O‘yma va grunt karyerlarini ekskavator bilan qazish, ko‘tarma
qurish.
Ishchi qurilmaning turi, cho’mich hajmi, yurish qismining turi, ishchi
qurilmaning aylanishini chegaralash darajasiga qarab har xil ekskavatorlardan
foydalanish maqsadida avtomobil yo‘llarining ko‘tarmasining ekskavator
yordamida quriladi.
Grunt va iqlim sharoitiga, ishning muddati va hajmiga, gruntni tashish
sharoitiga va boshqa bir omillarga ekskavator turi, modeli va ishchi qurilmasi
tanlanadi.
Ish unumdorligi katta bo‘lgan rotorli ekskavatorlar bir joyga yig’ilgan
katta hajmli (ob'ektda grunt hajmi 20 ming m
3
dan ko‘p) ishlarda qo‘llanadi. Bir
cho’michli ekskavatorlar, asosan, yumshatilgan tog‘ jinslari, tarkibida juda zich
103
gilli gruntlar bo‘lgan har xil gruntlar, agar skreper, buldozer yoki boshqa yer
mashinalarini ishlatish noqulay bo‘lsa, qazishda qo‘llanadi.
Gusenitsali ekskavatorlar bir yerga yig’ilgan, tez-tez joyini o‘zgartirish
talab qilinmaydigan, bo‘sh asos bo‘lganda, pnevmoshinali ekskavator tez ishdan
chiqadigan tog‘ jinslarini kavlash ishlarida qo‘llanadi, Pnevmog‘ildirakli
ekskavatorlar bir yerga yig‘ilmagan ishlarda yuk ko‘tarish qobiliyati kerakli
darajada bo‘lganda, maqsadga muvofiq.
Ishning asosiy hajmi to‘g‘ri kurak bilan jihozlangan ekskavatorlarda olib
boriladi; draglayn va teskari kurakli ekskavatorlar kam ishlatiladi. Draglayn,
agar ekskavatorning o‘zi turgan joyi sathidan pastdagi grunt kavlansa, grunt
suvlari ta'siri yoki boshqa sababdan ish olib borish qiyin bo‘lsa, ko‘tarmani yon
rezervdan olib qurish kerak bo‘lsa, o‘ymani o‘yishda grunt ag’dargichga
tashlansa, qo‘llanadi. Teskari kurakli ekskavatorlar, asosan, transheyalar va
poydevor osti kotlovanlarini qazishda qo‘llanadi.
Quvvati
(ish
unumdorligi)
bo‘yicha
ekskavatorlar
ob'ektdagi
ishning hajmiga qarab tanlanadi. Odatda, ekskavatorlar transport vositalari
avtomobil-samosval yoki tashigichlar bilan birga ishlatiladi. Ayrim hollarda
grunt 200-300 m uzunlikdagi tasmali zvenoli transporterlar bilan tashiladi. Ular,
ko‘pincha, uncha katta bo‘lmagan masofalarga (1-3 km) grunt tashishda
qo‘llanadi. Transport vositasini tanlash ekskavatorning ish unumdorligiga
(cho’mich sig‘imi) va gruntni tashish masofasiga bog‘liq bo‘ladi.
Bitta cho’michli ekskavatorning ish unumdorligi:
Ю
s
В
Т
К
t
К
ТVК
П
3600
, (6.3)
bu yerda:
T
– ish smenasining davomiyligi, soat (besh kunlik ish haftasida 8,2 soat
olinadi);
V
– ekskavator cho’michining sig‘imi, m
3
;
K
T
– cho’michni to‘ldirish
koeffitsienti;
K
V
– vaqtdan foydalanish koeffitsienti;
K
Yu
– gruntni yumshatish
koeffitsienti;
t
S
– ekskavatorning ish siklining davomiyligi, s;
|