A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


- rasm. Ko‘tarmani qurish chizmasi



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

6.1- rasm. Ko‘tarmani qurish chizmasi
Uncha chuqur bo‘lmagan o‘ymalarda (6 m gacha) bir xil gruntlar 
bo‘lganda, ekskavator bilan birdan loyiha belgisigacha qaziladi. Bunday gruntni 
qazish usuli “peshonadan” (6.2, 
a-
rasm) deb ataladi. Agar o‘ymaning butun 
chuqurligi bo‘yicha birdan to‘liq chuqurligigacha qazilmay, ketma-ket qismlarga 
bo‘lib qazilsa, yarus usuli (6.2, 
b-
rasm) deb ataladi. Uni o‘ymalar chuqur, ya'ni 
ekskavator uchun maksimal qazish chuqurligi o‘yma chuqurligidan kam 
bo‘lganda, shuningdek, har xil grunt qatlami bo‘lganda va boshqa usullarda
(6.2, 
v-
rasm) qo‘llanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6.2- rasm. O‘ymani o‘yish usullari:


90 
1
-ko‘tarma; 
2
-o‘yma; 
3
-I yarus; 
4
-II yarus;
5
-supesli grunt; 
6
-qumloq tuproq; 
N
O‘
-
o‘yma chuqurligi; 
I
Я
Н
 va
II
Я
Н
- mos ravishda I va II yarusni chuqurligi. 
 
O‘ymani ko‘ndalang va bo‘ylama yo‘nalishda o’yish mumkin. Birinchi 
usul qisqa va keng o‘ymalarda, ikkinchisi - uzun bo‘lganda qo‘llanadi. Bu esa 
ishchilar soni ko‘p bo‘lganda, ishni uzun frontda olib borish imkonini beradi.
 6.2 O‘yma yoki grunt karyeridan grunt olib ko‘tarma qurish 
O‘ymalardan olinadigan gruntlar ko‘tarmalarni qurish uchun ishlatiladi. 
Faqat ayrim hollarda bu gruntlar ag’dargichga surib tashlanadi. Bunday holat 
tog‘ sharoitida yo‘l qurilishida ko‘p uchraydi. Ayrim hollarda grunt o‘ta 
namlangan yoki minerologik tarkibi yaxshi bo‘lmagani sababli ko‘tarma uchun 
yaroqsiz hisoblanadi. Ammo ko‘pincha ko‘tarma uchun grunt manbaini qidirish 
lozim, chunki tekislik sharoitida yoki baland-pastligi kam joylarda o‘yma 
ko‘tarmaga nisbatan kam bo‘ladi.
Gruntning asosiy massasi yo‘ldan har xil masofada joylashgan grunt 
karyerlaridan olinadi. Asosiy ishlarni bajarish uchun buldozerlar, skreperlar, 
ekskavatorlar va bilan frontal yuklagichli transport vositalari ishlatiladi. 
Mashinalarni tanlash ishlab chiqarish sharoitiga: gruntning tarkibi va holatiga
tashish masofasiga, ishning muddati va hajmiga, mashinalar saroyining borligiga 
bog‘liq. Gruntni kichikroq masofaga (100-150 m gacha) surishda buldozerlar 
yoki frontal yuklagichlardan foydalaniladi, katta masofalarda – skreperlar, 
ekskavatorlar va frontal yuklagichli transport vositalari ishlatiladi. 100 m gacha 
tashish qilishda buldozerlar, 100 dan 300 m gacha aravali skreperlardan 
foydalanish samaralidir. Gruntlarni 2-2,5 km masofagacha tashishda yarim 
aravachali skreperlar (o‘zi yurar) avtomobil-samosval bilan birgalikda 
ishlayotgan, cho’michining hajmi 1,6 m
3
bo‘lgan bitta cho’mich ekskavatorga 
nisbatan samaraliroqdir. Tashish masofasi 3 km gacha bo‘lganda avtomobil-


91 
samosval bilan birga ishlayotgan, cho’michini hajmi 1,6 m
3
dan kichik bo‘lgan 
bitta cho’michli skreperlar ekskavatorga samaraliroqdir. 
Gruntlarni tashish masofasi 2 km dan ortiq bo‘lganda ish unumdorligi 350 
m
3
/soat bo‘lgan rotorli ekskavatorlardan foydalanilganda yer ishlari ancha 
arzonga tushadi. Keltirilgan dastlabki xulosalarni taxminiy deb qarash kerak, 
chunki umuman hisobga olinmagan yoki qisman hisobga olingan boshqa 
ko‘pgina omillar ta'sir qilishi mumkin. Masalan, ekskavator bilan birga 
ishlayotgan avtomobillar. Gruntlarni tashish masofasiga va ekskavator 
kovishining sig‘imiga mos keladigan avtomobilning muqobil yuk ko‘tarish 
qobilyati bo‘ladi. Ob'ektdagi ish hajmi va boshqa omillar samaradorlik 
ko‘rsatkichlariga ta'sir qiladi. Shuning uchun yetakchi mashinalarning muqobil 
variantini tanlashda aniq sharoit har tomonlama tahlil qilinadi va texnik-
iqtisodiy hisoblash bilan asosiy omillarni va ko‘rsatkichlarni hisobga oluvchi 
yechim qabul qilinadi. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin