108
Rezervning o‘lchami ko‘tarmaning balandligi va kengligiga qarab belgilanadi.
Rezervning chuqurligi suv qochirish imkonidan kelib chiqib olinadi (1 m dan
katta emas). Bitta rezerv atrofida uning kengligi va chuqurligi o‘zgarmas
bo‘ladi. Agar qurilayotgan ko‘tarmaning yonida
grunt yoki boshqa sharoitga
asosan yon rezervlar qurish mumkin bo‘lmasa, grunt yaqin rezervdan olinadi.
Bunday holatlarda rezervdan grunt avval ko‘tarma uchun tayyorlangan asosga
tashiladi va vaqtinchalik (oraliq) to‘plam holida yotqiziladi. Keyin grunt bu
to‘plamda ko‘rsatilgan joyga suriladi.
Shu
usulda quvurga, kichik ko‘priklarga olib keluvchi va pastlik
joylardagi ko‘tarmalar quriladi. Ko‘tarmalar uchun grunt yon rezervdan
olinganda buldozerlar quyidagi asosiy ish kompleksini bajaradi:
asosni
tayyorlash (buldozer bilan o‘simlik qatlamini olish); ko‘tarmaning tabiiy asosini
gruntlarni zichlashtirishda foydalaniladigan mashinalar bilan zichlashtirish;
rezervda gruntni kavlash, ko‘tarmaga surish; har bir
qatlam gruntini buldozer
bilan surish; har bir qatlam gruntini katok bilan zichlash; yo‘l poyi va rezervning
yuzasini avtogreyder bilan tekislash; buldozer bilan rezervni tiklash, yon
qiyalikka va yo‘l yoqasiga gruntni tarqatish.
Dostları ilə paylaş: