A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Asosiy vositalar kirimini hisobga olish



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

11.3. Asosiy vositalar kirimini hisobga olish
11.1- jadval
Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
Schyot

Schyot nomi
Schyot
turi
0110
Y er
A
0111
Y em i obod o n lash tirish
A
0112
M oliy av iy
ijara shartnom asi 
b o ‘y ic h a olin g an aso siy
v o sita la m i o ‘zlash tirish
A
0120
B inolar, in sh o o tlar v a u zatuvchi m o slam alar
A
0130
M ash in a v a jih o z la r
A
0140
M ebel va o fis jih o z la ri
A
0150
K o m p y u ter jih o z la ri v a hiso b lash texnikasi
A
0160
T ran sp o rt v o sitalari
A
0170
Ish h a y v o n lari v a m ah su ld o r h ay v o n lar
A
0180
K o ‘p y illik ek in lar
A
0190
B o sh q a asosiy v o sitalar
A
0199
K o n serv atsiy a q ilin g an asosiy v o sitalar
A
Ushbu hisobvaraqlar aktiv bo ‘lib, ulaming debet tomonidagi saldo 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda mavjud asosiy vositalam ing dastlabki 
qiymatini 
aks 
ettiradi. 
Asosiy 
vositalami 
hisobga 
oluvchi 
hisobvaraqlaming debet tomonida ulam ing ko‘payishi, kredit tomonida 
esa kamayishi o ‘z ifodasini topadi.
Asosiy vositalami sotib olish bilan b o g iiq xarajatlar dastlab 0 820- 
“Asosiy vositalami xarid qilish” schyotining debetida yig‘iladi. Asosiy 
vositalar foydalanishga topshirilganda ulam ing summasi 0820 schyotdan 
0100-“Asosiy vositalar” guruhi schyotlariga o ‘tkaziladi.
325


Amaliyotda asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymati ulam ing ke­
lib tushish manbaidan kelib chiqib aniqlanadi. Asosiy vositalar 
korxonaga kelib tushish manbai b o iib quyidagilar hisoblanadi:68
- kapital qo‘yilm alar tugaganidan so‘ng qurilgan obyektni qabul 
qilish-topshirish;
- oldi-sotdi shartnomasi bo ‘yicha obyektni sotib olish;
- ustav kapitaliga ta ’sischi ulushi ko ‘rinishida kelib tushishi;
- ta ’sischilar 
tarkibidan 
chiqishda 
yoki 
tugatilayotgan 
tashkilotning 
mol-mulki 
uning 
ishtirokchilari 
o'rtasida 
taqsimlanayotganda ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga 
kiritilgan tashkilotning ta ’sis ulushi qaytarilishidan kelib tushishi;
- tekinga kelib tushishi (hadya shartnomasi bo‘yicha);
- ayirboshlash;
- tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o ‘tkazish;
- moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo'yicha olish;
- qiymati belgilangan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar;
- asosiy vositalam ing ortiqcha (hisobga olinmagan) obyektlarini 
aniqlash.
Korxona tomonidan asosiy vositalami xarid qilish bilan b o g iiq
tegishli xarajatlar amalga oshirilgan hollarda ulaming boshlang‘ich 
qiymati shu xarajatlar summasiga ko ‘payadi.
Xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar kiradi:
- asosiy vositalar obyektiga doir huquqni sotib olish (olish) 
munosabati bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o ‘tkazish yig ‘imlari, 
davlat bojlari va boshqa shunga o ‘xshash to‘lovlar;
- bojxona bojlari va yig‘imlari;
- asosiy vositalar obyektlarini olish (barpo qilish) munosabati 
bilan soliqlar va y ig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa);
- asosiy vositalar obyektlarini olish (barpo qilish) bilan bog‘liq 
axborot va maslahat xizmatlari uchun to ‘langan summalar;
- asosiy vositalar obyektlarini yetkazib berish (barpo qilish) 
xatarini sug‘urtalash bo ‘yicha xarajatlar;
68 Ortikov X.A. va boshqalar. 0 ‘zbekiston R esniblikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga sharhlar
to'plam i. Toshkent, “N O R M A ”, 2010 y. 267-bet.
326


- asosiy vositalar obyektini olishdagi vositachilarga to ‘lanadigan 
haqlar;
- asosiy vositalami o ‘matish, montaj qilish, sozlash va ishga 
tushirishga oid xarajatlar;
- aktivdan foydalanish maqsadi b o ‘yicha uni ishchi holatga 
keltirish bilan bevosita bogMiq boshqa xarajatlar.
Shuni alohida ta’kidlab o ‘tish joizki, xarid qilingan asosiy vo- 
sitalarga haq to ‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (bank xizmatlari), asosiy 
vositalami xarid qilish bo‘yicha shartnomalami tayyorlash, ro‘yxatdan 
o ‘tkazish va yopish bilan b o g iiq xarajatlar hamda aktivlami xarid qilish 
bilan bevosita b o g iiq bo‘lmagan boshqa xarajatlar asosiy vositalaming 
boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot 
davrida xarajatlar sifatida tan olinadi.
Misol. MChJ xo‘jalik usuli bilan ishlab chiqarish sexini quradi. 
Obyektning smeta qiymati 72000 ming so ‘m, qurilish muddati 15 oy. 
Qurilish materiallarini xarid qilish uchun korxona tomonidan 18 oyga 
30000 ming so‘m summada kredit rasmiylashtirildi. Shartnomaga ko‘ra 
asosiy qarz kredit olingan oydan keyingi oydan boshlab qaytarib 
boriladi. Kreditdan foydalanganlik uchun korxona 6800 ming so‘m 
summada foizlami to ia sh i lozim bo ‘ladi, ulardan 1200 ming so ‘m —
qurilish tugallangandan keyin to ian ad ig an foizlar.
Ishlab chiqarish sexining boshlang‘ich qiymatiga kreditdan faqat 
qurilish davridagina foydalanganlik uchun hisoblangan foizlar — 5600 
ming so‘m (6800 — 1 200) kiritiladi. 1200 ming so‘m summa moliyaviy 
faoliyat bo‘yicha xarajatlar tarkibida aks ettiriladi.
Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sotuvchi) tovami boshqa 
taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi 
esa bu tovami qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi 
(bahosi)ni toMash majburiyatini oladi.
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlami to ‘lashga doir xarajatlar 
qarzga olingan sarmoya hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan 
asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi.
327


Haq to‘lash y o‘li bilan xarid qilingan asosiy vositalaming 
boshlang‘ich qiymati shakllanishi va ulami buxgalteriya hisobida aks 
ettirish tartibini misolda ko‘rib o ‘tamiz.
11.2-jadval

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin