10.5. Dividendlar hisobi
Bizga
m a’lumki,
Aksiyadorlik jamiyatlari
so f foydasidan
aksiyadorlarga dividend to ‘laydi. Dividend - aksiyalar bo‘yicha
to ‘lanishi lozim bo‘lgan daromad, aksiyadorlik jam iyati tomonidan
uning muassislari o ‘rtasida taqsimlanadigan so f foydaning bir qismi.
Dividend - bu kompaniya aksiyadorlari sinfiga to ‘langan,
boshqaruv
kengashi
tomonidan
belgilanadigan
kompaniya
daromadlarining bir qismini taqsimlash. Dividendlar naqd to ‘lov
sifatida, aksiya yoki boshqa mol-mulk sifatida berilishi mumkin57.
Dividend aksiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aksiyalaming soni
va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. M uayyan turdagi imtiyozli
aksiyalar bo ‘yicha dividendlar jam iyatning maxsus m o‘ljallangan
zaxiralari hisobidan to ‘lanishi mumkin.
Dividendlar to ia s h muddati va tartibi jam iyat ustavida yoki
aksiyadorlaming umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi. Dividendlar
57 Financial and m anagerial accounting, I2e, Carl S.W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.D uchac, 753-page, 2014
301
to ia s h muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e ’tiboran 60
kundan kech bo‘lmasligi lozim.
Dividendlar to ‘lash vaqtida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar
bo‘yicha, so ‘ngra oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar to ‘lanadi.
Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha qat’iy belgilangan dividendlami to ‘lash
uchun yetarli miqdorda foyda mavjud bo‘lgan taqdirda jam iyat mazkur
aksiyalami saqlovchilarga dividendlar to ‘lashni rad etishga haqli emas.
Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar dividendlar to ‘lashni sud orqali
talab qilishlari mumkin. Jamiyat yetarli miqdorda foydaga ega bo‘lmasa
yoki zarar ko‘rib ishlagan bo ‘lsa, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha
dividendlar ana shu maqsad uchun tashkil etilgan jamiyat zaxira kapitali
hisobidan va ana shu zaxira doirasidagina to‘lanishi mumkin.
Taqsimlanmagan foyda bu hisobot davri yakunida x o ‘jalik
yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladigan so f foydadir. Hisobot davridagi
so f foyda taqsimlanmagan foydani oshiradi va u quyidagicha provodka
bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 9900 - “Yakuniy moliyaviy natija”
Kredit 8710 - “Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda
(qoplanmagan zarar)”
Korxonaning ta ’sischilar oldida dividendlar bo‘yicha va chiqib
ketayotgan ta’sischilar oldida ulaming ulushlari bo‘yicha joriy
majburiyatlari to ‘g ‘risidagi
axborotlami umumlashtirish quyidagi
schyotlarda amalga oshiriladi:
6610 “To‘lanadigan dividendlar”;
6620 “Chiqib ketayotgan ta ’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar”.
Korxona rahbariyati tomonidan aksiyalarga dividendlar to ‘lash
to ‘g ‘risida qaror e ’lon qilingandan so‘ng, dividend summasi joriy
majburiyat sifatida aks ettiriladi. Dividendlar aksiyalar bo‘yicha
qonunchilikka muvofiq taqsimlanadi.
6610 “T oianadigan dividendlar” schyoti hisoblangan dividend
summasiga
8710
“Hisobot
davrining taqsimlanmagan
foydasi
(qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bog‘langan holda kreditlanadi.
302
6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari b o ‘yicha qarzlar”
schyotining kredit tomonida korxonaning chiqib ketayotgan ta’sischisi
ulushlari bo‘yicha hisoblangan majburiyatlari summasi 8330 “Pay va
ulushlar”, 8610 “ Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy”, 8610 “Sotib
olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli” schyotlari bilan bog‘langan holda
aks ettiriladi.
6610 “T o‘lanadigan dividendlar”, 6620 “Chiqib ketayotgan
ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar” schyotlari bo‘yicha analitik
hisob (ko‘rsatuvchiga aksiyalardan tashqari) har bir ta ’sischi bo‘yicha
alohida yuritiladi.
Qimmatli qog‘ozlarga dividend hisoblanganda xalqaro moliyaviy
hisobotlar standartlarga muvofiq ikkita usuldan foydalanish mumkin:
1. Qiymat usuli. Ushbu usul qo'llanganda. Investor o ‘z mablag‘ini
boshqa korxonaga dastlabki qiymati bo‘yicha qo‘yadi. U ning asosiy
tamoyillari
shundan
iboratki,
investitsiyalar
qiymati
shu’ba
tuzilmalarining moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar o ‘zgarmaydi, ulardan
olinadigan dividendlar bosh jam iyat daromadi sifatida hisobga olinadi.
Bu usulni quyidagi hollarda qo‘llash tavsiya etiladi:
- shu’ba jam iyatini keyinchalik yaqin kelajakda sotish uchun
olingan va uni nazorat qilish ham vaqtinchalik bo ‘lganda;
- shu’ba jam iyati uning bosh jamiyatiga m ablag‘ o ‘tkazish
qobilyatini jiddiy darajada kamaytirilgan belgilangan uzoq muddatli
muhim sharoitlar doirasida faoliyat yuritganda. M asalan, shu’ba
jamiyatiga qarz bergan tashkilot tomonidan qo‘yiladigan dividendlami
to ‘lashda cheklashlar mavjud bo‘lishi mumkin.
2. Ulushbay ishtirok usuli. Bu usulni bosh jam iyat tomonidan
shu’ba jam iyatiga sezilarli darajada ta ’sir o ‘tkazish va nazorat qilish
hollarida qo‘llash tavsiya qilinadi, u quyidagilardan iborat:
- investitsiyalaming joriy qiymati shu’ba jam iyatining xo‘jalik
faoliyati
natijalariga
bog‘liqlikda
o ‘zgaradi:
u
foyda
olganda
investitsiyalar qiymati oshadi, zarar esa kamayadi;
- bosh jam iyat investitsiyalardan foydani egalik ulushiga munosib
303
ravishda aks ettiriladi: uning shu’ba jamiyatidagi ulushi qancha ko‘p
bo‘lsa, bosh jam iyat balansida investitsiyalar qiymati shuncha ko‘p
summaga oshiriladi;
-
olingan
dividendlar daromad sifatida qaralmaydi,
balki
investitsiyalar qiymatini kamaytirish tarzida ifodalaydi.
Aksiyadorlik jamiyatining umumiy y ig‘ilishi qaroriga binoan
dividend pul mablaglari yoki boshqa qonuniy to ‘lov vositalari bilan
to ‘lanishi mumkin.
Dividendlar hisoblanganida quyidagicha pro vodka beriladi:
Debet 8710 - “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari)”
Kredit 6610 - “ToManadigan dividendlar”
Hisobot yilidagi taqsimlanmagan foyda summasi dividendlar
hisoblanganidan so‘ng 8720 - “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan
zarar)” hisobvarag‘iga o ‘tkaziladi.
Foyda olingan holatda:
Debet
8710 - “ Hisobot davrining
taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari)”
Kredit 8720 - “Jam g‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)”
Zarar ko‘rilganda:
Debet 8720 - “Jam g‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)”
Kredit 8710 - “ Hisobot davrining
taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari)”.
ToMov manbaida soliq
solinmagan
dividendlar
tarzidagi
daromadlar oluvchi yuridik shaxslar bankda ochilgan maxsus
hisobvaraqda ushbu mablagMami jamlaydilar. Dividendlar tarzidagi
daromadlar
tushumi
yuridik shaxsning
buxgalteriya
hisobida
quyidagicha aks ettiriladi:
- hisoblangan dividendlar:
Debet 4840 - “Olinadigan dividendlar”
Kredit 9520 - “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”
- dividendlami maxsus hisobvaraqqa kelib tushishi:
304
Debet 5530-“Boshqa maxsus hisobvaraqlar”
Kredit 4840 - “Olinadigan dividendlar”.
Dividendlar tarzida daromadlar olgan yuridik shaxslar maxsus
hisobvaraqdagi m ablagiam i o ‘z ustav kapitalini kapitallashtirishga
yo‘naltirganda, jam langan summa maxsus hisobvaraqdan hisob-kitob
varag'iga kapitallashuv summasi miqdorida o ‘tkaziladi.
10.6-jadval
Dostları ilə paylaş: |