A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


- mustahkamlagichni olish bilan transheyaga qum to‘kish va qumni



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

- mustahkamlagichni olish bilan transheyaga qum to‘kish va qumni 
zichlashtirish; 
ye
-himoyalovchi qatlamni qurish; 
j
-avtogreyder bilan yon ariqcha yoki 
lotokni o‘rnatish; 
1
-yo‘l poyining loyihaviy belgisi; 
2
-ninafiltrlar; 
3
-suvli qatlam; 
4
-suv 
o‘tkazmaydigan qatlam; 
5
-dipressiya egrisi; 
6
-filtrli quvur; 
7
-shag’alli yoki gruntli 
chaqiqtoshli asos; 
8
-to‘kilayotgan qumni yo‘naltiruvchi lotok; 
9
-tortgich; 
10
-
harakatlanuvchi elektrostansiyadan o‘tkazilgan kabel; 
11
-gilli gruntli qulf
GSS
-grunt 
suvlari sathi. 


83 
Keyinchalik hamma ishlar suvni pasaytiruvchi asbobsiz bajarilgandek 
bajariladi. Drenajni yotqizish va transheyani ko‘mish bo‘yicha ish tamom 
bo‘lganidan so’ng ninalifiltr ekskavator bilan olinadi. 
5.4 Suv o‘tkazmaydigan va kapillyar to‘suvchi qatlamni qurish 
2va 3tur namlanishdagi joylarda yo‘l joylashganda, bug‘ holatidagi va 
kapillyar suvlarni ko’tarilish hisobiga yo‘l poyining yuqori qismi va yo‘l 
to‘shamasining namlanishini kamaytirish maqsadida suv o‘tkazmaydigan qatlam 
yotqiziladi. Ular, hisobiy grunt va yuza suvlari sathidan ko‘tarmaning 
qoshigacha bo‘lgan masofa yetarli bo‘lmaganda, yo‘l to‘shamasi tagining 
namligini me'yorda saqlab turish uchun kerak bo‘ladi. 
Suvbug‘ o‘tkazmaydigan
qatlamlar yo‘l poyining hamma kenligi yoki 
materialni, tejash maqsadida, har bir tomonidan 0,5 m uzaytirib qatnov qismi 
kengligi bo‘yicha yotqiziladi. Suv o‘tkazmaydigan qatlamlar har qanday 
namlikning yo‘l to‘shamasiga o‘tishini to‘xtatadi.
Balandligi 1 m dan kichik ko‘tarmalarda, o‘simlik qatlami olingandan 
so‘ng, grunt suvlari ko‘tarilishining oldini olish uchun joylardagi gruntlarni 5 -
10 sm chuqurlikda yumshatish, unga 2- 3 l/m
2
organk bog‘lovchi material 
quyish, freza bilan bir marta o‘tib aralashtirish yoki ikki-uch marta 
avtogreyderda o‘tish va avval yengil katok, keyin og‘ir katok bilan zichlab suv 
o‘tkazmaydigan qatlam qurish mumkin. Bog‘lovchi material sifatida gudron, 
qovushqoqligi 25/40 bo‘lgan suyuq bitum, neft, emulsiya, sa'noat chiqindilari – 
stirol mahsulotlari, qayta ishlatilgan yog‘, flyus, smolani regeneratsiyasi va 
boshqalarni ishlatish maqsadga muvofiq.
O‘zbekiston sharoitida ko‘tarmaning balandligi 1 m dan oshganda, 
ko‘tarmaning qoshidan (5.8-rasm) suvbug‘ o‘tkazmaydigan qatlam 0,6-0,8 m 
chuqurlikda yotqiziladi. Bunday chuqurlikda suv o‘tkazmaydigan qatlam 
joylashsa, yuqorida yotgan gruntlar muzlashga uchramaydi. 


84 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin