A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


tosh  terib mustahkamlash



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

tosh 
terib mustahkamlash
. Tosh terib mustahkamlash soda usuli, ishonch va uzoqqa 
chidamliligi uchun ko’p qo’llanadi. Buning uchun muzlashga qarshiligi 100-150 
Mrz bo‘lgan mineralogik tarkibi va o‘lchami har xil toshlardan foydalaniladi. 
Qatlamning qalinligi eng katta tosh o‘lchamidan ikki baravar ko‘p bo‘ladi.
Toshlar teskari filtr prinsipiga asoslanib teriladi. Navlarga ajratilmagan 
toshlarni qo‘llashda agar toshning tarkibi teskari tabiiy filtrni xosil qilsa, 
tayyorgarlik qilinmaydi.
Yon qiyaliklarni beton qoplamalar bilan mustahkamlash ularni suv oqimi 
ta'siri, to‘lqin urishi va muzdan himoyalaydi.


125 
O‘lchami 1,00 X 1,00 X 0,16 m, qalinligi 0,3 m bo‘lgan monolit beton 
qoplamgacha bo‘lgan yengil yig‘ma turidan boshlab har xil konstruksiyalar 
ishlatiladi.
Hamma turdagi beton qoplamalar qalinligi 0,1-0,2 mli chaqiqtosh yoki 
shag’al qatlamiga yotqiziladi. Qiyalikning tag qismida ko‘tarma asosida yig‘ma 
beton elementlari yoki monolit betondan tirgak qilinadi. Ayrim hollarda beton 
tirgakdan tashqari toshli - tirgakli prizma (risberma) sochiladi, suv bosadigan 
qiyalikni mustahkamlashda avval toshdan suv sathidan 0,25 m yuqori (qurilish 
davrida) belgigacha berma qilinadi. Mayda beton plitalar yon qiyalikka bir-
biriga bog‘lamasdan yotqiziladi, yirik temirbeton plitalar sharnir bog‘lanish 
hosil qiluvchi yoki chiqib turgan armaturasini payvandlab yoki maxsus detallar 
orqali metall xomut (har tarafiga bittadan) bilan biriktiriladi. Eng yirik plitali 
qoplama ayrim karta xosil qilish uchun harorat chokidan maydalanadi. Material 
va plitani qiyalikka, berma yoki yo‘l yoqasiga joylashgan kran yordamida 
uzatiladi. Materiallar va plitalar oldindan olib kelinadi va mustahkamlanadigan 
qiyalik bo‘yicha tahlanadi. Plitalar ketma-ketlikda pastdan yuqoriga tekislangan 
va zichlashtirilgan asosga yotqiziladi.
Zichlashtirish uchun tebratuvchi mashinalardan foydalaniladi.
Yo’l poyini mustahkamlash va uni saqlanishini, yo‘lning jarli hududlarida 
ishlashini ta'minlashda zarur tadbirlardan biri-ularni mustahkamlash va yo‘l-
yo‘lakay ulardan foydalanishdir. 
Jarlar yer eroziyasi turi bo’lib ko‘pincha, katta buzilishlarga va foydali 
qishloq xo‘jalik maydonlarini yo‘qotishga olib keladi. Jarlarni mustahkamlash, 
shuningdek, yo‘lni jarli hududlardan o‘tkazish va bir vaqtda foydalanishning har 
xil turi mavjuddir. Jarlarni mustahkamlash turlari qidiruv ishlari asosida 
aniqlanadi. 


126 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin