145
Solonchaklarda yoz oylarida uchraydigan yupqa tuzli qobiq ko‘tarmani
qurishdan avval rezerv va ko‘tarma asosining yuzasidan buldozer bilan
rezervdan 15-20 m nariga suriladi.
Rezervda grunt buldozer yoki avtogreyder bilan kavlanib, ko‘tarmaga
suriladi. Solonchaklarda ko‘tarma qurish uchun grunt suvlari yer yuzasidan 1 m
dan kam bo‘lmaganda greyder-elevatorni qo‘llash mumkin.
Solonchaklarda tashib keluvchi gruntlardan ko‘tarmalar skreperlar yoki
avtomobil-samosvallarda tashish masofasiga qarab keltiriladi; gruntni yotqizish
«boshidan» boshlanadi. Ko‘tarmaga grunt avval ishchi belgidan baland
yotqiziladi, (lekin yo‘l poyining hamma kengligi bo‘yicha emas), so‘ng buldozer
bilan uni bir vaqtda zichlashtirib, chetga suriladi. Grunt yopishib qolmasligi
uchun suvga qarshi kam mustahkam solonsovli va taqirli gruntlarning namligi
0,9 qulay namlikka keltiriladi. Tabiiy namligi qulay namlikdan yuqori bo‘lgan
bog‘langan gruntlarning har bir qatlamini zichlashtirish uni havoda dastlabki
quritishdan so‘ng boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: