9.4 Sho‘rlangan gruntlarda yo‘l poyini qurish
Yuqorigi bir metrlik qalinligida tarkibida massasi bo‘yicha 0,3% dan ortiq
oson eriydigan natriy, kalsiy va magniyning xlorli, sulfatli va karbonatli tuzlari
bo‘lgan gruntlar sho‘rlangan gruntlar hisoblanadi.
Sirtqi qatlamlarida 1...2 m chuqurlikkacha erkin holatda 1% dan ortiq
oson eriydigan tuzlar bo‘lgan tuproqlar
sho‘rxoklar
deb ataladi. Ular tarkibida
eriydigan tuzlar bo‘lgan sizot suvlarining kapillyarlar bo‘yicha sirtga tortilishi
natijasida xosil bo‘ladi. Bu tuzlar suv bug‘langanida gruntning yuqori
qatlamlarida to‘planadi. Ayrim hollarda tuz miqdori shu qadar ko‘p bo‘ladiki,
ular ajralib chiqib, grunt sirtida qatlam hosil qiladi.
Yengil eruvchan tuzlar suv ta'sirida yo‘l poyi gruntining mustahkamligini
kamaytiradi, undan tashqari, grunt tarkibidagi suvda eriydigan ortiqcha tuz
142
ko‘pligi, sho‘rlangan gruntlarning mos ravishda o‘sha granulometrik tarkibli
sho‘rlanmagan gruntlarning qulay zichligigacha zichlashishiga qarshilik qiladi.
Shuning uchun har qanday sho‘rlangan grunt yo‘l poyi qurish uchun yaroqli
bo‘lavermaydi. Ulardan foydalanish imkoniyatini laboratoriya sharoitida,
sho‘rlanish xususiyati va darajasi bo‘yicha gruntlarni tasnlashasosida aniqlanadi.
Sho‘rlangan gruntlarning asosiy turlariga solonchaklar, solonslar,
shuningdek, taqir gruntlari kiradi. Gruntlarning sho‘rlanish darajasi ko‘tarmaga
surilishi kerak bo‘lgan grunt qatlamidagi yengil eruvchan (xlorli natriy, sulfat
natriysi, karbonat natriy) tuzlar miqdori o‘rtacha yig‘indisining quruq grunt
massasiga nisbatini foyzda belgilash bilan tavsiflanadi. Sho‘rlanish xususiyati
gruntda xlor
SL
ioni miqdorining SO
4
miqdoriga nisbati bilan belgilanadi.
Masalan, qabul qilingan yo‘l tasnifi bo‘yicha 9.1-jadvalda ko’rsatilgan
gruntlarning sho‘rlanishi ajratiladi. Gruntlar sho‘rlanish darajasi bo‘yicha
tuzlarning xususiyati va yo‘l-iqlim mintaqasiga qarab tavsiflanadi.
9.1-jadval
Gruntlar
Tuzlar massasi birligidagi yig‘indisi, %
Yo‘l poyi qurish
uchun yaroqliligi
Xloridli va sulfat-
xloridli sho‘rlanish
Sulfatli, xlorid-sulfatli
va sodali sho‘rlanish
Kam sho‘rlangan
O‘rtacha
sho‘rlangan
Kuchli sho‘rlangan
Ortiqcha
sho‘rlangan
0,3-1,0
1-5
5-8
8
-
5-8
8-10
10
0,3-0,5
0,5-2
2-5
5
-
2-5
5-8
8
Yaroqli
Yaroqli
Qo‘shimcha tadbir
bilan yaroqli
Faqat ularning
manfiy ta’sirini
mahsus tadbirlar
bilan yaroqli
Sho‘rlangan gruntlarda rezervli ko‘ndalang profillar bo‘lishiga,
(9.1, a-rasm) sizot suvlari 1 m dan ortiq chuqurlikda yotganida, yo‘l qo‘yiladi.
143
Bunda rezervning tubi sizot suvlarining eng baland sathidan kamida 0,9 m
baland turishi kerak.
O‘rtacha va kuchli sho‘rlangan gruntlarda suvni yo‘l poyidan chetlatish
tadbirlarini, ayniqsa, sinchiklab bajarish zarur. Suvni chetlatish uchun
rezervlarning chetlari bo‘ylab novlar qilinadi (9.1, b -rasm).
Dostları ilə paylaş: |