
holatini k o‘rsatishda katta ahamiyatga ega b o ‘ladi. Agar korxonaga
kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch
bo‘lsa va aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo ‘lsa, asosiy vositalar
aktiv sifatida tan olinadi.
Asosiy vositalar obyektlarini tan olishning birinchi shartiga mos
kelishini aniqlashda korxona boshlang‘ich tan olish vaqtida mavjud
bo‘lgan faktlarga asoslanib kelgusida iqtisodiy foyda olinishi mumkin
bo‘lgan ehtimollik darajasini baholashi kerak. Bu korxonani olingan
aktivlarga egalik qilish, foydalanish va farmoyish berish bilan b o g iiq
kelgusidagi barcha mukofotlar o ‘ziga tegishli ekanliligiga va u ushbu
aktivga egalik qilish bilan bog‘liq barcha xavfni o ‘ziga olishiga ishonchi
komil b o ‘lishi kerakligini bildiradi. Ushbu iqtisodiy foydani olishga
yetarli ehtimoli mavjud b o iish i korxona aktivi bilan bog‘liq iqtisodiy
foydani olishi va tegishli xavfni o ‘ziga olishiga nisbatan aniqlashni talab
qiladi. Bunday aniqlash odatda iqtisodiy foyda va xavf toMiq ravishda
korxonaga o'tganda mavjud bo‘ladi. Asosiy vositalami tan olishning
yuqorida keltirilgan ikkinchi sharti amaliyotda buxgalteriya hisobini
60 5 -so n B H M S “ A s o s iy v o s ita la r ” 0 ‘z R A V 2 0 .0 1 .2 0 0 4 y. 1 2 9 9 -so n b ila n r o ‘y h a tg a o lin g a n . 3 -b an d , a-q ism i
61 F in an cial a n d m a n a g e ria l a c c o u n tin g , 12e, C a rl S .W arren , J a m e s M .R e e v e , J o n a th a n E .D u c h a c , 8 1 8 -p a g e
316
yengil qanoatlantiradi, chunki aktivni sotib olish to ‘g ‘risida guvohlik
beruvchi ayirboshlash operatsiyalari natijasida uning qiymati aniqlanadi.
Bunda, agar aktiv korxonaning o ‘zining kuchi bilan yaratilgan bo‘lsa, u
holda uning ishonchli baholanishi tashqi tomonlar bilan materiallami
xarid qilish bilan bog‘liq operatsiyalarga, ish kuchiga haq to ‘lash va
asosiy vositalami barpo etish (qurish) jarayonidagi boshqa xarajatlarga
asoslanib amalga oshirilishi mumkin.
Agar mol-mulk ishlab chiqaruvchi korxonaning omborida tayyor
mahsulot sifatida saqlanayotgan bo‘lsa, u asosiy vositalarga tegishli
bo‘lgan belgilarga javob bersa ham asosiy vositalar tarkibiga
kiritilmaydi.
Masalan,
avtomobil
zavodining
tayyor
mahsulot
omboridagi avtomobil uning tayyor mahsuloti bo‘lib hisoblanadi va
aylanma mablag‘lar tarkibida hisobga olinadi, lekin sotilgandan keyin
ular xaridorda asosiy vositalar obyekti bo‘lib hisoblanadi. Avtomobil
zavodida avtomobillar o ‘zining xo ‘jalik zamriyatlari uchun ishlatilishi
rad etilmaydi. Bu holda ular kerakli m a’muriy va hisob jarayonlari
tugagandan keyin tayyor mahsulotlardan xususiy asosiy vositalar
tarkibiga o ‘tkaziladi. Asosiy vositalar tarkibiga o ‘m atish (yirik hajmli
y ig‘ish) hali boshlanmagan yoki tugallanmagan asbob-uskunalar,
shuningdek tugallanmagan qurilish obyektlari, boshqa kapital va
moliyaviy qo‘yilmalar qo‘shilmaydi.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan
moddiy aktivlar kiritiladi:
a) bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;
b) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati 0 ‘zbekiston Respublikasida
(xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik
baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar62.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan
moddiy aktivlar kiritiladi:
a) xizmat qilish muddati - uzoq vaqt;
b) korxonaga daromad keltirishda ishtirok etish i63.
Korxona rahbari hisobot yilida buyumlami asosiy vositalar
62 5 -so n B H M S “ A so siy v o s ita la r” 0 ‘z R A V 2 0 .0 1 .2 0 0 4 y. 1 2 9 9 -so n b ila n r o ‘y h a tg a o lin g a n . 4 -b a n d , 1 -qism i
63 F in a n cia l a n d m a n a g e ria l acco u n tin g , 12e, C arl S. W a rre n , J a m e s M .R e ev e , Jo n a th a n E .D u c h a c , 8 1 8 -p a g e
317
tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini
belgilashi mumkin.
Asosiy vositalami hisobga olishda ulam i aktiv sifatida tan olingan
paytini belgilash, mazkur aktivlarga nisbatan qo‘llaniladigan ulaming
balans qiymatini va amortizatsiyani hisoblash usullarini belgilash,
shuningdek
asosiy
vositalaming
balans
qiymatidagi
boshqa
o ‘zgarishlami va ulam ing chiqib ketishi hisobiga moliyaviy natijalami
aniqlash va hisobga olish muhim yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanadi.
Shulardan kelib chiqib asosiy vositalami buxgalteriya hisobining
vazifalari qilib quyidagilami aytib o ‘tish mumkin:
- asosiy
vositalar
hisobini
0 ‘zbekiston
Respublikasining
“Buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risida”gi Qonuni, buxgalteriya hisobining
milliy standartlari va boshqa m e’yoriy hujjatlar asosida tashkil etish va
yuritish;
- aktivlami asosiy vositalar sifatida qabul qilish bilan bog‘liq
haqiqiy xarajatlami shakllantirish;
- asosiy vositalami kelib tushishi, ulam ing korxona ichida har xil
tarkibiy bo ‘linmalar (filiallar) bo'yicha harakatini ishonchli va o ‘z
vaqtida hujjatlarda rasmiylashtirish va hisobda aks ettirish;
- asosiy vositalar obyektlarini texnik ko‘rikdan o ‘tkazish va texnik
xizmat ko ‘rsatish, rekonstmksiya va modemizatsiya qilish uchun
ajratilgan m ablag‘lardan oqilona foydalanishni nazorat qilish;
- amortizatsiyani
to ‘g ‘ri
hisoblash
va
buxgalteriya
hisobi
schyotlarida aks ettirish;
- eskirgan, xo ‘jalik uchun oshiqcha b o ig a n asosiy vositalami o ‘z
vaqtida hisobdan chiqarishni ta ’minlash;
- hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo‘yicha moliyaviy
natijalami to ‘g ‘ri va o ‘z vaqtida aniqlash hamda hisobda aks ettirish;
- asosiy vositalami saqlash bilan b o g iiq (texnik ko‘rikdan o ‘tka-
zish, ishchi holatida saqlash va boshqa) haqiqiy xarajatlami aniqlash;
- buxgalteriya
hisobiga
qabul
qilingan
asosiy
vositalami
saqlanishini nazoratini ta ’minlash;
318
- ijara munosabatidagi asosiy vositalar bo‘yicha ijara to ‘lovlarini
o ‘z vaqtida rasmiylashtirish va to ‘lov amalga oshirilishini nazorat qilish;
- moliyaviy hisobotlarda ochib berish kerak bo‘lgan asosiy vosita
lar to ‘g ‘risidagi axborotlami olish.
Dostları ilə paylaş: |