Qoldiq qiymat
- amortizatsiya summasini chegirilgan holda
asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymati .
Tugatish qiymati
- asosiy vositalaming chiqib ketishi bo‘yicha
kutilayotgan xarajatlami chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat
muddati oxirida asosiy vositalami tugatish chog‘ida
olinadigan
aktivlaming faraz qilinayotgan summasi. Qoida bo‘yicha ushbu
qiymatga ehtiyot qismlari, temir-tersak, chiqindi va boshqalaming
qiymati kiritiladi.
Tiklash qiymati
- asosiy vositalam i qayta baholash bilan bog‘liq
bo‘lgan qiymati67.
Asosiy vositalaming tiklash qiymati
asosiy fondlami qayta hosil
qilish qiymati bilan, y a’ni ulam ing qurilishi yoki ulami muayyan
muddatda joriy bozor narxida sotib olish bilan bogiiq.
16-son BHXSga muvofiq, asosiy vositalar obyektining tannarxi
sotib olish narxini, shu jumladan import boji va sotib olish bilan bog‘liq
qaytarilmaydigan soliqlar, shuningdek
tegishli joyda foydalanish
maqsadida aktivni ish holatiga keltirish bilan bog‘liq har qanday
xarajatlami o ‘z ichiga oladi.
Asosiy vositaning tannarxi quyidagilardan tashkil topadi:
> savdo chegirmalarini va imtiyozlarini chegirgan holda, uning
xarid narxi, jumladan import bojlari va sotib olish bilan bog‘liq
qoplanmaydigan soliqlar.
> aktivni undan tadbirkorlik subyektining rahbariyati tomonidan
ko‘zlangan holda foydalanish uchun zarur bo‘lgan joy va holatiga olib
kelish bilan bog‘liq bevosita xarajatlar.
> asosiy vosita obyektini demontaj qilish va olib tashlash hamda u
joylashgan joydagi tabiiy resurslami qayta
tiklash xarajatlarining
boshlang‘ich bahosi.
Tadbirkorlik subyekti asosiy vosita sotib olingan paytda yoki
undan m a’lum davr mobaynida tovar-moddiy qimmatliklami ishlab
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish oqibatida
ushbu xarajatlar bo‘yicha majburiyatni o ‘z zimmasiga oladi.
66 Financial and managerial accounting, I2e, Carl S. W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.Duchac, 820-page, 2014
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.Duchac, 820-page, 2014
323
Quyidagilar bevosita xarajatlarga misollardir:
- asosiy vosita obyektini barpo etish (qurish) yoki sotib olish
natijasida bevosita hosil bo‘ladigan hodimlarga haq to‘lash xarajatlari;
-
joyni tayyorlash xarajatlari;
- yetkazib berish va ortish-tushirish bilan bog‘liq boshlang‘ich
xarajatlar;
- o ‘m atish va montaj bo‘yicha xarajatlar;
- aktivning to‘g ‘ri ishlashini sinab ko ‘rish xarajatlaridan aktivni
tegishli joyga va holatga keltirish paytida ishlab chiqarilgan mahsulotni
(uskunalami sinovdan o ‘tkazishda ishlab chiqarilgan mahsulotlar kabi)
sotishdan olingan sof tushumning ayirmasi;
- malakali xizmatlar uchun haqlar.
Tadbirkorlik subyekti obyektdan m a’lum bir davr mobaynida
tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish uchun foydalanishi oqibatida
paydo boMadigan obyektni demontaj qilish va olib tashlash hamda u
egallagan yer maydonida tabiiy resurslami qayta
tiklash majburiyatlari
bo‘yicha xarajatlarga nisbatan 2-son BHXS “
Tovar-moddiy zaxiralar’’
ni qo‘llaydi. 2-son BHXS
yoki 16-son BHXS ga mos ravishda
hisoblanadigan xarajatlar bo'yicha majburiyatlar 37-son
BHXS
“
Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar
”ga mos ravishda
tan olinadi va baholanadi.
Asosiy vositalar obyektiga kirmaydigan xarajatlarga quyidagilar
misol b o ‘la oladi:
-
yangi ishlab chiqarish obyektini
tashkil etish xarajatlari;
-
yangi mahsulot yoki xizmat turini tatbiq etish bilan bog‘liq
xarajatlar (shu jumladan, reklama va marketing faoliyati xarajatlari);
-
tijoratni yangi joyga yoki
mijozlaming yangi toifasiga
moslashtirish bilan b o g iiq xarajatlar (shu jumladan, hodimlami qayta
tayyorlash xarajatlari);
- m a’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar.
324
Asosiy vositalami buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun bir
qator hisobvaraqlar ochilgan bo ‘lib, ulami quyidagi jadval asosida
ко‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: