A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


T a’sischilarga boMgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlam ing



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

T a’sischilarga boMgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlam ing
boshqa schyotlar bilan bog‘lanishi

X o ‘j a l i k m u o m a la la r in in g m a z m u n i
D e b e t
K r e d it
1
A k siy ad o rlarg a d iv id en d lar hisoblandi
8710
6610
2
D iv id en d
to ‘lash 
m an b aid a 
d arom ad 
s o lig 'i 
hisoblandi
6610
6410
3
H iso b lan g an d iv id e n d la r to ‘landi
6610
5010-
5530
4
C hiqib 
k e tay o tg an
t a ’sisch ilarg a 
ulushlari 
b o ‘y ic h a q a rz la r h iso b lan d i
8330, 8 6 1 0 , 
8620
6620
5
C hiqib 
k e ta y o tg a n
ta ’sisch ilarg a 
ulu sh lari 
b o ‘y ic h a q a rz la r t o ‘landi
6620
5010-
5530
10.6. Kapital qo‘yilmalar hisobi
Kapital qo‘yilm alar xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarish 
faoliyatining 
o ‘ziga 
xos 
bir 
shaklidir, 

asbob-uskunalami 
zamonaviylashtirish, ishlab chiqarish obyektlari va bevosita ishlab 
chiqarish bilan bog‘liq boMmagan obyektlami qayta qurish, ta’mirlash 
va asosiy ishlab chiqarish vositalarini kengaytirilgan holda qayta ishlab 
chiqarishni ta ’minlaydi.
Kapital qo‘yilmalar asosiy vositalami, takror ishlab chiqarishni 
kengaytirish hamda ulam ing sifat tarkibini yaxshilash xarajatlarining 
majmuidir. Kapital qo‘yilmalar hajmi ishlab turgan korxonalami qurish
kengaytirish, texnik qayta jihozlash va quvvatlami saqlash, shuningdek, 
ishlab chiqarish va ishlab chiqarishga m o‘ljallangan uskuna, transport 
vositalari va asosiy vositalaming boshqa obyektlarini xarid qilishga
305


mablag‘ bilan ta ’minlashning barcha manbalari hisobiga qilingan 
xarajatlarning umumiy summasiga ko ‘ra belgilanadi.
Kapital 
sarmoyaning 
manbalari 
bir nechta b o ‘lib, kapital 
investorlami, banklami, moliyaviy institutlami qamrab olishi mumkin58.
Kapital m ab lag iar hajmiga quyidagi sohalarga y o ‘naltirilgan 
xarajatlar kiradi:
♦ Qurilish-montaj, loyiha-qidiruv, geologiya-razvedka, burg‘u- 
lash va boshqa ishlarga qilingan xarajatlar;
♦ Ishlab turgan korxonalami tiklash, texnik qayta jihozlash va 
texnika vositalaming quvvatini kengaytirishga qilingan xarajatlar;
♦ Mashina 
va 
uskunalar, 
ishlab 
chiqarish 
va 
xo‘jalik 
inventarlari, transport vositalari va asosiy vositalaming boshqa 
obyektlarini sotib olishga ketgan xarajatlar;
♦ Korxona, tashkilot va muassasalar uchun yangi obyektlar 
qurishga ketgan xarajatlar;
♦ Boshqa shu turdagi xarajatlar.
Kapital q o‘yilm alami buxgalteriyada hisobga olishda «Asosiy 
vositalar» nomli 5-son BHMS va «Kapital qurilish uchun pudrat 
shartnomalari» nomli 17-son BHMSdan foydalaniladi.
Kapital qo‘yilm alar va u bilan bog‘liq barcha xarajatlami 
buyurtmachi, y a’ni o ‘zi uchun quradigan va shu qurilishni m ablag1 bilan 
ta ’minlayotgan 
korxona 
hisobga 
olib 
boradi. 
Yangi 
korxona 
qurilayotganida qurilayotgan korxonaning m a’muriyati ana shunday 
tashkilot bo‘ladi, amalda ishlab turganida esa - kapital qurilish bo‘limi 
orqali ish tutayotgan korxonaning o ‘zi ana shunday tashkilot bo‘ladi.
Kapital qo‘yilm alam ing hisobi amaldagi xarajatlar va smeta qiymati 
b o‘yicha ulam ing turlari asosida umuman qurilish bo ‘yicha ham, ayrim 
obyektlar bo‘yicha ham, qurilish boshlangan yildan e ’tiboran o ‘sib 
bomvchi yakunlar bilan obyektlar ishga tushirilguniga qadar yoki 
tegishli 
ishlaming 
to ‘la-to‘kis 
bajarilib, 
xarajatlarning 
hisobdan 
chiqarilgunigacha yuritiladi.
58 Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.Duchac, 753-page, 2014
306


Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlaming analitik hisobi 18- 
«Kapital 
mablag1 
xarajatlari» 
qaydnomasida yuritiladi. 
Mazkur 
qaydnoma yil choragi, yarim yil yoki yil uchun ochiladi. Qaydnomaga 
barcha hisobvaraqlarni qo‘shish, ishlab chiqarishga tegishli va ishlab 
chiqarishga tegishli bo‘lmagan obyektlar bo‘yicha xarajatlami alohida 
ajratib ko‘rsatish, bular ichida esa yangi qurilishni, kengaytirishni, 
tiklash va texnik jihatdan qayta jihozlashni alohida ajratib ko ‘rsatish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ulaming amalga oshirilishi va tannarxini hisoblash bilan bog‘liq 
muomalalaming buxgalteriya hisobi 0 ‘zbekiston Respublikasi 21-son 
“Xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektlaming 
moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyati 
buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va ulami qo‘llash bo ‘yicha 
yo‘riqnoma” buxgalteriya hisobi milliy standart (BHMS)iga muvofiq 
quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0810- “Tugallanmagan qurilish”;
0820- “Asosiy vositalami xarid qilish”;
0830- “Nomoddiy aktivlami xarid qilish”;
0840- “Asosiy podani tashkil qilish”;
0850- “Yemi obodonlashtirishga kapital qo'yilm alar”;
0860- “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy 
vositalarga kapital qo‘yilmalar”;
0890- “Boshqa kapital qo‘yilm alar”.
Analitik hisob har bir kapital qo ‘yilma, x o ‘jalik shartnomasi va 
xarajat elementlari bo‘yicha tashkil qilinadi. Aytib o ‘tilgan obyektlar 
foydalanishga qabul qilingach ulam ing balans qiymati 0100 “Asosiy 
vositalami hisobga oluvchi schyotlar” va 0400 “Nomoddiy aktivlami 
hisobga oluvchi schyotlar”da hisobga olinadi.
Qurilishga m o‘ljallangan kapital qo‘yilmalaming buxgalteriya 
hisobini tashkil qilishning xususiyatlarini ko ‘rib chiqamiz.
0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotida (qurilish pudrat yoki 
xo‘jalik usulida amalga oshirilishdan qat’iy nazar) kapital qurilish 
smetalari, 
smeta-loyiha 
hisob-kitoblarida 
va 
titul 
ro ‘yxatlarida 
keltirilgan bino va inshootlami barpo etish, uskunalar, asboblar,
307


inventarlar va boshqa jihozlami sotib olish b o ‘yicha xarajatlar hisobga 
olinadi.
Faoliyati qurilish va qurilish tashkilotlari hisoblangan qo‘shma 
korxonalarda ishlami bajarilishida xarajatlar hisobini tashkil etish 
O ‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 1999-yil 23-dekabrda 579- 
son bilan ro‘yxatdan o ‘tgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya 
hisobining “Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari” nomli №17 
sonli milliy standard, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktyabrdagi 
444-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalami 
shakllantirish tartibi to ‘g ‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi.
Qurilish-montaj ishlari tannarxi iqtisodiy kategoriya bo‘lib, 
qurilish tashkilotlari ishlab chiqarishida va buyurtmachiga obyektni 
topshirishda aks ettiriladi.
Pudrat shartnomasi bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:
- ushbu pudrat shartnomasi bilan bog‘liq bo‘lgan, xarajatlar 
tarkibidagi nizom asosida bevosita xarajatlar;
- pudrat shartnomasi b o ‘yicha umumiy qurilish faoliyatiga tegishli 
bo‘lgan va pudrat shartnomalari bo‘yicha taqsimlanishi va shartnoma 
bahosiga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan, xarajatlar tarkibi haqidagi nizom 
asosida bilvosita xarajatlar;
- qurilish pudrati shartnomalari shartlari bo‘yicha buyurtmachi 
tomonidan qoplanadigan boshqa xarajatlar. Shartnoma shartlarida ular 
bo‘yicha xarajatlaming qoplanishi aytib o ‘tilgan. Misol uchun: tajriba - 
konstruktorlik 
ishlariga xarajatlar. 
Pudrat 
shartnomasi 
bo‘yicha 
faoliyatga kiritilmaydigan va taqsimlanmaydigan xarajatlar qurilish 
pudrat shartnomasi bo‘yicha xarajatlardan chiqarib yuboriladi.
Qurilishning pudrat usulida qurilish ishlarining butun bosqichini 
qurilish pudrati shartnomasi tuziladigan pudrat tashkiloti bajaradi. 
M azkur shartnoma pudratchi shartnomada belgilangan muddatda 
buyurtmachining topshirig‘iga ko ‘ra muayyan obyektni qurish yoki 
boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini olishini, buyurtmachi esa 
pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoitlami yaratish, uni qabul
308


qilish va shartlashilgan narxni to‘lash majburiyatini olishini nazarda 
tutadi.
Qurilishning xo‘jalik usuli quruvchining o ‘z kuchi bilan, pudrat 
tashkilotlari jalb etilmay bajariladigan qurilish-montaj ishlarini tashkil 
etish 
shaklidir. 
Y a’ni 
xo‘jalik 
usulida 
qurilish-montaj 
ishlari 
buyurtmachisi va bajaruvchisi birgina yuridik shaxs hisoblanadi. Yangi 
qurilish, faoliyat yurituvchi obyektlami kengaytirish, rekonstmksiya 
qilish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va modemizatsiyalash 
xo‘jalik usuli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Asosiy vositalar obyektlarini qurish va ulami foydalanishga 
topshirish bo‘yicha umumiy buxgalteriya o ‘tkazmalari quyidagi jadvalda 
keltirilgan.
10.7-jadval

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin