Skreper bilan ko‘tarma qurish, o‘yma va grunt karyerini o‘yish. Skreperlar gruntlarni kavlash va nisbatan katta masofalarga tashish qilish uchun
mo‘ljallangan. Hozirgi vaqtda skreperlarni bir qancha modellari ishlab
chiqilgan. Ular tortish usuli, cho’michining hajmi (4,5 dan 25 m
3
gacha),
boshqarish turi, yuklash va tushirish usuli va boshqa ko‘rsatkichlariga qarab
farqlanadi.
Aravachali skreperlar gusenitsali yoki pnevmog‘ildirakli traktorlar
bazasidagi agregatlar bilan ishlaydilar. Ular tashish qilish masofasi 100 dan 500
m gacha bo‘lganda ishlatiladi. Masofa katta bo‘lganda o‘ziyurar skreperlar,
shuningdek ekskavator yoki frontal yuklagich bilan ortiladigan avtomobil-
samosvallar samaradorligi bo‘yicha aravali skreperlardan ustunlik qiladi.
Yarim aravachali (o‘ziyurar) skreperlar tez yuruvchi pnevmog‘ildirakli
shatakchilar bazasidagi agregatlar bilan ishlaydi. Ulardan yuk tashish masofasi
300 dan 3000 m gacha bo‘lganda foydalanadilar.
98
Skreperlar nisbatan yengil gruntlarni kavlashda ishlatiladi. Ulardan
botqoqlik yo‘l bo‘laklari, o‘ta namlangan gilli gruntlar, sochiluvchan qumlar va
yirik toshlari bor gruntlarda foydalanib bo‘lmaydi.
Skreper bilan gruntlarni qirqish bir necha xil usulda (6.6-rasm) olib
boriladi.
6.6-rasm. Skreperlar bilan gruntni kavlash usullari (strelka bilan skreper haraktining yo‘nalishi ko‘rsatilgan): a-zich gruntlarda; b-bo‘sh gruntlarda; v-o‘rtacha zichlikda; g-qumlarda Skreperning cho’michi to‘g‘ri chiziqli harakatlanganda, gruntni katta
qalinlikda qirqiladi. To‘ldirish yo‘lining uzunligi 15-25 m. 3-6
o
qiyalikda
harakatlanib gruntni to’plash maqsadga muvofiq, ammo katta qiyalikda grunt
cho’michga to‘liq kirmay, skreperning ishlashini og‘irlashtiradi.
Quruq qumli gruntlarda ular namlanadi yoki tepalikka 3
o
qiyalikda
harakatlanib to’planadi.
Gruntlarni kavlash o‘ymalarda yoki grunt karyerlarida shaxmat ketma-
ketligida shaxmat-xashkash (6.7-rasm) yoki qovirg‘a-shaxmat (6.8-rasm)
chizmasi bo‘yicha olib boriladi.